Mehnat qonunchiligiga rioya etilishi borasidagi amaliyotni o‘rganish


Download 398.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana19.12.2022
Hajmi398.39 Kb.
#1033088
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1486565497 67586



MEHNAT QONUNCHILIGIGA RIOYA ETILISHI 
BORASIDAGI AMALIYOTNI O‘RGANISH 
 
 
 
Reja: 
 
1. Mehnat qonunchiligining tushunchasi va predmeti. 
2. Mehnat huquqining uslubi va vazifalari. 
3. Mehnat huquqining tizimi. 
4. Mehnat huquqining fuqarolik, qishloq xo`jalik huquqi, ma`muriy 
va ijtimoiy ta`minot huquqlaridan farqi.
 
 


Mehnat qonunchiligining tushunchasi va predmeti
Mehnat huquqi huquqshunoslik tarmoqlari orasida etakchi o`rin tutadi. U 
ijtimoiy mehnatga oid munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalar 
tizimidan iborat. Bu munosabatlar mehnat bozoriga amal qilish, mehnatni tashkil 
qilish va uni qo`llash jarayonida namoyon bo`ladi. 
Mehnatga oid munosabatlar quyidagi o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib 
turadi: 
Mehnatga oid munosabatning sub`ekti - xodim korxona, muassasa, 
tashkilotning mehnat jamoasi tarkibiga qo`shiladi va o`z mehnati bilan korxona 
jamoasi oldidagi vazifani bajarishga kirishadi. 
Ijtimoiy mehnat taqsimotiga ko`ra, muayyan mehnat funktsiyasini bajarish 
xodim majburiyatlarining predmetini tashkil etadi. Muhimi shuki, bu ish bir 
qancha kishilar faoliyati bilan uyg’unlashgan, ya`ni mehnat kooperatsiyasi 
doirasida bajariladi. 
Xodimning va mehnat jamoasi har bir a`zosining ish faoliyati muayyan rejim 
o`rnatilgan 
sharoitda 
amalga 
oshiriladi. 
Mehnatga 
oid 
munosabatlar 
sub`ektlarining mehnatni tashkil etishga doir tartib-intizom, qoida - talablariga 
bo`ysunishi mehnatga oid munosabatlarning izchilligi va samaradorligini 
belgilovchi zarur omillardan biri.
Mehnatga oid munosabatlar ixtiyoriy harakterga ega bo`lsada, ular bevosita 
ishlab chiqarish doirasida namoyon bo`ladi va muayyan maqsadlarni ko`zlab 
amalga oshiriladigan ijtimoiy foydali faoliyat sanaladi. 
Xulosa qilib aytganda, mehnat huquqining predmetini, ya`ni mehnat 
shartnomasi bo`yicha ishlayotgan xodimlar mehnatining ishlab chiqarishda 
qo`llanishi tufayli paydo bo`ladigan ijtimoiy mehnatga oid munosabatlar tashkil 
etadi. Ushbu munosabatlar mehnat huquqi predmetining yadrosi hisoblanadi. 
Ijtimoiy voqelikda mehnat huquqining predmetini tashkil etuvchi munosabatlar 
tizimi mehnatga oid munosabatlardan tashqari, ular bilan muayyan tarzda 
bog’langan boshqa munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu munosabatlar mehnat 
munosabatlaridan ilgariroq, ular bilan bir vaqtda, yoxud bevosita mehnat 


munosabatlaridan kelib chiqishi mumkin. Mazkur munosabatlar jumlasiga:
Mehnat sohasida tashkiliy boshqaruvga oid munosabatlarni; 
Ishga joylashtirishga oid munosabatlarni ; 
Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog’liq munosabatlarni; 
Mehnat muxofazasi va mehnat qonunchiligiga rioya etishni nazorat qilishga 
doir munosabatlarni; 
Mehnat nizolarini hal etish bilan bog’liq munosabatlarni kiritish mumkin.
Yuqorida sanab o`tilgan munosabatlarning har biriga xos xususiyatlarga 
qisqacha to`xtalib o`tamiz. 

Download 398.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling