Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
q15 daq.
Tosh va g’isht qurilmalarining o’tga chidamliligi ularning qaysi ashyodan va qanday qalinlikda tayyorlanganligiga hamda ularni issiqlikka qarshilik ko’rsatish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. Bunday qurilmalarning o’ziga xos o’tda yonmaslik xususiyati va qalinligi tufayli, ular yong’in sharoitida olovning ta’siriga uzoq qarshilik ko’rsataoladi. G`isht va tabiiy-marmar toshdan terilgan devorlar yuqori darajadagi o’tga chidamlilik qobiliyatga ega. Bunday qurilmalar yong’in sharoitida 900-1000 o S harorat ta’siriga chidayoladi va ularning o’tga chidamlilik chegarasi 1,25-1,5 soatni tashkil etadi. SHu boisdan g’isht va toshdan qurilgan devorlar yong’in paytida alanga va haroratni yo’liga yaxshi to’siq bo’laoladi. Temirbeton qurilmalari o’zining olovda yonmasligi va issiqlikni o’tkazuvchanlik koyfisenti uncha kata bo’lmaganligi sababli, yong’inga etarli 230 darajada qarshilik ko’rsataoladi, ammo bu qarshilik cheksiz davom etaverishi mumkin emas. Temirbeton qurilmalarining qalinligi uncha kata bo’lmaganligi tufayli, ularning o’tga chidamliligi ham chegaralangan bo’ladi, va u ko’pincha 1 soatdan oshmaydi. Agar beton qurilmaning namligi 3,5 % dan yuqori bo’lsa, qisqa muddatli yong’inlarda beton sirtida mikro va makro yoriqlar hatto portlashlar hosil bo’lib, qurilma tezda o’zining ustuvorlik xususiyatini yuqotaboshlaydi va o’tga chidamliligi keskin pasayib boradi. To’siq vazifasini o’tovchi, temirbeton qurilmalarning yong’inga teskari turgan tomonini 160 o S ga qizdirilganda uning o’tga chidamliligi, namligiga, qalinligiga va betonni turiga bog’liq bo’ladi. Qalinligini oshishi va zichligini kamayishi, betonning o’tga chidamliligini oshishiga olib keladi. Agar temirbeton tomyopg’ich plitalarning armatura ustidagi himoya qobig’i 10 mm bo’lib, armaturasi A-I, A-II sinfdagi po’latdan bo’lsa, o’tga chidamliligi 0,75 soatga, yoki A- III bo’lganda esa 1,0 soatga teng bo’ladi. Azbestdan tayyorlangan shiferlar 400 o S da o’zining xususiyatini yuqota- boshlaydi va 600 o S dan oshganda parchalanib otilib ketaboshlaydi. Temirbeton ustunlarining o’tga chidamliligi ularga qo’yiladigan yuklarning markaziy o’qidan qanchalik uzoq yoki yaqinligiga ham bog’liq bo’ladi. CHunki ustunga qo’yilgan yuk markazidan uzoq joylashgan bo’lsa, uning o’tga chidamlilik darajasi ustunning siqilishga ishlaydigan armaturasining himoya qobug’iga bog’liq bo’ladi, ya’ni issiqlik ta’sirida betonning mo’rtlashishi va bosib turgan yuk ta’sirida siqilishi natijasida armatura sirtidagi beton qobiqda mikro portlashlar sodir bo’ladi va sirti ochilgan armaturalar yuqori harorat ta’sirida tezda yumshab, o’zining mustahkamlik xususiyatini yuqotadi. Granit maydalaridan tayyorlangan betonda quyilgan ustunlarni o’tga chidamlilik darajasi ohaktosh maydalaridan tayyorlangan beton ustunnikiga nisbatan 20% kam ekanligi ilmiy asoslangan. Buni granitning tarkibiga kiruvchi kvarsning 573 o S dayoq parchalanishi va ohaktoshni esa 800 o S dan keyin emirilishi bilan izohlash mumkin. 231 Devorlarni o’tga chidamliligi ularning qalinligi va ularga qo’yilgan yukning vazn miqdoriga bog’liq bo’ladi, ya’ni qalinligini kamayishi va yukning ko’payishi o’tga chidamlilik darajasini pasayishiga va aksincha bo’lganda ko’payishiga olib keladi. Bino va inshootlardagi qavatlar soni ko’paygan sari, ularning devorlariga tushadigan yukning miqdori ham ortib boradi. SHuning uchun ulardagi yuk ko’taruvchi ko’ndalang devorlarning o’tga chidamliligini minimal miqdorini ta’minlash maqsadida, devor qalinligini qavatlar soniga mos ravishda qabul qilinadi, ya’ni 5-9 qavatli jamoa va fuqaro binolarida -120 mm, 12 qavatli bo’lganda-140 mm, 16 qavatgacha bo’lsa -160 mm va qavatlar soni undan oshiq bo’lganda-180 mm. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling