Mehnat muhofazasi mehnatni muhofaza qilishning jamoat nazorati. Ijtimoiy mehnat safarbarligi


IV BO‘LIM. MEHNATNI MUHOFAZA QILIShGA DOIR QONUNLAR VA BOShQA ME’YoRIY HUJJATLARGA RIOYa ETILIShI USTIDAN DAVLAT VA JAMOATChILIK NAZORATI


Download 47.37 Kb.
bet16/19
Sana13.02.2023
Hajmi47.37 Kb.
#1195179
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
303-guruh talabasi Abdishukurova Manzura

IV BO‘LIM. MEHNATNI MUHOFAZA QILIShGA DOIR QONUNLAR VA BOShQA ME’YoRIY HUJJATLARGA RIOYa ETILIShI USTIDAN DAVLAT VA JAMOATChILIK NAZORATI
22-modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga hamma joylarda rioya etilishi ustidan davlat nazoratini bunga maxsus vakolat berilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan nizom asosida ishlovchi davlat idoralari amalga oshiradilar.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-apreldagi 117-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risida”gi nizomga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 29-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va mehnatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga qarang
23-modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘zlari saylaydigan vakillar amalga oshiradilar.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan vakil ish joylarida mehnat muhofazasining ahvolini moneliksiz tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritish huquqiga egadir. Mehnat muhofazasi bo‘yicha vakilga o‘z vazifalarini bajarishi uchun har haftada ish paytida kamida ikki soat vaqt ajratib beriladi va o‘rtacha ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun “Mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi Nizomga (ro‘yxat raqami 196, 18.12.1995-y.) qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 47.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling