Mehnat qonunchiligiga rioya etilishi borasidagi amaliyotni o‘rganish
Mehnat huquqining fuqarolik, qishloq xo`jalik huquqi, ma`muriy va ijtimoiy
Download 398.39 Kb. Pdf ko'rish
|
1486565497 67586
Mehnat huquqining fuqarolik, qishloq xo`jalik huquqi, ma`muriy va ijtimoiy
ta`minot huquqlaridan farqi. Ma`lumki, hayotda ijtimoiy munosabatlar bir biri bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo`ladi. SHu bois muayyan ijtimoiy munosabatlar huquqning qaysi sohasiga taalluqli ekanini aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, mehnatga oid munosabatlarga fuqarolik - huquqiy munosabatlar juda yakin turadi. Fuqarolik - huquqiy munosabatlarning ob`ekti - muayyan mehnat topshirig’ini bajarish yoki xizmat ko`rsatish bilan bog’liq bo`lgan holatlarni o`rganish va tartibga solishda mujassamlashadi. Odatda uning ob`ektlari sirasiga, birinchidan, ashyolar, ikkinchidan, harakatlar, uchinchidan, ijodiy mehnat natijalari, to`rtinchidan, mulkiy harakterga ega bo`lmagan shaxsiy huquqlar kiradi. Ayni vaqtda mehnat huquqi bilan ma`muriy huquq o`rtasida muayyan farq va o`zaro bog’liqlik mavjudligini aytib o`tish lozim. Mehnat huquqining ma`muriy huquqdan asosiy farqi shundaki, ish beruvchining butun xokimiyati muayyan korxona doirasi bilan cheklangan. SHunday ekan, u faqat shu korxona xodimlariga nisbatan qo`llaniladi, ma`muriy huquq nomalari esa barcha fuqarolarga tadbiq etiladi. Mehnat huquqi bilan qishloq xo`jaligi huquqi orasidagi farqni ajratishda jiddiy qiyinchiliklar vujudga keladi. CHunki mehnat huquqi mehnat shartnomasi bo`yicha ishlayotgan xodimlarning mehnatga oid munosabatlarini tartibga soladi. Qishloq xo`jaligi huquqi esa qishloq xo`jaligi kooperativi (sharkat) a`zolarining mehnati bilan bog’liq munosabatlarini tartibga soladi. Mehnat huquqi ijtimoiy ta`minot huquqidan tubdan farq qiladi. Birinchi galda, ular har ikki huquq sohasida qo`llaniladigan uslub jihatidan farqlanadi. Ijtimoiy ta`minot huquqi uslubining o`ziga xosligi shundan iboratki, bu huquq sohasi normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlar shartnomaviy negizga tayanmaydi va asosan markazlashtirilgan huquqiy normalar orqali tartibga solinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling