Mehnat muhofazasi va medisina harakati (faoliyati)ni bajaruvchi insonlarning vazifalari


Download 3.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/209
Sana27.10.2023
Hajmi3.44 Mb.
#1726693
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   209
Bog'liq
мехнат ва соглик мухофазаси(к.жеймс)

Manbalar 
 
Brauer, Roger L. 1990. Safety and Health for Engineers. New York: Van 
Nostrand Reinhold. 
Bureau of National Affairs. 1973. The Consumer Product Safety Act: Text, 
Analysis, Legislative History. Washington, DC: Author. 
Colangelo, V. J. and Thornton, P. A. 1981. Engineering Aspects of Product 
Liability. Metals Park, OH: American Society for Metals. 
Hammer, W. 1972. Handbook of System and Product Safety. Englewood 
Cliffs, NJ: Prentice-Hall. 
Seiden, R. M. 1984. Product Safety Engineering for Managers: A Practical 
Handbook and Guide. Englewood Cliffs, NJ: Prentice-Hall. 


81 
 
5BOB 
 
HODISA SABABLARI VA ULARNI TEKSHIRISH: 
NAZARIYA VA QO’LLANILISHI 
Bob maqsadlari 
 
Ushbu bob tugaganidan so'ng siz quyidagilarga ega bo'lasiz: 
• Hodisa sabablari nazariyasini tushunish foydasini tushuntirib berish 
• Hodisa sabablari nazariyasi bilan bog'liq atamashunoslikni aniqlash 
• Xavfni baholashda ishtirok etadigan faoliyatlarni aniqlash 
• Turli hodisa sabablari nazariyalarini solishtirish va farqlash 
• Hodisaning tergov maqsadini tushuntirish 
• Hodisa tergoviga jalb qilingan bosqichlarni sanab chiqish 
Kirish 
Ish joyidagi xatar oldini olish, aniqlash, baholash va boshqarishda yordam qilishni 
nazorat qilish xavfsizlik va sog'liqni saqlash mutaxassislari mas'uldirlar. 
Majburiyatlari ob'ektlarda yuzlashiladigan xatarlar bo’yicha boshqarish guruhiga 
maslahat berishni o'z ichiga oladi. Mutaxassis keyin yo'qotishlar sodir bo’lishidan 
avval xavflar bilan bog'liq xatarlarni bartaraf etish uchun boshqaruvni chaqirtiradi. 
Hodisa sabablari nazariyasini bilish mutaxassisga tashkiliy xavfsizlik muammolari
bo'yicha axborotni yana puxta eslab qolish va muloqot qilish imkonini beradi. 
Xavfsizlik va sog'liqni saqlash bo’yicha kam tajribaga ega xodimlar tsexda 
moy oqib tushayotgan dastgoh yonida yurib, yaqinlashayotgan xavfni anglashi 
mumkin. Birmuncha tajribali mutaxassislarda esa bir necha savollar paydo bo’ladi: 
• Moy qanday xususiyatlarga ega? 
• Ushbu moyda yong'in xavfi bormi? 
• U salomatlik uchun xavfli emasmi? 
• Operatorlar qanday qilib oqishlarni bartaraf etishadi? 
• Sog'liqni saqlash xavfini bartaraf etish uchun eritgich ishlatiladimi? 
• Ushbu mahsulotlardan foydalanish uchun xavf-hatar aloqa dasturlari, treyning 
va shaxsiy himoya uskunalari zarur bo'ladimi? 


82 
• Xavflilik darajasi kamroq bo’lgan moylar va eritmalar o’rnini bosuvchi 
sifatida e’tirof etiladimi? Presslaydigan dastgoh himoyalanganmi? 
• Presslaydigan dastgohning ishlashi bilan bog'liq takrorlanadigan harakat yoki 
boshqa ergonomik xavf bormi? 
Beriladigan savollar ro’yhatini ushbu oddiy misolda berilgan bir necha 
signallardan kelib chiqib, yanada kengaytirish mumkin. Mavjud qo'shimcha 
ma'lumot va tajriba ko’proq bo’lsa, xavfsizlik va sog'liqni saqlash xavfi shunchalik 
ko'proq oldindan ko’rinishi va tan olinishi mumkin. 
Hodisa sabablari bilan bog’liq oddiydan murakkabigacha bo’lgan ko'p 
nazariyalar mavjud. Ba'zilar xodimlar va ularning harakatlari yoki harakatsizligi 
baxtsiz hodisalarga qanday hissa qo’shishiga e'tibor berishadi. Boshqalar esa 
boshqaruv va uning baxtsiz hodisalarga olib boradigan vaziyatlarni oldini olish 
majburiyatlariga e’tibor qaratishadi. Nazariyalar- bu faktlar emas; ular - kelajakda 
mavjud bo'lishi mumkin munosabatlarni oldindan bashorat qilish vositalari. 
Baxtsiz hodisalar tasodifan paydo bo’ladigan voqealar emas, balki ular 
muayyan sabablarga egadirlar. Ular tasodifiy voqealar emas; ular, odatda, oldindan 
va oldini olish mumkin bo'ladigan voqealardir. Bir yoki bir necha nazariyalarni 
qo'llash orqali mutaxassis baxtsiz hodisalarni oldindan bashorat qilishi va ularning 
yuzaga kelishini yoki takrorlanishini oldini oladigan harakatlarni boshlash ehtimoli 
ko'proq bo'ladi. Baxtsiz hodisalar tizim kamchiliklari yoki tashkilotning boshqaruv
muammolarini ko’rsatib beradi. Boshqaruv tizimi baxtsiz hodisalar atrofidagi 
barcha o'zgaruvchilarni nazorat qiladi. U ish muhitini yaratadi. U e’lonlar 
joylashtiradi, ishga yollaydi, joylashtiradi, o’qitadi va ishchilarni nazorat qiladi. 
Boshqaruv tizimi bajarilishi kerak bo’lgan ish uchun mukofotlaydi va tartibi 
buzilganda jazolaydi. Agar ishchi halokatli xato qilsa, OSHA ham, sud ham, 
ehtimol, boshqaruv sistemasini javobgar qiladi. Jamoatchilik fikri baxtsiz voqea 
sodir bo'lgan vaziyatlarda kamdan-kam hollarda boshqaruv tizimiga yon bosadi.
Baxtsiz voqea tekshiruvida boshqaruv tizimi xodimni aybdor qilishi mumkin. 
Bu ko’pincha uchuvchi xato sindromi deb ataladi; boshqacha qilib aytganda
uchuvchi o'lganligi, yarador bo’lganligi yoki zaif va o’zini himoya qila olmaydigan 
deb hisoblangani uchun ayblanadi. Xavfsizlik mutaxassisi ayblash uchun joy 

Download 3.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling