Mehnat shartnomasi tushunchasi ishga qabul qilish rasmiylashtirish
Mehnat shartnomasining aralash fuqarolik huquqiy shartnomalaridan farqi
Download 70.5 Kb.
|
Mehnat shartnomasi tushunchasi ishga qabul qilish rasmiylashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Mehnat shartnomasining taraflari.
2. Mehnat shartnomasining aralash fuqarolik huquqiy shartnomalaridan farqi.
Mehnat shartnomasining fuqarolik-huquqiy shartnomalardan farqlab olish murakkab bo`lgan hollarda uning quyidagi belgilari asos qilib olinishi mumkin: Birinchidan, xodim Mehnat shartnomasiga muvofiq, qandaydir ishni bir marta bajarish majburiyatini emas, balki muayyan ixtisos, malaka yoki lavozimga oid ishni, ya`ni belgilangan mehnat vazifasini bajarish majburiyatini oladi (agarda mehnat shartnomasida bir necha kasbni bajarish to`g’risida kelishilgan bo`lsa, u ikkita yoki undan ko`proq vazifalarni bajarishni o`z zimmasiga olishi mumkin). Mehnat shartnomasining bu sharti xodimning korxona, muassasa, tashkilotning mehnat jamoasi tarkibiga, muayyan muddatga bo`lsada, rasmiy jihatdan korxonaga qabul qilinganidan, mehnat jamoasi tarkibi ro`yxatiga kiritilganidan qat`i nazar, mazkur jamoaga qo`shilganini anglatuvchi hamda boshqa shartnomalardan farqini bildiruvchi asosiy belgisi hisoblanadi. Mehnat shartnomasiga muvofiq, xodim mehnat tarkibi qoidalariga bo`ysungan muayyan ixtisos, malaka, lavozim bo`yicha ishni bajarish majburiyatini oladi. Mehnat intizomiga bo`ysunish esa faqat mehnatga oid huquqiy munosabatlarga xosdir. Ikkinchidan, mehnat shartnomasiga muvofiq, xodim belgilangan mehnat shartnomasini bajarish, ya`ni belgilangan ish vaqti davomida ishlash, o`rnatilgan ishlab chiqarish normasini bajarish majburiyatini oladi. Korxona o`rnatilgan ichki mehnat tartibi qoidalariga bo`ysungan muayyan ixtisoslik, malaka, lavozimiga oid ishni bajarishi uning shu korxonaning xodimi sifatida, ya`ni mehnat shartnomasi asosida ishlashini bildiradi. Uchinchidan, xodimning mehnat shartnomasi yuzasidan kelib chiqadigan majburiyatlari qat`iy belgilab qo`yilgani sababli uning bajarilishi boshqa shaxsga topshirilishi aslo mumkin emas. 3. Mehnat shartnomasining taraflari. Mehnat shartnomasining taraflari Mehnat kodeksining 72-moddasida ko`rsatilgan. Quyidagilar, mehnat shartnomasining taraflari hisoblanadi: xodim 16 yoshga to`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxlar (Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta`lim maktablari, o`rta maxsus, kasb-hunar o`quv yurtlarining o`quvchilarini ularning soғliғiga hamda ma`naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan, ta`lim olish jarayonini buzmaydigan engil ishni o`qishdan bo`sh vaqtida bajarishi uchun — ular o`n besh yoshga to`lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o`rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo`l qo`yiladi); Ish beruvchi-korxona, jumladan, uning rahbarlari timsolida, korxonaning alohida tarkibiy bo`linmalari, mulkdorning o`zi ayni vaqtda rahbar bo`lgan xususiy korxonalar; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda 18 yoshga to`lgan ayrim shaxslar. Umuman, qonunchilikda 16 yoshga to`lgan shaxslarning ishga qabul qilinishi belgilangan. Demak, fuqarolarda mehnatga oid huquqiy layoqat ular 16 yoshga to`lgandan boshlab vujudga keladi, Fuqarolarda huquqiy layoqat va muomala layoqati vujudga kelishi masalasida ham mehnat huquqi fuqarolik huquqidan farq qiladi. Chuchonchi, Fuqarolik huquqida huquqiy layoqat bilan muomala layoqatining paydo bo`lishi davri o`rtasida vaqt nuqtai nazaridan ma`lum tafovut bo`lsa, mehnat huquqida bu ikki kategoriya bir-biri bilan uzviy bog’liq va bir paytda vujudga keladi. Chunki har qanday jonli mehnat va bir individiumning shaxsiy erkiga bog’liq faoliyatdir. Shuning uchun ham mehnat majburiyatlari vakillari orqali amalga oshirilishi mumkin emas. Fuqarolik huquqida esa, aksincha, bunga yo`l qo`yiladi. Masalan, topshiriq shartnomasini olib ko`raylik. Bu shartnomaga binoan, vakillar topshiriq beruvchi nomidan va uning hisobiga harakat qilish burchini olgani sababli o`ziga berilgan vakolat doirasida bajargan barcha qonuniy harakatlari topshiriq beruvchi uchun bevosita huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi. Taraflarning mehnat huquqlari va majburiyatlari yig’indisi mehnat shartnomasining mazmunini tashkil etadi. Mehnat shartnomasi quyidagi ikki shart asosida tuzilishi mumkin: 1) asosiy shartlar, ya`ni bularsiz Mehnat shartnomasini tuzilgan deb hisoblash mumkin emas; 2) qo`shimcha (ixtiyoriy) shartlar, ya`ni bular haqida kelishish majburiy emas. Mehnat shartnomasi mazmuni taraflar kelishuvi bo`yicha, shuningdek mehnat to`g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Asosiy shartlar mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan belgilanadi. Quyidagilar Mehnat shartnomasining shartlari hisoblanadi: - ish joyi, ya`ni hodim ishga qabul qilinayotganda korxona, muassasa tashkilotning nomi; - xodimning mehnat vazifasi mazmuni lavozim yo`riqnomasi, malaka ma`lumotnomasi va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadigan muayyan mutahasislik, malaka yoxud lavozimga oid ish; - ishning boshlanish kuni - qonun hujjatlariga muvofiq tuzulgan mehnat shartnomasi imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi, ishning boshlanish sanasi qayd etilmagan taqdirda, xodim shartnoma imzolangan kundan keyingi ish kunidan kechikmay, ishga tushishi lozim. Mehnat haqi miqdori va boshqa shartlar. Mehnat haqi miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam bo`lmasligi, uning eng ko`p miqdori esa chegaralanish mumkin emas; - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, ayrim mehnat shartnomalarini tuzishda zarur shartlar ro`yxati kengaytirilishi mumkin. Masalan, muddatli mehnat shartnomasini tuzishda ishning nafaqat boshlanish sanasi, balki uning tomom bo`lish sanasi ham qayd etiladi. Xodimning muayyan ishni bajarish vaqtiga mo`ljallab ishga qabul qilishda u bajarishi lozim bo`lgan ish aniq ko`rsatilishi zarur. O`rindoshlar bilan mehnat shartnomasini tuzishda qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan eng ko`p muddat doirasida bajarilishi lozim bo`lgan kundalik ishning aniq muddati belgilanadi. Shunisi ham muhimki, mehnat shartnomasini tuzish paytida hodimlarning qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan mehnat huquqlari va kafolatlari darajasida pasaytirilishi mumkin emas. Yuqorida ta`kidlanganidek, taraflarning kelishuvga ko`ra, Mehnat shartnomasida qo`shimcha shartlar nazarda tutilishi mumkin. Ular taraflarning majburiyatlarini aniqlash, ularni to`ldirish, xodimga qo`shimcha imtiyoz va afzalliklar berilishni nazarda tutishi mumkin. Qo`shimcha shartlar quyidagilar kiritilishi mumkin: - xodimgi mehnat sharoitlari belgilangan YATMM va MM da nazarda tutilgan qo`shimcha mehnat majbariyatlarini yuklash; - bir necha kasbda ishlar tartibi va shartlari ko`rsatilgan mehnat shartnomasining mustaqil sharti sifatida ber necha kasbda ishlash; - xodim sinov muddati bilan ishga qabul qilinayotgan taqdirda, sinovnnig aniq muddati belgilanishi; - xodim yuqori malaka uchun, agar bu amaldagi qonun xujjatlarida, jamoa shartnomasida yoki korxona, tashkilot, muassasada amal qiluvchi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda, murakkabroq ishlarni bajarish bilan bog’liq bo`lgan mehnatga haq to`lashning yuqoriroq miqdorini yakka tartibda belgilash; - xodim uchun belgilangan ish vaqti; - qo`shimcha haq to`lanadigan va haq to`lanmaydigan dam olish kunlari ti`tillar berish; - ijtimoiy - maishiy tusdagi shartlar; - muddatli mehnat shartnomasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda muddatidan oldin bekor qilinganda neustoyka qo`llash. Download 70.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling