Mehnat muhofazasi


Xavfsizlikni ta’minlash uslublari


Download 425.67 Kb.
bet18/112
Sana18.11.2023
Hajmi425.67 Kb.
#1785316
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   112
Bog'liq
Mehnat muhofazasi-fayllar.org

Xavfsizlikni ta’minlash uslublari. Xavfsizlikni
ta’minlovchi uslublarni o‘rganishdan oldin ishchi zona va
xavf zonasi kabi iboralarga tushuncha beramiz. Mehnat
jarayoni davrida ishchi turadigan yoki harakat qiladigan joy,
ishchi zona – gomosfera deb yuritiladi.
Doimiy yoki davriy ravishda xavf sodir bo‘ladigan
zona–noksosfera deb yuritiladi.

Mehnat jarayoni davrida xavfsizlikni ta’тinlash

uslublarini quyidagi 3 turga ajratish mumkin:
1. Gomosfera va noksosferani fazoviy va (yoki) vaqt
bo‘yicha ajratishga asoslangan uslub. Bu asosan distansion
boshqarish, аv- tomatlashtirish, robotlashtirish va boshqa
tashkiliy tadbirlar orqali, amalga oshiriladi.
2. Xavfni bartaraf etish orqali noksosferani
me’yorlashtirish uslubi. Bunga insonni shovqin, gazlar,
changlar ta’siridan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar
28
majmui va jamoa himoya vositalari kiradi.

3. Мa’lum muhitda insonni himoyalash darajasini


oshirishga qaratilgan usullar va vositalar majmui. Bu uslub
ishchilarni xavf- sizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish, ShHVdan
foydalanish, psixologik ta’sir etish va boshqa shu kabi
tadbirlar orqali amalga oshiriladi.

Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar – bu xavfsizlik
tamoyillari va uslublarini amalga oshirishdagi konstruktiv,
tashkiliy namda material mujassamlikdir.
Tamoyillar, uslub va vosita – bu xavfsizlikni
ta’minlovchi mantiqiy bosqichdir. Ularni tanlash
faoliyatning aniq shart- sharoitlariga, xavf darajasiga,
iqtisodiy ko‘rsatkichlarga va shu kabi bir qancha mezonlarga
bog‘liq bo‘ladi.


Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar jamoa himoya
vositalari (JHV) va shaxsiy himoya vositalariga (ShHV)
bo‘linadi. 0'z o‘rnida JHV va ShHVlar ham xavfning
xususiyati, amalga oshish tartibi, ishlatilish sohasi va shu
kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda bir necha guruhlarga
bo‘linadi.



Download 425.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling