Mehnat va unga haq toʼlashni hisobga olish. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish

D-t 9420-«Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari» hisobvarag‘i

Download 86.21 Kb.
bet14/14
Sana12.12.2021
Hajmi86.21 Kb.
#180228
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Mehnat va unga haq toʼlashni hisobga olish. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish

D-t 9420-«Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari» hisobvarag‘i

K-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» hisobvarag‘i.

Uch ish kuni davomida olinmagan ish haqi deponentga o‘tkazilgan, ya’ni saqlash uchun qoldirilgan hisoblanadi. Kassir uni bankka korxonaning hisob-kitob varag‘iga o‘tkazib, «deponentga qo‘yilgan summa» deb ko‘rsatadi. Xodimlar uni korxona kassasidan chiqim orderi bo‘yicha oladi. Xodimlarning ish haqi summasi deponentga o‘tkazilganida quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:

D-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» hisobvarag‘i

K-t 6720-«Deponirlashtirilgan ish haqi» hisobvarag‘i.

Deponentga qo‘yilgan summalar deponentlar daftarida yoki deponent varaqachasida qayd etiladi. U korxona tomonidan 3 yil mobaynida saqlanadi. Ko‘rsatilgan muddat tugagach, deponentga qo‘yilgan summalar yillik balans tuzish paytida korxona daromadlariga qo‘shiladi va quyidagicha buxgalteriya provodkasi bilan rasmiylashtiriladi:

D-t 6720-«Deponirlashtirilgan ish haqi» hisobvarag‘i

K-t 9360-«Kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromad» hisobvarag‘i.

Ishchi va xizmatchilarga ish haqi to‘langanida quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:

D-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» hisobvarag‘i

K-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» hisobvarag‘i.

Ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitobning analitik hisobi ish haqi hisoblash-to‘lash vedomostlarida, sintetik hisobi esa 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» hisobvarag‘ida yuritiladi.

Download 86.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling