Mehnat muhofazasi va medisina harakati (faoliyati)ni bajaruvchi insonlarning vazifalari


Sog’liq uchun xavfli faktorlarni nazorat qilish


Download 3.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/209
Sana27.10.2023
Hajmi3.44 Mb.
#1726693
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   209
Bog'liq
мехнат ва соглик мухофазаси(к.жеймс)

Sog’liq uchun xavfli faktorlarni nazorat qilish: sog’liqqa zararli yoqimsiz 
ta’sirlarning, masalan, shovqin, kimyoviy ta’sir, radiatsiya va biologik xabarlarni 
tan olish, baholash hamda boshqarish. 
Nazorat (Audit): Jihozlar, materiallar jarayonlar yoki harakatlar bilan bog’liq 
bo’lgan xavfsizlik va sog’liq xavfini baholash. 
Qaydlarni yozib yuborish: hukumat talablarini qondirish hamda masalalarini 
yechish va qaror qabul qilish uchun ma’lumotlar bilan ta’minlashda xavfsizlik va 
sog’liq haqidagi axborotlarni saqlash. 
O’rnatilgan talablarga muvofiqlik: xavfsizlik va sog’liqning barcha majburiy 
standartlari qondirilganligiga ishonch hosil qilish. 
O’rgatish: xavf xatarni aniqlash va o’z ishlarini xavfsiz hamda samarali 
bajarish uchun xodimlarni zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar bilan ta’minlash. 
Bu ro’yhat xavfsizlik mutaxassisi tomonidan bajarilgan aniq harakatlarning 
namunalarini ta’minlagan vaqtda Mehnatni Muhofaza Qilish bo’yicha Amerika 
Muhandislik Jamiyati (ASSE) “Professional Xavfsizlik Lavozimining Qo’llanish 
sohasi va vazifalari” deb nomlangan hujjatni nashr etdi. ASSEning bu nashri 
xavfsizlik bo’yicha mutaxassisning roli va majburiyatlari haqida to’liq ma’lumot 
beradi. (1.1- rasmga qarang). 
 
1.1 rasm. ASSE professional xavfsizlik lavozimining qo’llanish sohasi va 
vazifalari
 
Professional xavfsizlik lavozimining qo’llanish sohalari va 
vazifalari 
 
Mehnat muhofaza qilish bo’yicha Amerika muhandislik jamiyati 
 
Professional 
vazifalarini 
bajarish 
uchun 
xavfsizlik 
bo’yicha 
mutaxassislarda 
ma’lumot, 
bilimlarning 
umumiy 
ko’lami 
doirasida 
tayyorgarlik va tajriba bo’lishi kerak. Xavfsizlik bo’yicha mutaxassislarda 
fizika, kimyo, biologiya, fiziologiya, statistika, matematika, informatika, 
muhandislik mexanikasi, ishlab chiqrish jarayonlari, biznes, aloqa va 
psixologiya sohalrining fundamental bilimi bo’lishi kerak. Xavfsizlikni 
professional tadqiq etish sanoat gigiyenasi va toksikologiyani, xavfsizlikni 
boshqarish texnik vositalarining dizaynini, yong’inga qarshi himoyani, 
ergnomikani, tizim va jarayonlarning xavfsizligini, xavfsizlik va sog’liqni 
saqlash dasturlarini boshqarishni, baxtsiz hodisani tekshirishni va tahlil 
qilishni, mahsulotning xavfsizligini, qurilish xavfsizligini, ta’lim va 


33 
tayyorgarlik uslublarini, xavfsizlik ko’rsatkich o’lchamini, inson xulqini
ekologik xavfsizlik va sog’liqni saqlashni, xavfsizlik, sog’liq va tabiatni 
muhofaza qilish qonunchiligini, me’yoriy –huquqiy hujjat va standartlarni o’z 
ichiga oladi. Ko’pchilik xavfsizlik mutaxassislari boshqaruv va biznes, 
boshqaruvchilik, muhandislik, ta’lim, fizika va ijtimoiy fanlar hamda boshqa 
sohalardan umumiy va chuqurlashtirilgan bilimga egadirlar. Boshqalari esa 
maxsus xavfsizlik ta’limiga ega. Bu ularning xavfsizlik kasbi asoslaridan 
tashqari ekspert bilimlarini kengaytiradi. 
Modomiki, xavfsizlik butun insoniy intilishlarda asosiy element 
hisoblanar ekan, xavfsizlik bo’yicha mutaxassislar ko’pchilik jamoatchilik va 
xususiy sektorlarda o’zlarining maxsus bilim va ko’nikmalaridan foydalangan 
holda vazifalarini bajaradilar. O’ziga xos(tipik) qamrab olish (oxvativaniye) – 
bu ishlab chiqarish, sug’urta, xatarlarni boshqarish, hukumat, ta’lim, maslahat, 
qurilish, sog’liqni saqlash, loyihalash va dizayn, chiqindilarni yo’qotish, neft, 
boshqarishni yengillashtirish, chakana savdo, transportirovka va kommunal 
to’lovlar.Bu vaziyatlarda xavfsizlik mutaxassislari ish beruvchining 
topshiriqlari, operatsiyalari va kayfiyatiga mos holda o’z vazifalarini 
moslashtirishi kerak. Bundan tashqari, xavfsizlik mutaxassislari bandlik 
holatlarida o’zlarining vazifalarini bajarish uchun bilim va ko’nikmalarga ega 
bo’lishlari kerak hamda kelajakdagi bilim va ta’lim olishlari natijasida ular 
yangi texnologiyalar bilan, qonun va qarorlardagi, mehnat resurslaridagi 
o’zgarishlar bilan, ish joyi, jahon biznesi, siyosiy va ijtimoiy muhit bilan 
hamqadam bo’ladilar. 
Vazifalarining bir qismi sifatida xavfsizlik mutaxassislari resurs va 
fondlarni rejalashtirishlari va boshqarishlari shart. Ular professionallarning 
turli xodimlarini (shtat) kuzatish uchun ham mas’ul bo’lishlari mumkin. 
O’zgarishlardan ortda qolmaslik uchun bandlik vaziyatida mas’uliyat 
bilan harakat qilish uchun bilim va ko’nikmalarni egallagan, aql va tafakkuri 
rivojlangan xavfsizlik mutaxassislari o’z oldilariga qo’yilgan vazifalarni 
ishonch bilan, chuqur bilimga asoslanganlik asosida sidqidildan bajaradilar. 

Download 3.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling