Mehnat muhofazasi va medisina harakati (faoliyati)ni bajaruvchi insonlarning vazifalari
ISHCHI-HODIMLARGA BADAL TO'LASH TO'G’RISIDAGI
Download 3.44 Mb. Pdf ko'rish
|
мехнат ва соглик мухофазаси(к.жеймс)
ISHCHI-HODIMLARGA BADAL TO'LASH TO'G’RISIDAGI
ZAMONAVIY QONUNLAR Ishchi-hodim jarohatlansa va to'lov amalga oshirilishini talab qilsa, u avval, qoida bo'yicha, uch kundan o'n to'rt kungacha kutish davrini boshidan kechirishiga to'g’ri keladi. To'lov ish va oylik maosh yo'qotilgan kundan boshlab orqaga qaytib amalga oshirilishi yoki amalga oshirilmasligi ham mumkin. To'lov qilish boshlandi-mi, u oylik maoshning uchdan ikki qismi bilan cheklanadi yoki AQSH shtatiga bog’liq ravishda har oy uchun dollarlarda berilgan summa bilan cheklanadi. To'lov cheklangan vaqt oralig’igacha uzaytiriladi va maksimal pul summasini tashkil etadi. Hodimlar ma'lum vaqt oralig’ida ishsiz qolishlari sababli, ko'pincha turmush darajasining pasayishidan azob chekadilar, shunda sud jarayoni jozibali tanlov bo'lib tuyulishi mumkin. Agar ishchilarga oylik maoshiga teng miqdorda to'lov olishga ruhsat berilganda edi, bu ular ishga qaytmasligi uchun zo'r tashviq bo'lgan bo'lar edi. Hatto oylik maoshning uchdan ikki qismi to'langanda ham, ayrim hodimlar ishlamasdan to'lov olishni davom ettirish uchun o'zlarini kasalga solishlari mumkin. Jarohatlar quyidagi usullardan biri bilan tasniflanadi: • Qisman: bunda hodim hali ham ishlashi mumkin, lekin jarohati tufayli barcha mehnat majburiyatlarini bajara olmaydi, bu ko'pincha barmoq sinishi yoki oyoq barmog’ining ajralishi kabi hollarda yuz beradi. 59 • To'liq: bunda hodim mehnatga yoki ish joyida muhim majburiyatlarini bajarishga qobiliyatsiz bo'ladi, bu ko'pincha belning og’ir jarohatlanishi yoki ko'r bo'lib qolish kabi holllarda yuz beradi. • Vaqtincha: bunda hodim to'liq tiklanishi kerak, oyoq yoki qo'lning sinishi, paylarning shikastlanishi hollaridagi kabi. • Doimiy: bunda hodim jarohat oqibatlaridan butun umr azob chekadi, chopilib ketgan qo'l yoki oyoq, ko'r bo'lib qolish yoki garang bo'lib qolish kabi hollar shular jumlasiga kiradi. Aniq hollar vaqtincha qisman, vaqtincha to'liq, doimiy qisman, doimiy to'liq deb tasniflanadi. Boshqa toifadagi to'lovlar ayrim jarohatlari bor hodimlar uchun qayta o'qitadigan undaydigan imtiyozlarnio'z ichiga oladi. Bunday to'lovlar cheklangan vaqt oralig’ida, jarohatlanganlarga qo'shimcha bilim olish yoki o'qishlariga yordam berish uchun to'lanadi. Kasbiy reabilitaciya hizmatlari to'liq mehnat qobiliyatini yo'qotganlik uchun doimiy to'lovga haqqi bor hodimlarga taklif etilishi mumkin va ular kasbiy reabilitatsiya dasturiga qatnashadilar. Ishlab chiqarishdagi bahtsiz hodisalarda halok bo'ladiganlar orasida tirik qolganlarga ham shuningdek to'lov huquqi taqdim etilishi mumkin. Hatto bir nechtagina ishchi-hodimlari bor kompaniyalar ham ishchi- hodimlarga badal to'lash uchun sug’urtalashlari shart. AQSH ning ayrim shtatlari kompaniya hatto bir nafar qisman band hodim uchun ham to'lovlar qilinishini talab etadi. Tegishli moliyaviy resurslarga ega yirik kompaniya, o'z o'zini sug’urtalashdan kutiladigan zararni qoplashi uchun, sotil olinadigan ishchi- hodimlarni sirtqi tashuvchidan badal to'lash uchun sug’urtalashga qo'yiladigan talabga bir nechta istisnolardan biri bo'lib hisoblanadi. Download 3.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling