Mehnat qonunchiligiga rioya etilishi borasidagi amaliyotni o‘rganish


Download 398.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana19.12.2022
Hajmi398.39 Kb.
#1033088
1   2   3   4   5
Bog'liq
1486565497 67586

 


Mehnat huquqining tizimi. 
Mehnat huquqi tizimi deganda, mehnat huquqi normalarining ilmiy jihatdan 
asoslangan tarzda joylashish tartibi va klassifikatsiyasi tushuniladi. Bu tizim ikki 
qismga: umumiy va maxsus qismga bulinadi. 
Umumiy qismda mehnat huquqi tushunchasi va predmeti, usullari, asosiy 
vazifalari, asosiy manba va tamoyillari, mehnat huquqining sub`ektlari, mehnatga 
oid huquqiy munosabatlar, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa 
shartnomasi va kelishuvlari kabi institutlarga taalluqli huquqiy nomalar 
o`rganiladi. 
Maxsus qismda esa, mehnatga oid munosabatlarning alohida jihatlarini 
boshqaruvchi yoki ular bilan bog’liq bo`lgan ijtimoiy munosabatlarning ayrim 
turlarini tartibga solish jarayonida paydo bo`lgan institutlar va o`ziga xos huquqiy 
normalar o`rganiladi. Ular jumlasiga: 
aholini ishga joylashtirish; 
mehnat shartnomasi(kontrakt); 
ish vaqti; 
dam olish vaqti; 
mehnatga haq to`lash; 
kafolatli to`lovlar va kompensatsiya to`lovlari; 
mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi; 
mehnat intizomi; 
mehnat muxofazasi; 
ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qo`shimcha kafolat va imtiyozlar; 
mehnat nizolari kabi institutlar kiradi. 
Mehnat huquqi tarmog’i va mehnat qonunchiligi tizimlari o`rtasida muayyan 
farq mavjudligini ta`kidlab o`tish lozim. Mehnat huquqi tizimi asosan huquqiy 
normalar majmuasini o`z ichiga qamrab olsa, mehnat qonunchiligi tizimi esa 
mehnatga oid barcha xujjatlarni qamrab oladi. 


YUridik adabiyotda mehnat huquqi fanining tizimi, predmeti va mazmun - 
mohiyati jihatidan mehnat huquqi hamda mehnat qonunchiligi tizimlariga 
qaraganda kengroq ekani e`tirof etilgan. 

Download 398.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling