Mehnat shartnomasi tushunchasi ishga qabul qilish rasmiylashtirish
Mehnat shartnomasi shakli va mazmuni
Download 70.5 Kb.
|
Mehnat shartnomasi tushunchasi ishga qabul qilish rasmiylashtirish
4. Mehnat shartnomasi shakli va mazmuni.
Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Mehnat shartnomasining shakli O`zbekiston Respublikasi Xukumati tomonidan 1997 yil 11 martidagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Namunaviy Mehnat shartnomasini hisobga olgan ishlab chiqilgan. Mazkur hujjatda yozma shakldagi mehnat shartnomasi tuzish yuzusidan tavsiyalar tasdiqlangan. Mazkur tavsiya va mehnat shartnomasining namunaviy shakli mulkchilikning barcha shakllaridagi korxona, muassasa, tashkilotlarga, ya`ni ish beruvchilar va hodimlarga mehnat shartnomalarini tuzishda amaliy yordam berish maqsadida ishlab chiqilgan. Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo`lgan kamida ikki nusxada tuziladi va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi. Mehnat shartnomasida taraflarning manzillari ko`rsatiladi. Mehnat shartnomasi xodim va ishga qabul qilish huquqiga ega bo`lgan mansabdor shaxsning imzosi bilan mustahkamlanib, uning tasdiqlangan muddati ko`rsatiladi. Bunday tasdiqlash imzoning haqiqiy va vakolatli ekani ko`rsatiladi. Mehnat shartnomasi sanasi ko`rsatilgan imzolar bilan tasdiqlanadi. korxona, muassasa, tashkilot ishga qabul qilish huquqi berilgan mansabdor shaxsnnig imzosi gerbli muhr bilan tasdiqlanadi (gerbli muhr bo`lmagan tardirda, imzoning haqiqiyligi va vakolatili boshqa muhr bilan tasdiqlanadi). Mazkur tavsiyalarda ko`rsatilganidek, hodimning talabiga ko`ra mehnat shartnomasi u biladigan tilda tuziladi va davlat tilida tuzilgan shartnoma bilan bir xil kuchga ega bo`ladi. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ishga qabul qilish to`g’risida buyruq chiqarish uchun asos hisoblanadi. Buyruq tuzilgan mehnat shartnomasi mazmuniga zid bo`lmasligi kerak. Xulosa Mehnat shartnomasining muddati Mehnat Kodeksining 75-moddasida ko`rsatilgan. Unga ko`ra mehnat shartnomasi: nomuayyan, ya`ni amal qilish muddati ko`rsatilmagan muddatga; besh yildan ortiq bo`lmagan muddatga; muayyan ishni bajarish vaqtiga mo`ljallab tuziladi. Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko`rsatilmagan bo`lsa, bunday mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz muayyan muddatga mo`ljallab qayta tuzilishi mumkin emas. Muhimi shundaki, Mehnat Kodeksi 76-moddasida muddatli mehnat shartnomasi tuzishga yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan holatlar alohida ta`kidlab o`tilgan. Mehnat shartnomasi bajarilajak ishning hususiyatlari, uni bajarish shartlari yoki xodimning manfaatlarini hisobga olib nomuayyan muddatga mo`ljallangan mehnat shartnomalarini tuzish mumkin bo`lmagan hollarda, korxona raxbari uning o`rinbosarlari,bosh buxgalter bilan korxonada bosh buxgalter lavozimi bo`lmagan taqdirda,mazkur vazifani bajaruvchi xodim bilan , shuningdek, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda tuziladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1.Abduqayumov A. «Kontrakt bo’yicha ish yuritish». Toshkent: «Adolat»-1994 yil, 5-46 betlar. 2.Gasanov M.Yu., Sokolov Ye.A. «O’zbekiston Respublikasida mehnat shartnomasi» Toshkent-1996 yil, 5-359 betlar. 3.Karimova O., G’affarov Z. «Davlat va huquq asoslari». Toshkent: «O’qituvchi»-1995 yil, 388-408 betlar. 4.Chjen V.A. «Zakonadatelnie osnovi rinka». Toshkent: «Sharq», 414-425 betlar. 5.O’zbekiston Respblikasining Mehnat Kodeksi. Toshkent: «Adolat»-1996 yil, 34-57 betlar. 6.O’zbekiston Respublikasi Mehnat Qonunchiligi bo’yicha me’yoriy–huquqiy hujjatlar to’plami. Toshkent: «O’zbekiston»-2006 yil, 37-63 va 141-206 betlar. Download 70.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling