Mehnat muhofazasi


Singanda, bo‘g‘imlar chiqqanda, рауlаг


Download 425.67 Kb.
bet105/112
Sana18.11.2023
Hajmi425.67 Kb.
#1785316
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   112
Bog'liq
Mehnat muhofazasi-fayllar.org

6.3. Singanda, bo‘g‘imlar chiqqanda, рауlаг

cho‘zilganda birinchi yordam ko‘rsatish
Sinish, chiqish yoki рау cho‘zilishi singan joyning
notabiiy holda egilishi, bug‘imning shishishi va og‘riq paydo
bo‘lishi orqali bilinadi. Bunday hollarda birinchi navbatda
shikastlangan kishiga tinchlik berish va shikastlangan joyga
sovuqlik bosish kerak.
Singan yoki chiqqan qo‘l-oyoqlarga taxtakach faner
yoki karton qo‘yib bog‘lash tavsiya etiladi. Taxtakach
qo‘yishda uning bir uchi tos suyagidan yuqori bo‘lishi,
ikkinchi uchi esa oyoq tovunida bo‘lishi kerak (6.1- chizma).
Qovurg‘а suyagi singanda yotalganda, nafas olganda
va hara- katlanganda og‘riq paydo bo‘ladi. Bunday vaqtda
ko‘krak nafas chiqarish vaqtida bint bilan qattiq qilib
bog‘lab qo‘yiladi.
Lat yegan joyga sovuqlik qo‘yib keyin artish, yod
surtish yoki is-siq kompress qo‘yish taqiqlanadi. Chunki
bular og‘riqni kuchaytiradi. Pay cho‘zilganda ham lat
yeganidagidek yordamlar ko‘rsatiladi.
190

6.1-chizma. Suyak jarohatlari imibilizatsiya usullari:
а)-qovurg‘а; b) - yelka; d) – qo‘l; e) - оуоq.


6.4. Kuyganda birinchi yordam ko‘rsatish
Kuyish termik, kimyoviy va elektrik bo‘lishi mumkin.
Ular og‘irlik darajasiga ko‘га 4 darajaga bo‘linadi:
1-darajali kuyishda teri qizarib, shishadi; 2-darajali kuyishda
- suv pufaklari hosil bo‘ladi; 3-darajali kuyishda - teri jonsiz,
уa’ni sezish qobiliyatini уo‘qotgan holda bo‘ladi; 4-darajali
kuyishda - teri qorayadi, muskullar, suyaklar shikastlanadi
va qurib qoladi.
Termik va elektrik kuyishda kuygan joyga qo‘1
tekkizish, maz, yog‘, ichimlik sodasi surtish, yopishib
qolgan kiyim parchasini yulib olish, hosil bo‘lgan pufaklarni
yorish mumkin emas. Birinchi darajali kuyishda kuygan
joyni sterillangan bog‘ich bilan bog‘lash kerak. Таnа og‘ir
kuyganda kuygan kishini toza choyshab bilan o‘rash, choy
ichirish va shifokor kelguncha tinchlik berish kerak.
b
a

e
d


191

Agar kuygan kishining puls urishi sekinlashsa, 15–20


tomchi valeryanka ichirish zarur. Kuygan yuzni sterillangan
marli bilan yopib qo‘yish lozim.
Кo‘z kuyganda 1 stakan suvga 1 choy qoshiq bor
kislotasi solib, sovuq holda ko‘zga bosish darkor.
Kimyoviy kuyish oqibati ko‘pincha kuydiruvchi
kimyoviy moddani ta’sir etish vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. Shu
sababli bunday kuyishda birinchi yordam ko‘rsatishda
dastlab ushbu modda konsentratsiyasini va ta’sirini
susaytirish lozim. Buning uchun kislota yoki ishqor ta’sir
etgan joy 15–20 minut toza suvda yuvilishi kerak. Agar
kuyish kislota ta’sirida bo‘lsa, bir stakan suvga bir choy
qoshiq ichimlik sodasi, ishqor ta’sirida bo‘lsa, bir stakan
suvga bir choy qoshiq bor kislotasi solingan eritma bilan
bog‘ich namlanib bog‘lanishi zarur.


Download 425.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling