Mehnat ta’limi va dizayn” kafedrasi G. S. Sharipova Kostyum dizayni


Download 227.21 Kb.
bet6/6
Sana26.09.2020
Hajmi227.21 Kb.
#131471
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mehnat ta’limi va dizayn” kafedrasi G. S. Sharipova Kostyum diza-fayllar.org


9 Ma’ruza mashg’uloti

Kostyumni badiiy loyihalash metodlari. “Fantazi” uslubi haqida ma’lumot

Reja:

  1. Folklor uslubi: kantri, Gaucho, Mao, ekzotika, skandinav, karmen.

  2. Uslublar aralashmasi: kejual, fyuji, granj, kitch.




  3. Romantik uslub haqida


  4. Fantazi uslubi haqida


  5. Xippi uslubi haqida


  6. Retro uslubi haqida


  7. Vintaj usuli haqida



Folklor uslubi. Folklor uslubi – bu milliy kostyumlarning elementlarini qo‘llaydigan uslub. 1950 yillardan boshlab qishloq uslubi “kantri uslub” ommabop bo‘lgandi, 1990 yillarda bu uslub etno–miks shaklida tarqalgandi. Folklor uslubi bugun – bu faqat kiyimni bezagigina emas, balki elementlarni, shaklni, buyumlarni zamonaviy modada o‘zlashtirish. Folklor uslubida kiyim yaratish – bu milliy kiyimni nusxasini yaratish emas. Gazlamani tanlash, uning rangini, merejka kashtasi, naqshli tasma, atlas lentalar, bichim va detallarni qo‘llanishi buyumni folk uslubiga mansubligini ko‘rsatadi. Shartli folklor uslubiga ingliz kantri, amerikalik vestern va turli etno–mikslar kiradi.

Kantri uslubi. Kantri uslubi XX asrni boshida vujudga keldi. Bu atama malakat va qishloqni ifodalaydi. Bu uslub shaxardan tashqariga sayr uchun kiyladigan kiyim nazarda tutiladi. Masalan, kantri uslubida tviddan tikilgan sport kiyimi, yupqa jun gazlamasidan tikilgan palto bo‘lishi mumkin. Odatda kantri uslubdagi kiyimga uzun sharflar, to‘qilgan shapkalar, etikka tiqilgan shimlar qo‘shimcha kiyiladi. Ayollar yubkalar, yopinchoqlar, shlyapalar, tufli va paypoqlar kiyshi mumkin. Kantri ulubida muhim detal – gulli, yul–yul va katak–katak naqshli tekstil. Kostyum koloritida tabiiy ranglar qo‘llanadi: yashil, sariq, moviyosmon va suv, daraxt, kuzgi yaproqlar va b.

Gaucho uslubi. Bu uslub 1960 yillarda modaga kirgan folk uslubining bir varianti. Gaucho uslubi Janubiy Amerikadagi chorvodorlar–gaucho kiyimlaridan o‘zlashtirilgan: charm va zamsha kurtkalar, charmdan qilingan popuk va zaklepkalar bilan bezatilgan shimlar, nimchalar. Gulli ko‘ylak kovboy etiklari bilan, short bilan romantik bluzkalar – bu gaucho uslubdagi ijod qiladigan dizaynerlarni zamonaviy modellaridir. Zamonaviy modada gaucho uslubi naqshlar, materialar, bo‘yoqlar va shakllar o‘zgacha birikma.

Yapon uslubi. XX asr oxirida va XX1 asr boshida ommabop bo‘lgan etnouslub. Bu uslubni mantiqiylik va bekam–ko‘stlik tavsiflaydi. Libosdagi tipik detallari: yapon kimonosini eslatadigan bichim, iyerogliflar, “obi” belbog‘i, yog‘och taglikli getani eslatadigan oyoq kiyim.

Romantik uslub – bu fantaziya, izlanish, xotira sohasi, u tarixiy kostyumga intiladi va undan shakl, bichim va dekorativ bezak o‘zlashtiriladi. Romantik libos qomadni go‘zalligini va ayollarninig an’anaviy suzilmoqligini, sentimentalligini, sezuvchanligini namoyon etishi lozim. Bu uslubning asosiy silueti – X–simon, yumshoq va main chiziqlar bilan. Minimalistik uslub man etgan bezaklar – drapirovkalar, dekolte, koketkalar, qo‘sh burmalar, volanlar, ryushlar, jabo, bantlar, to‘rlar, buflar, manjetlar rulikdan izmalar romantik liboslarda keng qo‘llanadi. Bu uslubda yorqin ranglar libosda qo‘llanadi. Poyabzal loklangan charmda va kimxobdan baland poshnali “kemacha” tuflilar. Uzun yoki kalta qo‘lqoplar. Murakkab soch turmagi. Vualli shlyapalar, nozik taqinchoqlar, shifondan sharflar. Bu uslub kechi va bayramona kiyimlarida qo‘llanadi.

Fantazi uslubi. Zamonaviy moda romantikaga o‘z kurinishini namoyon etadi. Fantaziya uslubi avangard uslubidan farqi – zamonaviy modani ifodasi bo‘lmaydi. Romantik uslub – bu utmish va kelajakni fantastik siymolari. Fantazi uslubini asosiy xususiyatlari: noreallik, ertaklik, syurrealik, ajablik, jasurlik. Bu uslub tomashabinni xayratga soladi. Fantazi liboslarni siluetlari har xil va o‘zgacha. Bezak sifatida bantlar, strazlar, munchoqlar, charm va zamsha, kashta va b. qo‘llanadi. Fantazi uslubi dizaynerning ijodini cheklamaydi.

Xippi uslubi. XX asrni 60–chi yillarida xippi modani boshdan oyoqqa og‘dardi. Endi modaning qoidasi–xech qanday qoida bo‘lmasin. Bu xippi o‘zgacha psixologiyasi – “gullar bolalarini”. Ammo, zamonaviy modada 60–chi yillardagi kabi ma’naviy va ideologik intilish yo‘q. Zamonaviy dizaynerlar faqat cheklashni mutlaqo yo‘qligi, kiyim tassavur chegarasidan chiqishi kerak. Xippilarni libos tuplamida kashtali djinslar, o‘zgacha belbog‘lar, ola–bula koftalar va topiklar, to‘qilgan yoki qo‘roqli katta sumkalar, tunika yoki uzun, beli yuqori kutarilgan yupqa ko‘ylak, ochiq shippaklar, kosmetikani minimumlikligi, to‘g‘ri tashlangan sochlar. Xippilar orasida dehkonlar kiyimi – taxlamali uzun yubka keng tarqalgan. Munchoqlardan fenechkalar, bandanalar, charmdan kurtkalar, qo‘sh burmali jaketlar va dumaloq yoki kvadratli to‘qilgan linzali kichkina ko‘zoynalar keng qo‘llanadi. Zargor buyumlar meksikali, hind yoki marokash melxiordan qilingan zargar buyumlar. Bilakuzuklar, uzuklar, qo‘loq va burun uchun xalqalar. Tinchlik ramzlari, mushtum, In–Yan va boshqa sharq ekzotikasi ramzlari marjonlar bilan bezatilgan.

Retro uslubi. Utmish modasi – zamonaviy dizaynerlarini ijodida ilxomlanish manba. Retro uslubi – zamonaviy modada utmish mavzularni, detallarni, modellashtirish usullarni qo‘llash yo‘nalishi, ammo ularni takrorlanmasligi.

Har bir tarixiy davr modasi o‘ziga xosligi bilan ajraladi, ularni o‘z retro siymosi bor. Retro moda utmish modasini nusxasi emas, balki uni stilizatsiyasi bo‘lishi kerak.



Vintaj usuli. Utmishga asoslangan romantik modada yana bir yo‘nalish vintaj (vintage). Bu uslubda utgan yillardagi o‘ziga xos liboslari mavjud, ya’ni popukli sumkalar, to‘qilgan shollar va b. Vintaj kolleksiya modellari benuqson tarbiyalangan, qirolicha qomatli, nozik va elegant xaqiqiy ledilarni eslatadi. Bu uslubning asosiy elementlari – to‘g‘ri siluetlar, kashta va to‘rni qullanishi, shaklni sipoligi.

Mutaxassislar romantik uslubni rivojlanishini prognozlashmoqda. U uniseks modani asta–sekin siqib chiqarmoqda. XX1 asrda ayollarning nazokatini namoyon qiladigan, xarakatiga mayinlik beradigan kiyim birichi qatorga chiqadi. Taxmin buyicha moda tanani berkitadi. Ertaklar va tasavvuf ilxom manbasi bo‘ladi. Dengiz, okean, sexir, tasavvuf, erotika, musiqa, sevgi, parvoz va b. romantik yo‘nalishni belgilaydigan eng ommabop mavzular bo‘ladi.



Tayanch iboralari: uslub, katta uslub, mikrouslub, klassik uslub, sport uslub, retro uslub, folklor uslub, romantik uslub, uslublar aralashmasi.

Nazorat savollari:


  1. Folklor uslubdagi mikrouslublarni tavsiflang.


  2. Uslublar aralashmasidagi mikrouslublarni tavsiflang.


  3. Zamonaviy modada qanday uslublar mavjud?


  4. Kantri mikrouslubini tavsiflang.


  5. Militari mikrouslubni tavsiflang.


  6. Safari mikrouslubni tavsiflang.


  7. Xippi mikrouslubni tavsiflang


  8. Romantik uslub haqida nimalarni bilasiz?


  9. Fantazi uslubi haqida nimalarni bilasiz?


  10. Xippi uslubi haqida nimalarni bilasiz?


  11. Retro uslubi haqida nimalarni bilasiz?


  12. Vintaj usuli haqida nimalarni bilasiz?



10 Ma’ruza mashg’uloti

Kostyumni badiiy loyihalash metodlari. Ayollar uy kiyimlarini, kundalik kiyimlarini va bashang kiyimlarini dizayn loyihasini yaratish asoslari

Reja:

  1. Uy kiyimi haqida tushunchasi va turlari.


  2. Uxlash kiyimlari.


  3. Uyda ishlash kiyimi.


  4. Mexmon kutish kiyimi.


  5. Kundalik kiyimi haqida tushuncha.


  6. Kundalik kiyimlarga qoyiladigan talablar.


  7. Bashang kiyim haqida tushunchasi va turlari.


  8. Bashang kiyim shakli yechimi turlari.



U y k i y i m i. Qulay, yaxshilab oylab tikilgan uy kostyumi odamga va xonadonga yarashibgina kolmay, balki kishi kayfiyat yaxshi bo’lishiga, uni ish yuritishiga ko’mak bo’ladi, atrofdagilarni ham mamnun etadi.

Uy kiyimi umuman xonadonning ichki ko’rinishiga muvofiq


keladigan, odam atrofidagi narsalarga mos tushgan, monand
bo’lishi kerak. Uy kiyimi – bu interer umumiy ansamblining bir qismi.

Uy kiyimi ham moda ta’sirida bo’ladi va kiyimning aynan shu vaqtga xarakterli bo’lgan silueti, uzunligi, dekori, assortimenti uy kiyimida ham aks etadi.

Konkret shakllarni, materialar, dekorativ bezaklar, uslub yechimlarini tanlashda odam shaxsiyati namoyon bo’lishi uchun uy kiyimi katta imkoniyatlar beradi. Lekin uy kiyimining umumiy tuzilishi uyda odamlarning batartib, ko’rkam va bardam ko’rinishiga yordam beradigan bo’lishi kerak.

Uy kiyimi nimaga mo’ljallanganligiga, yil fasliga va sutka vaqtiga karab quyidagi guruhlarga bo’linadi:

1. Uxlash kiyimi, ertalabki va kechki yuvinish-taranish kiyimi.

2. Uyda ishlash kiyimi.

3. Mehmon kutish kiyimi.

Uxlash kiyimitungi koylaklar, pijama poetik obraz vazifasini o’taydi. Harir, ochiq rangli, yumshoq gazlamalar, to’rlar, kashtalar, qoyma burmalar ayol kishi qiyofasiga noziklik tiniqlik baxsh etadi. Bichimi sodda, choklari minimal darajada kam, odatda boyi uzun, uni ancha yengillashtirib, ixcham qilib ko’rsatadi. Kiyim assortimenti, boyining uzunligi odamning yoshiga, gavda tuzilishi xususiyatlari, turmush tarzi va sharoitiga qarab tanlanadi.

Uxlash kiyimi o’simlik yoki geometrik xarakterdagi siyrak, mayda gullari bor ochiq mayin tusli bo’lishi kerak, bu uning massasi kam bo’lishi talabiga to’g’ri keladi. Bezaklar—kashta, qoyma burmalar, ikki tomonlama qoyma burmalar, to’rlar, mag’izlar, beykalar, tasmalar, bantlar, tikma to’rlar, pechak tasmalar va

boshqalar asosan kiyim rangida bo’lib, bularning hammasi uyqu kiyimini chiroyli va qulay qiladi.

Uxlash kiyimlari bevosita badanga kiyilib, gigiyenik talablarga javob berishi kerak. (mavsumga qarab har xil gazlamalardan tikiladi.) bu kiyim eng soda konstruktiv yechimga ega bo’ladi va tez yuviladigan gazlamadan tikiladi. Taqilma minimal miqdorda tugmalar yoki bog’ichlar chatib, yechimi qulay qilib hal etiladi. Yoqalar kichik o’lchamli bo’ladi.

Ertalabki va kechki yuvinish-taranish kiyimi — bu tungi kiyim ustidan kiyiladigan xalat. Bu kiyim tungi koylak yoki pijama bilan komplektda hal etiladi, shuning uchun ularning hajmi, uzunligi, yenglarinig bichig’i, yoqa o’mizining oyig’i va yoqasining xarakteri, bezaklari, rangi bir-biriga moslangan bo’lishi kerak. Taqilmasi bir bortli yoki ikki bortli, minimal miqdorda tugma chatilgan yoki belbog’li bo’ladi. Xalatlar turli shakldagi yoqali yoki yoqasiz, cho’ntaklari chokda yoki qoplama bo’lishi mumkni. Bu kiyim tungi kiyim materialidan yoki shunga monand gazlamadan tikilishi mumkin.

Ko’pincha qalpoqcha yoki durracha zarur qo’shimcha bo’lib, bular soch turmagini avaylashga yoki taralmagai sochni yig’ishtirib turishga xizmat qiladi.



Uy kiyimlari – uyda ishlash kiyimi hisoblanib, asosan shim, yubka, bluzka, sarafan, peshband kabilardan iborat komplektda hal qilinadi. U rasmiyat va ishchanlik xususiyatlarisiz, shakli, qo’shimchalari va ziynatlari hisobiga o’ng’aylik, bemalollik tuyg’usi hosil qiladigan bo’lishi kerak.

Uyda ishlash kiyimi komplektlari nihoyatda bemalol harakat qilishga xalaqit bermaydigan bo’lishi kerak. Buning uchun trikotaj maykalar, sviterlar bilan shim kiyiladi yoki gavdaga yopishib turmasligi uchun qoyimi ko’paytirilgan bluzkalar kiyiladi.

Uy kiyimlari qulay, oson yuviladigan, oson dazmollanadigan, kam g’ijimlanadigan, yenglari xalaqit bermaydigan darajada qulay bo’lishi, etaklari o’rtacha bo’lishi va yorqin rangda bo’lishi kerak. Uy kiyimlari xolat, koylak, lozim, ro’mol va fartuklardan iborat bo’lishi mumkin. Shakl, rang, material va dekorativ bezakning monandligi hisobiga uy kiyimi bilan peshbandning komplekt bo’lishiga erishiladi. Peshband vositasida gavdaning ko’ngildagidek idrok yetilishiga erishsa bo’ladi. Masalan, yelka bog’larini boyinga yaqin bog’lab, yelkalarni toraytirib ko’rsatsa bo’ladi, burmalar bo’ksani kengrok, taxlamalar esa torroq qilib ko’rsatadi, ko’krakpechning kengi ko’kraklar hajmini kattalashtirsa, yensiz, cho’zig’i kichiklashtiradi.

Mexmon ketish kiyimlari – mexmon kutishda xalat, unga nisbatan xurmatsizlik bo’ladi. Biroq uy bekasi mexmonlardan bashangroq kiyingan bo’lsa, unda odobsizlik boladi.

K u n d a l i k k i y i m. Odamning tashqi ko’rinishi, unint sanoat korxonasidagi, qishloq. xo’jaligidagi, muassasalardagi, savdo, transport, maishiy xizmat sohasidagi, Suv yurtlaridagi va boshqa yerlardagi kiyimi qandayligi katta axamiyatga ega. Kundalik kiyim – bu ham ish, ham xizmat kostyumi. Bir qancha kasbdagi kishilar ish xususiyatlari yoki ishlab chiqarish sharoiti sababli maxsus kiyim kiyadi (metallurglar, o’t o’chiruvchilar, baliqchilar va boshqalar) yoxud boshqalardan farq qilish vositasi sifatida forma kiyim kiyadi (harbiylar va mahkamalar formasi). Ayni vaqtda maxsus kiyim talab qilinmaydigan ko’p kasblardagi kishilar oddiy kundalik kostyum kiyib yuradilar.

Hozirgi turmush tarzi amaliy ish kiyimiga uning qulayligini, ratsionalligini, ishbopligini ko’rsatadigan qator talablaridi. Bu quyidagilardan iborat:

hajmi o’rtachaligi, bichimi oddiyligi;

prolortsiyalarining aniq, qat’iyligi;

ranglarining bosiqligi, yorqinmasligi;

dekorativ vositalarning minimum darajaligi;

modaning aks etgani meyordan oshmaganligi.

Turli kasblardagi xizmat sharoiti talablarida kiyim assortimentini, uning umumiy shaklini, detallarini, rang yechimlarini dekorativ aktsentlar joyi va xarakterini belgilab beradigan umumiy xususiyatlar ham, spetsifik xususiyatlar ham bo’ladi. Kiyimning turi, shakli, silueti, proportsiyalari, bo’linishlari, cho’ntaklarining qanday joylanishi, ularning turi, taqilmaning turi kasb belgilab beradigan ergonomik talablarga muvofiq tanlanadi.

Shuning bilan birga kundalik kostyum yechimi kasblar farqiga binoangina emas, balki odamlarning bir-biriga munosabatlarini xam hisobga olib hal etilishi kerak. Bu turli kasb-hunar kishilari o’rtasidagi, masalan, o’qituvchi bilan bilan

o’quvchi, injener bilan ishchi, ofitsantka bilan xo’randa, sotunchi bilan xaridor va boshqalar o’rtasidagi munosabat bo’lishi mumkin. Bu munosabatlar kostyumning ishbop (masalan, injenerda), bashang (televideniye diktorida), ommadan ajratib turadigan (sotuvchida), rasmiy (direktorda) va hokazolar bo’lishiga ta’sir ko’rsatadi.

Odam faolayatining kun mobaynidagi xilma-xilligi ko’pincha kostyumga qo’shimcha talablar qoyadi. Shuning uchun u ko’p funktsiyali va ko’p variantli, ya’ni konkret sharoitga oson moslab olinadigan bo’lishi kerak. Bunga kostyumni komplekt qilib tuzish yo’li bilan erishiladi.

Kundalik kostyumning rang yechimi uning nimaga mo’ljallanganliga va uni qanday ishlatilishi xarakteriga qarab tanlanadi. Odatda, bunday yechim mo’’taddil, bosiq, o’xshash va o’xshash-kontrast ranglarni birga qo’shib hal qilinadi, konrastlar asosan rang tuslarining oqishliklari yoki ikkita yaqin ranglar o’rtasida bo’ladi.

Materialni kiyim nimaga mo’ljallanganiga, estetika talablariga (plastik xususiyatlar, rang, rasmga) qarabgina emas, balki mehnatning xususiyati belgilab beradigan gigiyenik talablariga ham qarab tanlanadi.

Dekorativ bezaklar, kompozitsion markaz qayerda bo’lishi kiyimning funktsional vazifasiga bog’lab hal etiladi.

Qo’shimchalar xarakterining qandayligi shu ko’shimchalar nimaga mo’ljallanganiga qarab belgilanib, u xam ishbop kostyumning umumiy xarakteriga boysundirilgan bo’ladi.

B a sh a n g k i y i m. Modaning yangi yo’nalishi odatda bashang kiyimda sinovdan o’tkazilib ma’qullanadi. Bashang kiyim odamga yarashadigan, uning eng yaxshi xususiyatlarini ko’zga ko’rintiradigan bo’lishi kerak.

Bashang kiyim nimaga mo’ljallanganligiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:

1. Mayishiy kiyimlar – xar zamonda kiyiladigan kiyimlar :

– xonadon tantanalarida kiyiladigan;

– teatr va kontsetr zallariga borganda kiyiladigan;

– raqs kechalarida kiyiladigan;

– rasmiy tantanalarda kiyiladigan;

bayramda kiyiladigan;

– maktabni bitiruvchilar oqshomlarida kiyiladigan;

– toyda kiyiladigan va xokazo.

2. Maxsus kiyimlar – ish kiyimi sifatida kiyiladigan bashing kiyimlar:

– sanatkorlar;

– zags xodimalari;

Arzigulik tantanalarning hammasi odatda katta-katta xonalar, zallarda o’tkaziladi, shuning uchun hamma narsa yaqindan ham, uzoqdan ham ko’rinadigan bo’lishi kerak. Bashang kostyum yechimini hal qilishda bu albatta hisobga olinadi: raqs kechasida kiyiladigan koylaklarga ifodali ziynatlar, teatrga kiyiladigan kostyumga zargarlik bezaklari, tantanali vaziyatlar uchun oqish kontrastlar tanlanadi.

Bashang kiyimni modellashning o’ziga xos xususiyati shakldagi xizmat turiga, kasb-hunarga, sport bilan shug’ullanishga va odamning boshqa faoliyati turiga oid hamma qismlarni chiqarib tashlashdan yoki sezilmaydigan qilib qoyishdan iborat. Hatto qulaylik va ishboplik ham yashirin bo’lishi kerak. Shaklining barcha qismlari o’z konstruktiv mohiyatini yashirib, bu mohiyat dekorativ ko’rinishda ifoda topishi kerak. Detallar ishbop xarakterda bo’lmasligi kerak. Kiyimning funktsional xususiyatlarini sezilmaydigan qilishga ko’pincha pelerinalar, sharflar, drapirovkalar, turli xil bezaklar yordam beradi. Bashang kiyimlarda cho’ntak bo’lmagani ma’qul, yoqalar, taqilmalar dekorativ xarakterda bo’lishi kerak.

Bashang kiyim shakli yechimining ikki turi bor:

1. Osoyishta, «biqiq», neytral shakllar. Bunda kostyum odamning ko’rinishini takrorlaydi va uning uchun o’ziga xos ramka, fon bo’lib xizmat qiladi, uning tashqi kiyofasini ta’kidlab turadi yoxud materialning nafisligini, boy ko’rinishi va boshqa xususiyatlarini yoki qo’shimchalar va ziynatlarni bo’rttirib ko’rsatadi. Bu tur kostyumlarning yechimi odatda klassik uslub yo’lida bo’ladi. Ular odam aktiv harakat qilmaydigan rasmiy tantanalarda, teatrga borganda va hokazolarda kiyishga mo’ljallangan bo’ladi. Bunday tur bashang koylaklarni olib qoyiladigan detallar, qo’shimchalar va turli ziynatlar yordamida har xil qilib, ularning ishlatilish diapozonini kengaytirsa bo’ladi.

2. Aktiv hilpirab turadigan, «biqiq» shakllar bezaklarning dekorativligi hisobiga va butun o’zining tuzilishi yordamida odam bilan hamkorlikda buladi. Ular odam aktiv harakatlar qiladigan raqs kechalarida, yangi yil ballarida, maktab bitiruvchilari oqshomlarida kiyiladi. Bashang kostyum nimaga mo’ljallanganiga qarab uning materiali chitdan to duxobagacha, ziynatlar yog’ochdan to brilliantgacha, dekorativ bezagi oddiy merejkadan to zardo’zi buyumlargacha bo’lishi mumkin. Bashang kiyim modellarini ishlab chiqishda ko’pincha materiallar birga qo’shib ishlatilib, monandlikka erishish uchun albatta bironta yetakchi alomat bo’lishi kerak. Materiallar rangi bir xil bo’lib, fakturalar kontrasti printsipida, faktura bir xil bo’lib, ranglar kontrasti printsplari va ayrim vaqtda faktura bilan nisbatlari kontrasti birga qo’shilishi mumkin. Bashang kostyum badiiy-obrazli hal etilishi uning barcha qismlari o’zaro bog’lik bo’lishini va odam shaxsiyati bilan, shuningdek kiyib yuriladigan muhiti bilan albatta aloqador bo’lishini talab qiladi.



Nazorat savollari:
  1. Uy kiyimi deganda nimani tushunasiz?


  2. Uy kiyimi turlarini sanab o’ting.


  3. Uxlash kiyimlari qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerak?


  4. Uyda ishlash kiyimi deganda qanday kiyimlar nazarda tutiladi?


  5. Mexmon kutish kiyimi qanday tuzilishga ega bo’lishi lozim?


  6. Kundalik kiyim deganda nimani tushunasiz?


  7. Kundalik kiyimlarga qoyiladigan talablar qaysilar?


  8. Kundalik kiyimlarni modellashtirishda nimalarga ahamiyat berish lozim?


  9. Bashang kiyim haqida qanday tushunchaga egasiz?


  10. Bashng kiyim qanday turlarga bo’linadi?


  11. Bashang kiyim shakli yechimi turlari qaysilar?


  12. Bashang kiyimlarni modellashtirishda qanday xususiyatlarni nazarga olish lozim?





11 Ma’ruza mashg’uloti

Kostyumni badiiy loyihalash metodlari. Modul uslubi. Inversiya usuli.

Bir asosdagi kiyimlar to’plamini dizayn loyihasini yaratish

Reja:

  1. Bir asosdagi kiyimlar to’plamini modellashtirish.

  2. Seriyali tarzda ishlab chiqariladigan kiyimlar.


  3. Bir seriyadagi buyumlarni loyihalashtirish



Seriyali tarzda ishlab chiqariladigan kiyimlar o’zining texnologik jihatdan mukammalligi va zamonaviy moda yo’nalishlariga mos bo’lishi bilan iste’molchilar talablariga mos keladi. Seriyali tarzda ishlab chiqariladigan buyumlarni loyihalashda avvalo yaratiladigan barcha variantlari uchun asos bo’lib xizmat qiladigan bazaviy konstruksiya tayyorlab olinadi. Ushbu asos konstruksiya mavjud bo’lgan zamonaviy yutuqlarga asoslangan bo’lib, texnika va texnologiyalarning perspektiv imkoniyatlariga mos keladigam, standartlashtirilgan uzellar unifikatsiyalashtirilgan detallardan foydalanish imkonini beradigan bo’lishi kerak. Lekin, eng asosiysi, bazaviy konstruksiya zamonaviy moda yo’nalishiga mos ravishda ishlab chiqilishi zarur. Bazaviy konstruksiya asosiga tana qismlarining hajmini tekis taqsimlanishini ta’minlaydigan qo’shimchalar va chiziqlar, yelka chizig’ining holatini (ko’tarilganlik yoki pasaytirilganligi, egilganlik yoki to’g’rilanganlik darajasi), yengning shakli va hajmi, kiyimning umumiy kengeytirilishi yoki toraytirilganligi. Buyumning uzunligi kiritilishi kerak. Bunday konstruksiya etalon hisoblanadi.

Muayyan materialdan tayyorlanadigan buyumlar asos konstruksiyasiga mos ravishda loyihalashtiriladi, konstruksiyani qurishda esa materialning o’ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi, shuning uchun qo’shimchalar va chiziqlarning shakli birmuncha moslashtiriladi.

Mana shu bosqichda bir bazaviy asosdagi modellar seriyasini yaratish imkoni vujudga keladi. Bunda bir seriyadagi buyumlar bir xil yoki plastik xususiyatlari va texnik ko’rsatkichlari (qalinligi, zichligi, kengligi) jixatidan bir-biriga yaqin b’lgan materiallardan loyihalashtiriladi. (a - rasm)

Bir konstruktiv asosdagi buyumlar seriyasini ishlab chiqarishda yana bir shartga rioya qilish kerak bo’ladi. Bir asosdagi kiyimlar uchun asos konstruksiyasi yagona bo’lganligi, modellar esa turlicha ko’rinishga ega bo’lishi sababli, siluet va konstruktiv yechimlar iloji boricha oddiy hamda nisbatan soda bo’lishi kerak, chunki modellarning turli-tuman bo’lishiga qoplama yoki yechilib-tiqiladigan detallarni kiritish hisobiga erishiladi (murakkab konstruksiyali buyumlarda chiziqlarning kesishishi, turli yo’nalishlardagi choklarning mavjudligi detallarning joylashtirish imkoniyatini qiyinlashtiradi).

Keyingi bosqichda dizayner bazaviy modelni tanlab olishi zarur; buning uchun kompozitsiya qonuniyatlari va vositalaridan foydalaniladi (proportsiya va nisbatlar, ritm, simmetriya va asimmetriya,shakl va siluetning plastic yechimi, materialning xususiyatlari va fakturasi, shaklning alohida qismlarini bo’rttirib ko’rsatish). Muallif bir asosdagi buyum modellarini ishlar ekan, nafaqat qoplama yoki yechilib taqiladigan detallarning turli variantlari (cho’ntaklar, yoqalar, belbog’lar, xlyastiklar) ustida bosh qotirishi, balki buyumlarning turli uzellari va hattoki qismlarining turli yechimlarini ishlab chiqish kerak. Masalan, yeng uzunligi, 7/8, 3/4 yoki kalta bo’lishi, belidan pastki qismi aloxida bichilgan koylakning yubka qismining moda yo’nalishiga mos ravishda va shu buyumning turiga qarab turlicha uzunlikda bolishi va xokazo. (b-rasm)

Buyumning konstruktiv qismlari (yang o’mizi – yeng boshi shakli, boyin o’mozi, yoqa, bel chizig’i-yubkaning yuqori qismi) turlicha variantlarda xal etilgan bo’lishi mumkin. Masalan, yeng o’mizi bir xil buyumlarda, yeng boshi shakli turlicha bo’lgan yenglardan foydalanish mumkin – vitochkali, burmali, taxlamali, “qanotcha” va hokazo.; boyin o’mizi bir hil bo’lgan holda, turlicha shakldagiyoqalar ishlatilishi mumkin; yubkalar bel chizig’idan boshlab burmali yoki turlicha kenglikdagi taxlamalardan iborat bo’lishi mumkin. Barcha hollarda modellarni baholash mezoni sifatida qismlarning o’zaro mutanosibliga va proportsionalligi, detallar va elementlar ritmik tuzilishining aniqligi, barcha tarkibiy qismlarining yagona uslubiy yechimga egaligi hamda yahlot kompozitsion tuzilmasining tanlangan materialga mosligi ko’riladi. Shu bilan birga ishlab chiqarish bilan bog’liq vazifalar ham parallel ravishda hal etib boriladi: modellar texnologik hamda iqtisodiy jihatdan talablarga javob berishi kerak.

Bazaviy konstruksiyaga asos sifatida bir qator modellar variantlarini yaratish uchun (razmerlari, to’lalik guruhlari, materialning fakturasi va rangi, furniturasi va hokazo), butun bir muammolar majmuasini hal etish mumkin: loyihalashtirish bosqichida zamonaviy moda yo’nalishlariga mos ravishda buyumlar yaratilishi bilan birga, modaga muvofiq asosiy va yordamchi materiallarni ishlab chiqarishni yo’lga qoyish; korxonalardagi jihozlar va asbob uskunalardan unumli foydalanishni ta’minlash, shuningdek, furniture vagalanteriya mahsulotlarini kostyumning asosiy shakllari bilan uslubiy jihatdan mutanosib bo’lishini taq’minlash va hokazilar.

Nazorat savollari.

  1. Bir asosdagi kiyimlar to’plamini modellashtirish nima?


  2. Seriyali tarzda ishlab chiqariladigan kiyimlar deb nimaga aytiladi?


  3. Asos konstruksiya qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerak?


  4. Qanday konstruksiya etalon deyiladi?


  5. Bir seriyadagi buyumlar qanday loyihalashtiriladi?




http://fayllar.org
Download 227.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling