Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish muammolari


Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini rivojlantirish


Download 172.69 Kb.
bet15/22
Sana01.03.2023
Hajmi172.69 Kb.
#1238829
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
мехнат иктисодиёти

14. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini rivojlantirish.

Ijtimoiy himoya — bu insonning hayoti va faol mavjudligi ehtiyojlarini qondirish, hayot sharoitining minimal darajasini kafolatlashga qaratilgan tadbirlar va muassasalar tizimidir. Bugungi kunda ijtimoiy himoya insoniylik, manzillilik, komplekslilik, shaxsning huquq va erkinliklarini ta`minlash kabi tamoyillarga asoslanadi. Aholini ijtimoiy himoya qilishdan maqsad: oilalar va individlarning moddiy ehtiyojlarini ta`minlash, nafaqaxo`rlar va nogironlarni himoya qilish, oilalarni birdamligini saqlash, bolalarga sog`lom va xavfsiz voyaga yetishlari uchun zamin yaratishdan iborat.


Ijtimoiy himoya tizimining tarixiy evolyutsiyasiga nazar tashlasak u dastlab diniy jamoat muassasalari, masjid, madrasa yoki cherkovlar orqali amalga oshirilgan. Uning ilk ko`rinishi milodiy 347-yilda Rim imperiyasida ochiq hayriya maktablarining paydo bo`lishi bilan izohlanadi. Keyingi bosqichlarda Rossiya, Germaniya, AQSH, Angliya va Yevropada ijtimoiy himoya tizimining asoslari va mexanizmlari yaratildi. Uzoq yillik jahon tajribasi asosida ijtimoiy himoyani amalga oshirishning zamonaviy modellari shakllandi. Ular quyidagilardan iborat: Sotsial demokratik model — Bunda ijtimoiy himoyaning barcha masuliyatini davlat o`z zimmasiga oladi. M: Skandinaviya mamlakatlari, Yaponiya Neoliberal model — unga ko`ra ijtimoiy himoyaning aksariyat qismini tadbirkorlar va kasaba uyushmalari bajaradilar. Bunga AQSH yaqqol misoldir. Neokonservativ model — bunda ijtimoiy himoy davlat kafolatlari javobgarligida xususiy tadbirkorlar va davlat federal byudjeti asosida olib boriladi. Germniyani misol qilish mumkin. Bundan tashqari hozirda ijtimoiy himoyaning ommaviy modellari ham mavjud: 1) Welfare — bu tizim o`z navbatida 3 ta atribut: farovonlik, ta`minot va nafaqadan tashkil topgan. 2) Medical aid. Butun dunyoda ana shu modellarning u yoki bu ko`rinishiga asoslangan ijtimoiy siyosat olib boriladi. Ijtimoiy siyosat — bu davlat, nodavlat notijorat tashkilotlar va nohukumat jamoat birlashmalarining aholi zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun amalga oshirayotgan tadbirlarning maqsadga yo`naltirilganligidir. Ijtimoiy siyosat ijtimoiy totuvlik va ijtimoiy himoyaning yig`indisidan iborat. Ijtimoiy siyosatning o`ziga xos belgilari mavjud bo`lib, ular orqali dunyo mamlakatlarida yuritilayotgan ijtimoiy siyosatga baho berish mumkin. Quyida ana shu belgilarni ko`rib chiqamiz: − Aholining pul daromadlari va tovar zaxiralari o`rtasidagi muvozanatni saqlab turish;
− Fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun qulay imkoniyatlarni yaratish
− Ko`rsatilayotgan xizmatlar va tovarlar sifatiga bo`lgan aholi talabini qondirish; − Aholi salomatligini mustahkamlashning moddiy bazasini kengaytirish; − Jamiyat aholisining ma`lumot va madaniy darajasining o`sishi uchun islohotlar olib borish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoyaning 4 ta tashkiliy-huquqiy shakli mavjud: ijtimoiy himoya, xususiy sug`urta, korxonalar tomonidan ko`rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar, ijtimoiy sug`urta. XXI asrda bozor iqtisodiyoti sharoitida globalizatsiya jarayonlarining chuqurlashishi, inqirozlarning mamlakatlar iqtisodiyotiga keng qamrovli ta`siri natijasida davlat qarzlarining o`sishi, ishsizlikning yuqoriligi, demografik jarayonlarning keskin o`zgarishi, ekologik muammolar, dunyodagi siyosiy beqarorliklar kabi qator omillar ijtimoiy himoyaning rolini kuchayishiga olib keldi. Chunki davlatlar rivojlangani sari aholining ham talablari oshib bormoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilishda turli mintaqalar va davlatlarda turli tendensiyalar kuzatilmoqda.
Rivojlanayotgan industrial mamlakatlarda ijtimoiy himoya tizimi kompleks ravishda olib boriladi. Bu jarayonda xususiy sug`urta kompaniyalari faol ishtirok etadilar. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ijtimoiy himoyaning madaniyat va an`analar bilan bog`liq shakli ham uchraydi. Ya`ni qarindoshlar, qo`shnilar, oila a`zolari, hayriya tashkilotlari diniy tashkilotlar tomonidan ham qo`llab-quvvatlanadi va ular ijtimoiy himoyada muhim rol o`ynaydi. Ko`pincha ular mamlakatdagi ijtimoiy himoyaning eng muhim mexanizmi ekanligi bilan xarakterlanadi. Yevropaning rivojlangan mamlakatlari, Lotin Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlari, Afrika va Osiyoning jadal rivojlanayotgan mamlakatlarining ijtimoiy himoya tizimi bir biridan tubdan farq qiladi. Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Filippin kabi mamlakatlar ijtimoiy himoyaga YaIMning 1 yoki 2 %ini, Tunis, Janubiy Afrika, Xitoy, Janubiy Koreya, Mavritaniya, Seyshill orollari va Lotin Amerikasining ba`zi mamlakatlarida YaImning 5–20 %ini ajratadilar. Osiyo inqirozi davrida rivojlanayotgan mamlakatlar 2 xil yo`l bilan ijtimoiy himoyani amalga oshirdi. Singapur, Malayziya, Indoneziya, Filippin kabi davlatlar ijtimoiy himoyaga xarajatlarni kamaytirib asosiy yukni oilaga tashladi, Janubiy Koreya, Taivan, Tailand kabi davlatlar esa aksincha ijtimoiy himoya tizimini qo`llab-quvvatlashni kengaytirdi. Umuman olganda Sharqiy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining ijtimoiy himoya modeli g`arbnikidan bir muncha farq qiladi. Ya`ni:
− Aholi ijtimoiy farovonligini ta`minlashda davlatning roli juda chegaralangan, oila, mahalliy boshqaruv organlarining roli esa muhim; − Davlat ijtimoiy himoyaga xarajatlari juda past (YaIMning 7 %, YIda esa YaIMning 34 %ini tashkil etadi) − Ijtimoiy sohaga xarajatlar tarkibi ham g`arbnikidan mutloq farq qilib, ta`limga ko`proq e`tibor beriladi. Ijtimoiy himoyaning g`arb modeli ushbu sohaga davlat xarajatlarining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida qariyalarga, yolg`iz yashaydiganlarga nafaqa, sog`liqni saqlashga ko`p mablag` ajratiladi. Ayniqsa Skandinaviya mamlakatlari Finlandiya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiyada bunday xarajatlar yuqori darajada. Davlat ijtimoiy himoyani amalga oshirishda aholining barcha qatlamini qamrab oladi. Rivojlangan mamlakatlardan AQSHda esa ijtimoiy himoyaning nomarkazlashgan ko`rinishi amal qiladi. Ya`ni ijtimoiy himoya davlat siyosati emas, u turli kompaniyalar va nohukumat notijorat tashkilotlar, kasaba uyushmalari tomonidan shtat va federal qonunchilik doirasida olib boriladi. Davlat ijtimoiy ta`minot tizimi AQShda 2 ga bo`linadi: ijtimoiy sug`urta va davlat yordami. Amerikada ijtimoiy sug`urtaning turli ko`rinishlari mavjud. Xususan, qarilik nafaqasi, ishsizlikda yordam puli, boquvchisini yo`qotganda nafaqa, ishga layoqatsiz bo`lganda, ish joyida jarohat olganda, 65 va undan yuqori yoshlilarga tibbiy xizmatlar uchun yordam kabilar shular jumlasidandir.
Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy himoya uzoq yillar davomida shakllanib, rivojlanib, o`zgarib kelmoqda. Globalizatsiya sharoitida ijtimoiy himoyaning roli yanada aktuallashadi. Chunki tezkor globalizatsiya, integratsiya jarayonida ijtimoiy muammolar chuqurlashib bormoqda. Bu esa o`z navbatida jamiyat infrastrukturasini o`zgarishiga olib kelishi va bu katta mablag`ni talab qilishi mumkin. Demak, bunday vaziyatda aholini ijtimoiy himoya qilish zarurati yuzaga kelmoqda. Tendensiyalarga nazar tashlasak, bugungi kunda dunyo mamlakatlari ijtimoiy sohani boshqarishda davlatning aralashuvini minimallashtirib, nodavlat notijorat tashkilotlar, kasaba uyushmalarining rolini kuchaytirib bormoqda. Shuningdek, ijtimoiy sohada xizmat turlari diversifikatsiyalashib, uning tarkibi ham bir muncha o`zgarib bormoqda. Ijtimoiy himoyaning bugungi kundagi ahvoliga quyidagicha baho berish mumkin: − Rivojlangan mamlakatlarda asosan qariyalarni, yolg`iz yashovchilarni hamda ishsizlarni himoya qilinadi. Chunki bu mamlakatlarda iqtisodiyotning yuqori rivojlanganligi, aholi daromadlarining oshganligi, hayot tarzi demografik muammolarning yuzaga kelishi va tabiiy tug`ilish miqdorining keskin tushib ketganligi bilan xarakterlanadi. Paradoks shundaki, tug`ilish pastligiga qaramay, rivojlangan mamlakatlarda umr ko`rish yoshi yuqori hisoblanadi. Bu o`z navbatida nafaqaxo`rlarni ijtimoiy himoya qilish muddatini uzoqlashtiradi va mehnat bozorida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy faol aholiga soliq yukini og`irlashtiradi. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlar nafaqa yoshini uzaytirish kabi choralarni qo`llamoqdalar. Bunday muammolarni xal qilishda rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy himoya tizimini boshqarishning murakkab dastaklaridan foydalanadilar. − Rivojlanayotgan yoki qashshoq mamlakatlarda tug`ilish yuqori bo`lganligi sababli mehnat bozoriga ishchi kuchi yetishmasligi muammolari yo`q. Lekin bu mamlakatlarda ta`lim, sog`liqni saqlash kabi ijtimoiy soha tarmoqlariga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiiy ravishda ijtimoiy himoyaga ajratilayotgan mablag` miqdori va ijtimoiy farovonlik, barqarorlik ham keskin farq qiladi.

15. Ijtimoiy institutlar va xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish mehanizmi.


Davlat va jamiyatning eng muhim vazifalaridan biri fuqarolaming sog'lom va xavfsiz mehnat qilish huquqlarini ta'minlash hisoblanadi. Taraqqiy etgan ko'pgina davlatlarning tajribasi mehnatni muhofaza qilish madaniyatini rivojlantirish xodimlar uchun ham, ish beruvchilar va davlat uchun ham manfaatli ekanligidan dalolat beradi. Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etmaslik mehnat unumdorligi va sifatini pasaytiradi. Ayniqsa, hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitlarda xo'jalik yurituvchi subyektlarda mehnat resurslari va ular mehnatini muhofaza qilish darajasi jahon standartlariga mos bo'lishi katta ahamiyatga ega. 


O'zbekiston Respublikasida mehnatпi muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining eng asosiy tamoyili - milliy qonuпchilikda kafolatlab qo'yilganidek, xodimlarning ishlab chiqarish faoliyatida hayoti va salomatligini muhofaza qilishligi ustuvorligidir. Shu bilan bir qatorda mehnatni muhofaza qilish faoliyati davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatining boshqa yo'nalishlari bilan muvofiqlashtirib boriladi. Bu yo'nalishdagi ishlarda Xalqaro Mehnat Tashkilotining konvensiya va tavsiyalariga ham amal etiladi. 
Keyingi yillarda mamlakatda davlat organlari, ish beruvchilar hamda kasaba uyushmalari tomonidan mehnat muhofazasi sohasidagi me'yoriy­ huquqiy hujjatlarni. mehnatni muhofaza qilishni boshqaгish tizimini takomillashtirish, mehnat qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazorat samaradorligini oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ishlab chiqarishda ro’yxatga olinadigan baxtsiz hodisalar sonini kamaytirish imkonini bermoqda. Shu bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlarida mehnat sharoitlari vа mehnat muhofazasining ahvoli bugungi kun talablariga to'liq javob bermasligini ham ko'rsatib o'tish lozim. Buniпg oqibatida respublikada ishlab chiqarishda shikastlanish, kasb kasalliklariga chalinish darajasi iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlarga nisbatan birmuncha yuqoriligicha qolmoqda. 
Mehnat resurslarini muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarishga yangicha yondashuvlarni izlash mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasida ro'y berayotgan o'zgarishlar bilan izohlanadi. Bosqichma­ bosqich izchil amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar xo'jalik yurituvchi subyektlarga katta mustaqillik berdi. Shu bilan bir qatorda hozirgi paytda mehnat munosabatlari subyektlari sifatida davlat bilan bir qatorda mulkchilikning hamda isblab chiqarishni tashkil etishning turli shakllariga taalluqli bo'lgan ish beruvchilar maydonga chiqqanlar. 
Korxonalarga to'liq iqtisodiy mustaqillik berilgan sharoitlarda davlat xodimlar va ish beruvchilar o'rtasidagi mehnat munosabatlarida o'ziga xos vositachi vazifasini bajarib, qonunlar va huquqiy-me'yoriy hujjatlar orqali tomonlar manfaatlarini tartibga soladi, xodimlari ijtimoiy himoya qilishni kafolatlovchi ijtimoiy sug'urta qilish tizim va mexanizmlarini shakllantiradi. 
Ijtimoiy mehnat munosabatlarining barcha ishtirokchilari - ish beruvchilar, xodimlar, kasaba uyushmalari vа davlat funksiyalarining o'zgarishi, tartibga solishning bozor mexanizmlari tobora ko'proq qo'llanilayotganligi O'zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilish va ijtimoiy sug'urta qilishni boshqarishning kompleks tizimini shakllantirish tajribasini tahlil etish, bu masalalaгga yangicha yondashuv yo'llarini ishlab chiqishni hayotiy zaruratga aylantirgan. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida rnazkur sohada davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta'minlashga xizmat qiladi. 
Aholini ijtimoiy himoyalash deganda biz aholiga davlat tomonidan yashash uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga maqsadli yunaltirilgan kafolatlar tizimini tushunishimiz lozim. 
Ijtimoiy himoya qilish bir tomondan, funktsional tizim, ya’ni yo‘nalishlar tizimi bo‘lib, u ana shu yo‘nalishlar asosida amalga oshiriladi, ikkinchi tomondan, u ijtimoiy himoya qilishni ta’minlaydigan institutlar tizimidan iborat bo‘lib, unga davlat, sud, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlar kiradi. 
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy himoyalash mexanizmlarini, davlatning, korxonalar va ijtimoiy siyosatning boshqa sub’ektlarining roli va vazifalarini o‘zgartiradi. Amalda bu ijtimoiy himoyalashga ajratiladigan byudjet mablag‘lari salmog‘ining qisqarishi, davlat tomonidan beriladigan bepul kafolatlarning kamayishini bildiradi. Ko‘proq og‘irlik nodavlat moliya manbalariga, shu jumladan, korxonalar zimmasiga yuklatiladi. Bu ayrim korxonalar uchun jiddiy muammolar tug‘dirib, ularning ijtimoiy himoya bo‘yicha tadbirlari hajmi va darajasini mehnat sharoitlari va uni muhofazalashga bog‘lab qo‘yadi. 
Amalga oshirilish usuliga qarab ijtimoiy siyosatni aktiv va passiv turlarga ajratish mumkin. Passiv ijtimoiy siyosat narxlarni sun’iy ravishda tutib turish, shu hisobiga turmush darajasini oshirish yoki barqarorlashtirish, ijtimoiy himoyalashning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha dotatsiyalarni oshirishni ko‘zda tutadi. Aktiv siyosat maqsadga muvofiqroqdir. Unda tashabbus ko‘rsatish va tadbirkorlik uchun sharoit yaratib berish, pensionerlar, veteranlar, bolalar, byudjet sohasida xizmat qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlashda davlatning rolini oshirish ustivor maqsadlar hisoblanadi. 
Ijtimoiy siyosatda ikki asosiy yo‘nalishni ajratib ko‘rsatish mumkin: aholini ijtimoiy ta’minlash va davlat ijtimoiy kafolatlari. Ijtimoiy ta’minot pensiya ta’minoti, nafaqalar bilan ta’minlash, aholining ayrim tabaqalari uchun belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalar tizimi va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi yo‘nalish esa jamiyatning bir me’yorda rivojlanishini, ya’ni sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va sog‘lomlashtirish, shuningdek, turar joyga ega bo‘lish huquqini ta’minlash bilan bog‘liq. 
Davlat ijtimoiy ta’minoti – bu, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini keksayganda, kasallik ro‘y berganda, mehnatga layoqatini qisman yoki butunlay yo‘qotganda, boquvchisini yo‘qotganda, shuningdek, bolali oilalarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish davlat tizimidir. 
Ijtimoiy ta’minot quyidagi tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshiriladi: davlat ijtimoiy sug‘urtasi, respublika byudjeti mablag‘lari, mahalliy byudjetlar mablag‘lari. Iqtisodiyotni isloh qilish davrida ijtimoiy ta’minotning jamoat tashkilotlari va xususiy shaxslar faoliyati bilan bog‘liq shakllari rivoj topadi. 
Aholini ijtimoiy himoyalashni bir vaqtning o‘zida amal qiladigan va bir-birini to‘ldiruvchi quyidagi to‘rtta tizimga ajratish mumkin: davlat ijtimoiy ta’minoti, davlat ijtimoiy sug‘urtasi, jamoa ijtimoiy sug‘urtasi va shaxsiy sug‘urta. 
Davlat ijtimoiy ta’minoti aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga pulli nafaqalar vositasida ko‘rsatiladigan yordamdir. Soliqlar va boshqa byudjet tushumlari hisobiga moliyalanadigan bu yordam ularga belgilangan minimal turmush darajasini kafolatlaydi. 
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi zarur turmush darajasini kafolatlaydi. U majburiy bo‘lib, ish beruvchilar va mehnatkashlarning sug‘urta badallari, davlat tomonidan ajratiladigan dotatsiyalar hisobiga moliyalanadi. 
Jamoa sug‘urtasi etarli turmush darajasini kafolatlaydi. U majburiy yoki ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi mumkin. Bunda ish beruvchilar va yollanganning sug‘urta badallari to‘lov manbalari bo‘lib xizmat qiladi. 
Shaxsiy sug‘urta farovonlikning yuqori darajasini kafolatlaydi, u ixtiyoriy ravishda, fuqarolarning sug‘urta badallari hisobiga amalga oshiriladi. 
Birinchi ikki quyi tizimning asosiy tamoyili - birdamlik, uchinchisiniki subsidiyalash, turtinchi, ya’ni shaxsiy sug‘urtaniki esa mutanosiblik tamoyilidir. Birdamlik tamoyili yordamni muhtojlik darajasiga qarab, fuqaro to‘lagan soliqlar va sug‘urta badallari miqdorini hisobga olmasdan taqsimlanishini ko‘zda tutadi. Subsidiyalash tamoyilida esa muhtojlik darajasiga qarab, ammo badallar miqdori va mos ravishda to‘lovlar miqdorini hisobga olgan holda yordam ko‘rsatiladi. Mutanosiblik tamoyili to‘langan sug‘urta badallariga proportsional miqdorda yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. 
Yuqorida qayd etilganlardan tashqari ijtimoiy himoyaning yana bir necha tamoyillari qo‘llanadi: 
umumiylik; 
ochiqlik; 
ko‘ptomonlamalik; 
ta’minot turlarining turfa xilligi; 
muvofiqlik (ya’ni ijtimoiy yordam miqdorini iqtisodiy taraqqiyot darajasiga mosligi). 
Birinchi ikki tizim o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi. Davlat ijtimoiy ta’minoti va sug‘urtasining quyidagi turlari mavjud: 
davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar va boshqa ijtimoiy nafaqalar; 
davlat pensiya ta’minoti; 
uy-internatlarda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash va xizmat ko‘rsatish; 
nogironlarni protez-ortopedik buyumlar va harakatlanish vositalari bilan ta’minlash; 
bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga qarash va tarbiyalash; 
nogironlarni ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish; 
aholini sanatoriya-kurortlar va dori-darmonlar bilan ta’minlash; 
uylarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar. 
To‘la ma’noda olganda, ijtimoiy himoya qilish quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: 
jamiyat a’zolariga kun kechirish uchun zarur narsalarning eng kam miqdorini ta’minlash va muhtojlarga moddiy yordam ko‘rsatish, turmush darajasini pasaytirish omillardan himoya qilish; 
fuqarolarning o‘zlari uchun qonunga zid kelmaydigan har qanday yo‘llar bilan tirikchilik vositalarini hech bir to‘siqsiz ishlab topishlari uchun imkon beradigan shart-sharoitlar yaratish; 
fuqarolarning ta’lim, tibbiy yordam va shu kabilarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, bunda jamiyat imkoniyatlari va o‘ziga xos milliy-tarixiy xususiyatlarni hisobga olish; 
yollanib ishlayotganlarga qulay sharoitlarni ta’minlash, ularni sanoat ishlab chiqarishining salbiy ta’sir ko‘rsatishidan himoya qilish; 
jamiyat a’zolarining ekologik xavsizligini ta’minlash; 
fuqarolarni jinoiy hamlalardan himoya qilish; 
huquqiy, demokratik davlat tamoyillariga mos keluvchi fuqarolik va siyosiy huquqlar hamda erkinliklarni himoya qilish; 
qurolli ijtimoiy va millatlararo nizolarga barham beruvchi shart-sharoitlar yaratish; 
siyosiy ta’qib va ma’muriy zo‘ravonlikdan himoya qilish; 
ma’naviy hayot erkinligini ta’minlash, mafkuraviy taziyqlardan himoya qilish; 
umuman jamiyatda, ayrim yacheykalar va tarkibiy bo‘linmalarda qulay psihologik iqlim yaratish, psihologik tazyiq o‘tkazishdan himoya qilish. 
XX asrda an’anaviy kapitalistik jamiyat haqiqatda o‘zgarib, yangi ijtimoiy-iqtisodiy tizimga - ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor xo‘jaligiga aylandi, ham umuman jamiyatni, ham xo‘jalik organizmining tarkibiy tuzilmalarini qamrab oladigan qudratli ijtimoiy himoya tizimlari qaror topmoqda, ular korxonalar va fikrlar, aktsionerlar jamiyatlari, kooperativlar, mehnat tashkilotlari va hokazolardir. Hozirgi vaqtda /arbda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning amerikacha, evropacha, yaponcha va hokazo andozalari mavjud bo‘lib, ular doirasida yana o‘ziga xos ko‘rinishlari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu andozalarning umumiy xususiyatlari bilan bir qatorda o‘ziga xos umumiy belgilari va milliy jihatlari ham mavjuddir. 

O‘zbekistonda mustaqillikni dastlabki yilaridan boshlab iqtisodiy islohotlarning o‘ziga mos yo‘li tanlandi. O‘tish davri jarayonlari Prezident I.A. Karimov olg‘a surgan beshta asosiy tamoyillaridaan biri: «halq turmush darajasining izchil va barqaror o‘sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilishni ifoda etadi". 


Ijtimoiy himoyaning ijtimoiy-iqtisodiy munosabat sifatidagi mohiyati jamiyat va aholi o‘rtasidagi muxtojlik hollarida yordam, qariyalarga ko‘maklashish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ahvol, hayotiy zaruriy vositalar bilan ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlardan iborat. 
Ijtimoiy himoyaning iqtisodiy negizini moddiy ishlab chiqarish tashkil etadi. Taqsimotchilik munosabatlari natijasida jamiyatning oldiga qo‘yilgan bosh maqsadga muvofiq yalpi milliy mahsulotning muayyan qismi aholi ijtimoiy himoyasiga sarflanadi. Ijtimoiy himoya fondining aksariyat qismi taqsimotchilik jarayonida davlat byudjetida shakllanadi. Uning to‘planish mexanizmi soliqlar va maqsadli jamg‘armalardir. 
Mamlakatimizda davom etayotgan va bozor iqtisodiyotini qaror toptirishga qaratilgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar umuman fuqarolarni samarali ijtimoiy himoyalashni, xususan, korxonalar xodimlarini himoya qilishni nihoyatda muhim vazifalardan biriga aylantirdi. Bir tomondan, bu o‘zgarishlar fuqarolarning ijtimoiy himoyalanishini kuchaytiradi, ikkinchi tomondan esa, inson faoliyatining ayrim muhim tomonlarida ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha ko‘proq kuch-g‘ayrat sarflanishini: ishsizlikdan, pulning qadrsizlanishidan, fuqarolarning birmuncha qismi moddiy tomondan ta’min etilmaganidan va shu kabilardan himoya qilishni talab etadi. 



Download 172.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling