23
1BOB
MEHNAT VA SOG’LIQNI MUHOFAZA QILISHGA
KIRISH
Bobning maqsadlari:
Ushbu bobning yakunida siz quyidagilarga qodir bo’lasiz:
Mehnatni va sog’liqni saqlashning ahamiyatini tushuntirib berishga;
Ushbu sohaga o’z hissasini qo’shgan mashhur tarixiy shaxslarni
aniqlashga;
Mehnatni va sog’liqni saqlashda foydalaniladigan terminlarni
aniqlashga;
Mehnatni va sog’liqni saqlash kasbini bajarayotgan alohida
shaxslarning lavozim(vazifa)larini sana chiqishga;
Xavfsizlik va sog’liq bo’yicha
ekspertlarning rollari va
majburiyatlarini aniqlashga.
Muammoli vaziyat
11 oylik ish tajribasiga ega bo’lgan 22 yoshli quruvchi- ishchi bo’lgan Bob va
nihoyat ishini uddaladi. O’rta maktabni yakunlagach, Bob ko’p ishda o’zini sinab
ko’rdi, lekin ularning hech biri ungahech qachon to’g’ri kelmaydigandek tuyulardi.
U bir yil davomida ijtimoiy kollejda ta’lim oldi, keyin esa borishni to’xtatdi. Uning
dunyoqarashiga to’g’ri
kelmagan, nazariya juda ko’p bo’lgan. Bob ko’p ishda
o’zini sinab ko’rdi, ammo eng ka mish haqi uni ota- onasi bilan birga yashashga
majbur qilgan. Uning ota – onasi juda yaxshi inson edilar, lekin u o’z hayotini bir
o’zibosib o’tishga tayyor edi. Yangi ishida umuvaffaqiyatlarga erisha boshladi.
Bob yaxshi maosh olaboshladi. U tezda yangi kvartiraga ko’chib o’tdi,
u yerda
Bob o’rta maktabdagi do’sti Tim bilan yashay boshladi.Ertasi kuni umutlaqo
yangi pikap uchun qog’ozlarga qo’l qo’yishga tayyor edi.
Bob qog’ozlarga qo’l qo’yish uchun
hech qachon bitimlar bilan
shug’ullanmagan edi. Balki u erishmoqchi bo’lgan o’sha «qotil» pikap haqidagi
o’ylar bilan chalg’igandir. Ehtimol u haqiqatdan
ham shu taxtasupada ishlash
qanchalik xavfli ekanligini tushunmagandir. Axir yerdan 20 fut balandlikda edi, va
unchalik xavfli ko’rinmas edi. Bob avval ho’l taxtasupalarda ishlagan, ular kechasi
24
yoqqan yomg’irdan keyin ho’l bo’lib qolgan bo’lsa ham, hech narsa uni shu
balandlikdagi ish haqida xavfsirash kerak ekanligiga majburlamagan.
Bobning
dunyosiu shu bir necha fut balandlikdan yerga yiqilib tushganidan
keyinginao’zgardi. Yiqilish uning
belidan pastini falaj qilib, nogironlar
aravachasiga mixlab qo’ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: