Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Portlash xavfi mavjud bo’lgan inshootlarni himoyalash
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
9.5. Portlash xavfi mavjud bo’lgan inshootlarni himoyalash. Bino va inshootlarda portlash hodisalari ko’proq quyidagi sabablarga ko’ra sodir bo’ladi: - yong’in xavfsizligi qoida va me’yorlari talablarini qo’pol ravishda buzilishi; -issiqlik uzatish, shamollatish tizimlarini va elektr dastgohlarini noto’g’ri o’rnatish; 237 -buzuq holdagi texnologik va elektr uskunalarini ishlatish; -yonuvchi va portlovchi moddalarni omborlarda saqlash qoidalarini buzilishi; -elektrstatik va atmosfera elektr zaryadlaridan himoyalanish qoida-larini buzilishi; -yong’in darakchilari va avtomatik o’t o’chirish tizimining yo’qligi yoki buzuqligi; - portlashi mumkin bo’lgan manba’lar (bug’ qozonlari, ekonomayzerlar, nasos agregatlari, kompressorlar, elevatorlar, gaz balonlarini sinovdan o’tkazish va to’ldirish xonalari) ustidan nazorat qoidalariga to’liq rioya qilmaslik; -yong’in xavfsizligi bo’yicha malakali nazoratni yo’qligi va hokazolar. Havo bilan aralashmagan yonuvchi gaz va bug’larni maxsus kran orqali uncha katta bo’lmagan teshikdan oqizib, so’ng gugurt chaqib yoqilsa, mash’ala bo’lib osuda yonaboshlaydi. Bunday yonishlarni shisha idishlarni tayyorlash zavodlarida, g’isht, keramika va chinni pishirish zavodlarining pechlarida sun’iy va tabiiy gazlarni yonishi misolida ko’rish mumkin. Sement zavodlarining aylanma pechlarida ham ko’mir kukunini yoqilishi shu taqlitda amalga oshiriladi. Ammo bu gazlar ba’zi nosozlik sabablariga ko’ra, havo bilan aralashib ketish hollari mavjud bo’lib, aralashma xavfli nisbat darajasiga etgan bo’lsa, katta kuch bilan portlash sodir bo’lishi mumkin. Neftni qayta ishlash, mashinasozlik va kimyo sanoatlarini tez sur’atlar bilan rivojlanishi, yonuvchi gazlar va changlarni hamda engil alangalanuvchi suyuqliklarni ishlab chiqaruvchi va ularni qayta ishlovchi korxonalarni ko’payib ketishiga olib keladi. YOnuvchi moddalarni bug’ va changlari xonadagi havo bilan aralashib ketsa, portlash xavfini chaqiruvchi gazli havo aralashmasini hosil qiladi. Bunday aralashmalarning portlashi oqibatida bino va inshootlar vayronaga aylanishi va odamlarni qurbon bo’lishiga sabab bo’ladi. Agar yonish oqibatida portlash jarayoni biror yopiq hajmda sodir bo’lsa, yonuvchi moddaning harorat ta’sirida kengayishi evaziga, uning devorlariga 238 bosim kuchi tez ortib boradi va butun hajm bo’yicha teng quvvatli quporuvchi, ta’sir kuchiga ega bo’ladi. CHizma 15. Portlash vaqtida hamma tomoni yopiq xonaning devorlariga ta’sir etayotgan bosimni o’zgarish tasnifi berilgan. Agar yopiq hajmning devorlari etarli darajada mustahkam bo’lsa, portlashgacha o’tgan vaqt davomida bosim R ni o’zgarishi egri chiziq 1 bilan ifodalanadi. 9.8-rasm.Portlash jarayonida xonadagi bosimni o’zgarishi. Bu holda bosim ko’tarilishi oqibatida τp vaqt o’tgandan keyin portlash sodir bo’ladi va xonaning barcha devorlari va tomi otilib ketib, shikastlanadi. Egri chiziq 2 - qurilmada ochiq tuynuk bo’lganda bosimni o’zgarishini ifodalaydi. Bunda tuynukni satxi qancha katta, bosimni asosiy qurilmalarga ta’sir euvchi ko’poruvchi kuchi shuncha bo’lsa kichik bo’ladi. Agar EOK qurilmalar o’rnatilgan bo’lsa idishdagi bosim oldin egri chiziq 1 bo’yicha o’zgarib boradi. Bosim Rr darajasiga etganda omonat o’rnatilgan EOK qurilmasi otilib ketadi va devorda ochiq tuynuk hosil bo’lganligi tufayli idishdagi bosim egri chiziq 3-ga binoan o’zgaraboshlaydi. Bunda portlashdan keyin ham bosimni biroz ko’tarilishi, ulardagi inersiya kuchining ta’siridandir. Chunki EOK qurilmalarini tuynukdan ma’lum masofaga uloqtirib tashlash uchun yana qo’shimcha bosim va birnecha soniya ∆τ vaqt kerak bo’ladi. Uloqtirib tashlanayotgan EOK qurilmasi qancha og’ir va katta bo’lsa, uni engish uchun shuncha uzoq vaqt va qo’shimcha bosim talab etiladi. 239 Agar EOK qurilmalari juda engil bo’lib, inersiya kuchi bosim kuchiga qarshilik ko’rsataolmaydigan darajada kuchsiz bo’lsa, portlashdan keyingi bosimning kuchi egri chiziq -4 ga binoan o’zgarishi mumkin. EOK qurilmalarni portlash jarayonida bosimni ko’tarilishiga ta’sir etishi ularni og’irligi va sirtini kattaligi tufayli yuzaga keladigan inersiya kuchiga bevosita bog’liq bo’ladi. 9.10-rasm. EOK qurilmasi o’rnatilgan xona devorlariga bosim ta’siri 9.10-rasmda EOK qurilmalar o’rnatilgan xonaning devorlariga oqibatida hosil bo’lgan R(τ) portlash bosim kuchi ta’siridan engil qurilma- larni otilib ketayotgan jarayoni aks ettirilgan. Agar devorlari portlash jarayoni-dagi ichki bosimga chidamli bo’lgan, germetik mustahkam qilib tayyorlangan yopiq idishda portlash sodir bo’lsa, undagi maksimal bosim R p q γP o ε ga teng bo’ladi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling