Mehnat shartnomasini o`zgartirishni rasmiylashtirish
Download 82 Kb.
|
MEHNAT SHARTNOMASINI O`ZGARTIRISHNI RASMIYLASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodim talabiga binoan mehnat shartlarini o`zgartirish .
birinchidan, ish beruvchi ayrim toifadagi xodimlar uchun mehnat shartlarini o`zgartirish borasida korxonadagi xodimlarning vakillik organi bilan oldindan maslahatlashib olishi lozim;
ikkinchidan, ish beruvchi kelgusida mehnat shartlarini o`zgartirish ehtimoli haqida xodimni kamida 2 oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, tilxat olishi shart. Ko`rsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodimning roziligi bilan yo`l qo`yiladi; uchinchidan, ko`pchilik xodimlar guruhi uchun mehnat shartlari noqulay tarzda o`zgargan taqdirda, ish beruvchi mahalliy mehnat organiga bunday o`zgartirishning sababi haqida ma`lumot berishi shart; to`rtinchidan, xodim bilan mehnat shartnomasi u yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etgani sababli bekor qilinishi mumkin; bunday hollarda xodimga o`rtacha oylik ish haqidan kam bo`lmagan miqdorda ishdan bo`shatish nafaqasi to`lanishi kerak; beshinchidan, xodim, ish beruvchi tomonidan mehnat shartlari o`zgartirilgani haqida sudga shikoyat qilishga haqlidir; oltinchidan, nizoni ko`rish vaqtida avvalgi mehnat shartlarini saqlab qolish imkoniyati yo`qligini isbotlab berish majburiyati ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. Mehnat kodeksi 89-moddasining 2-qismida ish beruvchi ayrim toifa xodimlar uchun mehnat shartlarini o`zgartirish xususida kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan oldindan maslahatlashib olishi nazarda tutilgan. Maslahatlashishning mohiyati shundaki, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo`mitasiga yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga kutilayotgan mehnat shartlarining o`zgartirilishi natijasida korxona xodimlari uchun yuzaga chiqishi mumkin bo`lgan oqibatlar haqida axborot beriladi. Xodim talabiga binoan mehnat shartlarini o`zgartirish. Amaldagi mehnati qonunchiligida muayyan vaziyatlar mavjud bo`lganda mehnat shartlarini xodim talabiga binoan o`zgartirish mumkinligi ko`zda tutilgan. Buning uchun o`sha muayyan vaziyat mavjud bo`lishi va aniq ko`rsatilishi shart. MKning 90-moddasi 1-qismiga ko`ra, mehnat to`g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda xodim ish beruvchidan mehnat shartlarini o`zgartirishni talab qilishga haqlidir. Bunday holatlar MKning 218-, 226-, 227-, 228-, 229-, 230-, 232- va boshqa moddalarida nazarda tutilgan. Bunday holatlar boshqa normativ hujjatlarda ham ko`rsatilgan bo`lishi mumkin. Xodimning mehnat shartlarini o`zgartirish haqidagi arizasi, berilgan kundan e`tiboran 3 kundan kechiktirmay, ish beruvchi tomonidan ko`rib chiqilishi lozim. Xodimning bu talablari rad etilgan taqdirda, ish beruvchi unga rad etishning sababini ma`lum qilishi kerak. Ammo, xodim talablarini rad etish sabablari unga ma`lum qilinmagani shikoyat qilish uchun to`siq bo`lmaydi. Download 82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling