Mehnat va unga haq to’lash hisobi \Mehnat va ish haqi haqida tushuncha hamda uni hisobga olishning vazifalari


Download 75.82 Kb.
bet9/9
Sana04.11.2023
Hajmi75.82 Kb.
#1745779
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MEHNAT VA UNGA HAQ 10

Progressiv ishbay tizimini qo`llash uchun yetarli sharoit bo`lishi, ya’ni xodimlarni onglilik darajasi, aniq nazorat o`rnatilishi kerak. Aks holda ish haqi fondining ortiq sarflanishiga sabab bo`ladi.
Ishbay mukofot tizimida xodimlarga to`lanadigan asosiy ish haqi ikki qismdan iborat bo`lib, birinchi qismi bajargan ishi, ikkinchi qismi yetishtirgan mahsuloti uchun to`lanadi. Bundan tashqari mahsulot yetishtirish darajasining orttirib borganligi, xarajatlarni tejaganligi hamda ishlarni sifatli bajarganligi uchun mukofot beriladi.
Akkord mukofot haq to`lash tizimida ishchilarga ish haqi ma’lum brigada yoki zveno bo`yicha, chorvachilik tarmoqlarida bundan tashqari, ayrim ishchilar kategoriyasi bo`yicha haqiqatda yetishtirgan mahsulotlar birligiga oldindan belgilab qo`yilgan ish haqi hajmida (rassenkasida) to`lanadi. Bundan tashqari mahsulot yetishtirishda yuqori natijaga erishganligi va xarajatlarni tejaganligi uchun mukofotlash qo`llaniladi. Bu haq to`lash tizimining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda xodimlarning ish haqi bevosita mahsulot yetishtirish bilan bog`liq.
Vaqtbay haq to`lash tizimi:
- oddiy vaqtbay;
- vaqtbay mukofot tizimlaridan iborat.
Oddiy vaqtbay shaklda ish haqi xodimlarning ish bajargan vaqtlari (soat, smena, kun, oy va h.k.) uchun to`lab boriladi. Vaqtbay mukofot tizimida yuqoridagi tartibdan tashqari ma’lum ko`rsatkichlar uchun mukofot beriladi.
Download 75.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling