Mehnat ta’limi kasb tanlashga yo’llashning didaktik sistemalari


Politexnik ta’lim va uning mohiyati


Download 34.05 Kb.
bet3/4
Sana07.02.2023
Hajmi34.05 Kb.
#1175916
1   2   3   4
Bog'liq
Mehnat ta’limi kasb tanlashga yo’llashning didaktik sistemalari

3.Politexnik ta’lim va uning mohiyati.
Politexnik prinsip texnologiya ta’limi o`quvchilarda hozirgi zamon ishlab chiqarishining umumiy ilmiy asoslariga doir bilimlar shakllanadigan va ular ishlab chiqarish texnik faoliyatining ko`p sohalarida qo`llanadigan umumlashgan malakalarni egallaydigan yo`sinda tashkil etishni talab qiladi. Boshqacha aytganda, o`quvchilarga ular ustaxonalardagi mashg’ulotlar jarayonida oladigan texnik bilim va malakalarning universalligini; bu bilim va malakalardan yangi ishlab chiqarish sharoitlarida foydalana olish (malakalarni ko`chirish) kerakligini ko`rsatish zarur.
O’quvchilarni hozirgi zamon sanoati va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiiing muhim tarmoqlari bilan ikki yo`l orqali tanishtirish mumkin: a) ularning har birini izchil o`rganish; b) ishlab chiqarish jarayonlarini ularning asosi bo`lgan tabiiy-ilmiy qonuniyatlarga bog’liq holda klassifikasiyalash va mazkur qonuniyatlarni xalq xo`jaligining bir-ikkita tarmog’i misolida o`rganish orqali.
Birinchi yo`lni maktabda qo`llab bo`lmaydi, chunki u juda ko`p o`quv vaqtini sarflashni talab qiladi. Ikkinchi yo`l esa maktabda xalq xo`jaligining eng muhim tarmoqlarini o`rganish uchun real imkoniyat yaratadi va didaktik jihatdan ancha qimmatlidir, chunki u xalq xo`jaligining o`quvchilar maktabda o`rgangan tarmoqlari bilan o`rganmagan tarmoqlari orasida uzviy bog’lanishni ta’minlaydi. Gap shundaki, turli ishlab chiqarish jarayonlari sirtdan qaraganda xar xilligidan qat’i nazar, anchagina o`xshashlik va umumiylikka ega, chunki ular ko`pincha tabiatning bir xil qonun va hodisalaridan foydalanishga asoslangan.
Tabiat qonunlaridan har xil texnik qurilma va texnologik jarayonlarda ularning ilmiy asosi sifatida foydalanilishidan kelib chiqib, ba’zi pedagoglar politexnik ta’lim vazifalarini fan asoslariga oid fanlar doirasida to`la bajarish mumkin, deb noto`g’ri xulosaga keldilar. Fan asoslarining politexnik ta’lim ishidagi katta ahamiyatini inkor etmagan holda buning o`zi kifoya qilmasligini ko`rmaslik mumkin emas. Fan asoslariga doir fanlarni texnikadan olingan misollar bilan boyitish problemani hal qilmaydi, chunki bunda doimo u yoki bu ishlab chiqarish hodisasining o`quv fanining mazkur temasiga bog’liq bir tomoni ko`rib chiqiladi.
Shu sababli o`quvchilarda ishlab chiqarish hodisasi haqida umuman tasavvur hosil bo`lmaydi. Masalan, o`quvchilarda detal haqida fan asoslarining u yoki bu qonunidan foydalanishning konkret misoli sifatida emas, balki mashinaning tipovoy qismi sifatida to`la tasavvur hosil qilishuchuv uning vazifasi va mashinadagi o`rni haqida, zagotovkasi uchun materiallar tanlash, uni proektlash va tayyorlash hakida gapirib berishi kerak.
Ko`rinib turibdiki, bunda fan asosdari bo`yicha maktab fanlarida ko`riladigan masalalar haqidagina emas, balki ularga kirmaydigan (masalan, detalni tayyorlash) masalalari haqida ham gapirish kerak.
Shunday qilib, ishlab chiqarish hodisasi haqida tabiatdagi u yoki bu qonunning illyustrasiyasi sifatida gapiradigan bo`lsaq bunda faqat uning bittagina sifatini yoritish mumkin. Agar ishlab chiqarish hodisasi har tomonlama xarakterlansa, fan asoslari bo`yicha fanlarni o`rganish mantiqini buzadi, bu fanlar mazmuniga ularga bevosita aloqasi yo`q materialni kiritishga majbur qiladi.
Bundan tashqari, mehnat usullarini egallash (bu politexnik ta’lim vazifalaridan biridir) didaktikaning asosiy prinsipiga bo`ysundirilgan va o`z mantiqiga ega bo`lgan ma’lum bir sistema bo`yicha amalga oshishi kerak. Agar mehnat usullarini egallashni fan asoslari bo`yicha ayrim fanlar vazifasiga kiritilsa, ular ana shu fanlarning tuzilishi mantiqiga bo`ysunadi.
Nihoyat, mehnat ob’ektlarini tanlashda fizika, matematika va boshqa fanlarning o`qituvchilari eng avval shu ob’ektlar o`tilayotgan tema bilan bog’liq bo`lishiga harakat qilishadi, mehnat jarayonining mazmuni esa ikkinchi planga o`tib qoladi. Natijada amaliy mashg’ulotlar uchun ob’ektlar tanlash juda cheklangan va texnologiya ta’limi sistemasi talablariga javob bera olmaydigan bo`lib qoladi.
Shunday qilib, o`quvchilarni hozirgi zamon sanoati va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining muxim tarmoqlari bilan tanishtirish fan asoslari bo`yicha fanlar doirasi bilan chegaralanmasligi kerak. Xuddi shuning uchun ham maktab o`quv planida texnologiya ta’limi bo`yicha maxsus fan bor.
Ta’lim jarayonining politexnik yo`nalishiyi ta’minlash uchun ayrim konkret ishlab chiqarish jarayonlari misolida hozirgi zamon sanoati yoki qishloq xo`jalik ishlab chiqarishining umumiy asoslari o`rganiladigan didaktik vaziyatni vujudga keltirish talab qilinadi.
Texnologiya ta’limi bosqichlari orasidagi izchillik politexnik prinsip uchun katta ahamiyatga ega. Masalan, ustaxonalardagi mashg’ulotlarda o`smirlar quyi sinflarda o`zlashtirgan qator politexnik malakalarni qo`llashi va takomillashtirishi juda muhimdir. Chunonchi, qog’ozni rejalashda chizg’ich, go`niya va qalamdan foydalanish malakasini yog’och va metallni rejalashda qo`llash kerak. Bu jihytdan o`kuvchilarning andaza rejalash malakalari juda foydali bo`ladi. O`kuvchilar qog’ozni, gazlamani va listli metallni qaychi bilan qirqish orasida ko`pgina umumiylik topadilar. Modellashtirish jarayonida o`quvchilar yana shu ish bo`yicha quyi sinflarda olgan bilimlarini qo`llashi va hokazolar uchun cheklanmagan imkoniyatlar vujudga keladi.
I—IV sinflarda ustaxona mashg’ulotlari bilan mehnat darslarining bog’lanishi o`z xarakteriga ko`ra bir tomonlamadir, ya’ni V—VII sinflardagi o`qitish metodikasi I—IV sinflardagi texnologiya ta’limi mazmunini xisobga olgan holda tuzilishi kerak. Ustaxonalardagi mashg’ulotlar bilan fan asoslari bo`yicha fanlar orasidagi bog’lanish buidan farqli ravishda ikki tomonlamadir: bunday bog’lanish natijasida fan asoslari bo`yicha fanlar konkret mazmun bilan boyiydi, mehnat esa fan asoslarining qonunlari pozisiyasidan tushuniladi. Shunday qilib, didaktik bog’lanishlarni ta’minlash fan asoslari bo`yicha fanlarni o`qitishning ham, ustaxonalarda mashg’ulotlar o`tkazish politexnik saviyasini oshirish uchun ham muhimdir.
Didaktik bog’lanishning bir maromda amalga oshirilishi fan asoslari bo`yicha bilimlarni muvaffaqiyatli o`zlashtirish uchun ham, texnologiya ta’limi amalga oshirish uchun ham zarurdir. Ammo bu ikkala holda ham didaktik bog’lanishning yo`nalishi mutlako bir xil degan so`z emas.

Masalan, fizika, ximiya va matematika darslarida ishlab chiqarish jarayonlari va hodisalaridan tabiatning u yoki bu qonuni amaliy qo`llanilishini ko`rsatish uchun foydalanildi. Bunda ishlab chiqarish jarayonining, hodisaning darsda o`rganilgan qonunning amaliy qimmatini tasdiqlaydigan sifati qarab chiqiladi.


O’quvchilar, ma’lum fanlarni tayyorlashda o`rgangan mehnat malakalari shunga o`xshash ko`pgina fanlarni tayyorlashlari uchun asos bo`lishini tushunishlari kerak. Shu maqsadda har bir yangi operasiyani (ish turini) o`rganishga kirishilar ekan, o`qituvchi bu operasiyani bajarish usuli bilan bir nechtagina konkret misollar orqali tanishishlarini, amalda esa o`rganilayotgan ana shu operasiya juda ko`p qo`llanilishini ta’kidlash lozim.
O’quvchilarga mazkur operasiyani qo`llab tayyorlanadigan detallar (buyumlar)dan o`zlari misollar keltirishlarini tavsiya etish mumkin. yog’och va metallga qo`lda ishlov berish tugallanadigan VII sinfda bu tema bo`yicha maxsus suhbat o`tkazish, o`quvchilargatayyorlashda ma’lum operasiyani (kesish, arralash, qirqish va hokazolarii) qo`llashlariga to`g’ri kelgan hamma fanlarni aytib chiqishni taklif qilish kerak.
Politexnik ta’lim nuqtai nazaridan har xil kasblarga doir mehnat usullari (operasiyalari)ning izchilligini ko`rsatish ham muhimdir. Hozirgi zamon sanoat ishlab chiqarishining xarakterli xususiyatlaridan biri mehnat qurollarining tez almashinuvi, yangi mashinalarning va shunga ko`ra yangi kasblarning vujudga kelishidir.
Shunday qilib, ustaxonalardagi mashg’ulotlarda har bir texnik ob’ektga, ishlab chiqarish jarayoniga o`z holicha emas, balki boshqa o`xshash ob’ektlar, o`xshash jarayonlarga bog’liqlikda hozirgi zamon ishlab chiqarishi asosini biror jihatdan xarakterlovchi zanjirning bir xalkasi sifatida qaralishi kerak.


Download 34.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling