Mehnat muhofazasi va medisina harakati (faoliyati)ni bajaruvchi insonlarning vazifalari
Xavfsizlik bo’yicha mutaxassis lavozimining funksiyalari
Download 3.44 Mb. Pdf ko'rish
|
мехнат ва соглик мухофазаси(к.жеймс)
Xavfsizlik bo’yicha mutaxassis lavozimining funksiyalari Insonlarni, mol-mulk va atrof-muhitni himoya qilishga taalluqli asosiy sohalar: A. Xavfli sharoitlarni oldindan ko’rish, aniqlash va baholash, usublar. 1. Quyidagilar uchun uslublarni rivojlantirish: a. tajriba, tarixiy ma’lumotlar va axborotning boshqa manbalari asosida xavf-xatarlarni tahmin qilish va identifikatsiyalash. b. mavjud yoki bo’lajak tizimlarda, asbob-uskunalarda, mahsulotlarda, dasturiy ta’minotda, inshootda, jarayonlarda, operatsiyalarda va taomillarda ularning kutilayotgan muddati paytida xavflarni aniqlash va tanib bilish. 34 c. haqiqiy yoki yuzaga chiqishi mumkin bo’lgan xavflardan kelib chiqishi mumkin bo’lgan yo’qotish hodisalar va baxtsiz hodisalar ehtimoli va jiddiyligini baholash. 2. Ushbu uslublarni qo’llash va tavakkalni tahlil qilish hamda natijalarni sharhlash. 3. Zarur bo’lsa mutaxassislar yordamida barcha tizimlar, jarayonlar va operatsiyalarni vayron bo’lish rejimlari uchun ko’rib chiqish; butun tizim, jarayon yoki operatsiyaning; va istalgan kichik tizimlar yoki komponentlarning qiyudagilar tufayli sabablari va oqibatlari: a. tizim, kichik tizim yoki ularning tarkibiy qismlaridagi buzilishlar b. odamlarning xatolari. c. qarorlar, mulohazali yoki ma’muriy harakatlarning to’liq emasligi yoki noto’g’ri qabul qilinishi. d. taklif etilgan yoki mavjud ko’rsatmalar, direktivalar, maqsadlar yoki tajribadagi asossizlik. 4. baxtsiz hodisa va hodisalrni yo’qotish hisobotlaridan va boshqa manbalardan jarohatlar, xastaliklar, moddiy zarar, atrof-muhitga yoki jamoatchilikka ta’sirlar borasidagi ma’lumotlarni ko’rib chiqish, tuzish va tahlil qilish, bular oxir-oqibatda quyidagilarga olib kelishi kerak: a. sabablar, yo’nalishlar va munosabatlarni aniqlash. b. tugallanganlik, aniqlik va qonuniylik kafolati yoki so’ralgan axborot. c. ma’lumotlarni to’plash uslublarining va tasniflash tizimlarining samaradorligini baholash. d. tergovni boshlash. 5. Sog’liq va atrof-muhit uchun xavfsizlik bo’yicha qonunlar, kodekslar, ustavlar va standartlarga muvofiqlik to’g’risida maslahatlar va tavsiyalar taqdim etish. 6. Xavfsizlik va sog’liqqa oid mavjud yoki yuzaga chiqishi mumkin muammolar tadqiqotini o’tkazish. 7. Xavfsizlik va sog’liqqa oid shartlar yoki uslublarni aniqlashga yordam beradigan ko’zdan kechirishlar va baholashlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash, shifokorlar, fiziklar, sanoat gigiyenachilari, yong’inga qarshi himoya muhandislari, muhandis-konstruktorlar va muhandis-texnologlar, ergonomistlar, tavakkallar bo’yicha menejerlar, atrof-munit bo’yicha mutaxassislar, psixologlar va boshqalar kabi mutaxassislarning xizmatlarni talab etadiganlarini ham qo’shgan holda. 8. Fiziologik va psixologik imkoniyatlar (ishlab chiqarish unumdorligi), ishlash qobiliyati va insonlar limiti oshirib yuborilmaganligini kafolatlash uchun atrof-muhitni, vazifalarni va boshqa elementlarni baholash. Download 3.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling