Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


δ pr q 0,3 sm bo’lsa, uning o’tga chidamlilik darajasi 0,12 soatga, va agar δ


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

δ
pr
q 0,3 sm bo’lsa, uning o’tga chidamlilik darajasi 0,12 soatga, va agar δpr q 3 
sm bo’lganda, 0,45 soatga teng bo’lar ekan.
Alyumindan tayyorlangan qurilmalarni o’tga chidamlilik darajasi oddiy 
metalnikidan ham past. Ko’p qavatli binolarda ishlatiladigan metal konstruk-
siyalarni o’tga chidamlilik chegaralarining talab darajasidan ancha pastligi 
tufayli, ularni olovdan himoya qilmasdan turib ishlatish xavfli hisoblanadi. 
Metal qurilmalarni olovdan himoyalashda keng tarqalgan ommaviy 
usullardan biri, ularni sirtini o’tda yonmaydigan biror ashyo bilan qoplashdir. 
Qoplovchi ashyolar sifatida g’isht, issiqlikni o’tkazmaydigan plitkalar, simto’r 
ustidan yotqizilgan suvoq, yoki qurilmalarni ichidan suv haydash usuli va
hokazolardan foydalanish mumkin. 
Metaldan qilingan ustunlarni chiz. 11 da ko’rsatilgani kabi, suvoq (a), 
quyma yoki yig’ma beton (v), g’isht (b, g) bilan qoplash usullari orqali, yong’in 
harorati ta’siridan muhofaza qilib, ularni o’tga chidamlilik darajasini 
oshirish mumkin. 


 233 
11. Metal ustunlarni yong’indan himoyalash. 
a- simto’r ustidan suvoq qilish; b-g’isht terish; v-gipsobeton plitalar terish; g g’ovakli silikat 
bloklarni terish; 1-simto’r; 2-past markali beton 
Bunday muhofizalgich qoplamalarning qalinligi, odatda ular qanday 
ashyolardan
qilinganligiga qarab va ularni issiqlikni o’tkazuv-chanlik 
xususiyatlarini his-obga olgan holda, analitik hisoblash yo’li bilan va ba’zan 
tajribada sinash usuli bilan ham aniqlanadi.
 
Sim to’r ustidan 25 mm qalinlikdagi suvoq metal ustunning o’tga 
chidamliligini 50 daqiqagacha uzaytiraoladi. Agar suvoqni qalinligi ikki 
barovarga oshirilsa, ustunninig o’tga chidash muddatini 2 soatgacha uzaytirishni 
ta’minlash mumkin. Ustunlarni g’ishtdan qilingan qoplamalar bilan 
muhofizalash yaxshi samara beradi, chunki chorak g’isht qalinlikdagi himoya 
qobig’i ularni o’tga chidamlilik darajasini 2 soatu 10 daqiqaga, yarim g’isht 
qalinlikdagisi esa 5 so-tagcha saqlab turish imkonini beradi. Agar shu ustunlar 
bilan qoplama orasidagi bo’shliqni shlak, beton yoki boshqa, yonmaydigan 
ashyolar bilan to’ldirilsa, ustunning o’tga chidamliligi yana 3 soatga uzayishi 
aniqlangan. Agar metal ustun 40 mm qalinlikdagi keramzitbeton plitasi bilan 
qoplanib, ustidan 20 mm qalinlikda suvoq bilan pardozlanganda, uning olovga 
chidamlilik darajasini 2 soatgacha cho’zish mumkin bo’lar ekan va x.o.
Bino va inshootlardagi metaldan tayyorlangan to’sin, ferma va tomyopg’ich 
qurilmalarini yong’indan himoyalash, ancha murakkab xisoblanadi, chunki 
ularni sirtini qoplamalar bilan himoyalashni iloji yo’q. Bunday hollarda ularning 
sirtiga vermikulit, perlit yoki harorat ta’sirida ko’pirib qalinlashadigan, o’tga 
chidamli maxsus tayyorlangan qorishmalarni 3-4 mm qalinlikgacha, birnecha 
marotaba purkash yoki surkash yo’li bilan himoyalash tavsiya etiladi. Bunda 
himoyalanayotgan metal sirtning 1 m
2
ga 5 kg atrofida qorishma sarflanishi 
mumkin bo’ladi. YUqori harorat ta’sirida ko’pirish natijasida metalni sirtiga 


 234 
surkalgan bunday qorishmaning qalinligi 50 -70 mm gacha ko’tarilishi va 
buning natijasida metal qurilmaning o’tga chidamlilik darajasi 15 daqiqadan 60 
daqiqagacha ortishi mumkin. Bunday qorishmalarni narxi metal qurilmalarni 
narxidan 20-25% ni tashkil etadi. 
Ba’zan qurilish tajribasida, metaldan tayyorlangan qurilmalarni o’tga 
chidamliligini oshirish uchun ularni ichidan sovuq suvni haydash yo’li bilan 
himoyalash usuli ham qo’llaniladi. Bunda binoning ustunlari va yuk ko’taruvchi 
– korkash qismlari suv bilan to’lg’iziladi. Buning uchun ularni maxsus metal 
quvurlardan yoki germetik ulangan shvellerlardan tayyorlanadi va bosim ostida 
sovuq suvni haydash bilan isib qolgan suvlarni yong’in paytida uzluksiz 
almashtirib turiladi
9.7-rasm. Metal qurilmalarni suv to’lg’izib himoyalash usullari. 
a-suv birmarta to’lg’iziladigan; b - suvni tabiiy aylanishga asoslangan; v- suvni avtomatik 
tarzda aylanishi va to’ldirilishiga asoslangan; g- yong’in paytida avtomatik tarzda suvni 
yo’naltiradigan; 1-metal ustun; 2 - suv uzatgich quvurlar; 3 - zaxira suv idishi; 
4 - isigan suvni olib chiqib ketuvchi quvur; 5 – sovuq suv krani; 6 – suv purkagich spinkler; 
7 – sprinklerni ishlatish klapani; 8 – suv uzatgich tarmoq 
Bunday usul bilan ko’pincha metal ustunlarni va ba’zan tomyopg’ich 
plitalar minadigan shopullarni suv to’lg’izib himoyalanadi. Buning uchun 
suvning tarkibiga metalni zanglashdan asraydigan maxsus qorishmalar 
qo’shiladi, isitilmaydigan binolarda esa antifriz ishlatiladi. Suv to’lg’izish 
usullari chiz. 8 da ko’rsatilgani kabi faqat yong’in paytida birmarta 
to’lg’iziladigan, yoki suv doim majburiy aylanib turadigan usulda qo’llanishi 
mumkin. Bunday usul bilan muhofizalangan qurilmalarni o’tga chidamlilik 
darajasi uzatilayotgan suvning qalinligi va oqish tezligiga qarab 2 soatgacha 


 235 
oshirish mumkinligi aniqlangan. Bu usulni narxi qurilmani umumiy narxidan 8-
10% tashkil etadi.

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling