Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Binolarda portlashga qarshi himoya vositalarini loyihalash
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
9.6. Binolarda portlashga qarshi himoya vositalarini loyihalash.
Portlashga moyil xonalari mavjud bo’lgan sanoat korxonalarini loyihalashda, ularni portlashdan va butunlay buzilib ketishdan asrab qolish uchun xizmat qiladigan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va tadbiq etiladi. Bunday tadbirlarni asosiy vazifasi sanoat korxonasining portlash xavfsizligini ta’minlash bo’lib, portlashga sabab bo’luvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan bo’ladi. Bu kabi xavfsizlik muammolari ishlab chiqorish tartibotini yaratish yoki tanlash jarayonida mukammal echilishi kerak. Ya’ni ishlab chiqorishda shunday texnologik tizimni tanlash lozim bo’ladiki, uni ishlatish 240 jarayonida dastgoh va uskunalardan portlovchi gazhavo aralashmasini hosil bo’lishiga etarli bo’lgan yonuvchi gaz va suyuqliklarni oqib chiqishiga va chiqqan taqdirda ham portlaydigan miqdorgacha yig’ilib qolmasligini ta’minlayoladigan bo’lishi kerak. Agar barcha tadbirlarni bajarganda ham, portlash xavfi to’liq bartaraf etilmaydigan bo’lsa, bu holda bino va inshootlarni loyihalashda maxsus konstruktiv echimlar vositasi bilan ularni portlash oqibatidagi buzilish darajasini kamaytirish choralari qo’llaniladi. GOST 12.1.010-76 raqamli «Portlash xavfsizligi» davlat me’zoni talablari bo’yicha ishlab chiqorish jarayonlari shunday takomillashgan bo’lishi lozimki, yil davomida ularda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan portlash ehtimoli 1/10 6 dan oshmasligi kerak. Ammo harqancha texnologik ogohlantirishlar va texnik- tashkiliy tadbirlarni qullanishiga qaramay, ba’zan talofatli portlashlar sodir bo’lib turadi. Bino va inshootlarni yonish va portlash xavfi bo’yicha A va B toifasiga kiruvchi sanoat korxonalarida, avariya holatida yonuvchi gaz yoki changlarni havo bilan xavfli aralashmasi hosil bo’lishi sababli yong’in yoki portlash sodir bo’lishi mumkin. Bunday hollarda bino va inshootlarni butunlay buzilib ketishdan saqlash maqsadida, KMK 2.09.02-85 «Ishlab chiqorish binolari» loyihalash me’yori talablariga binoan, ularda portlash paytida hosil bo’ladigan bosimni ta’sir kuchini kamaytiruvchi, maxsus «engil otilib ketuvchi (EOK)» - binoning yuk ko’taruvchi asosiy qismlarini saqlab qolish uchun xizmat qiladigan qurilmalar rejalashtiriladi. Engil otilib ketuvchi (EOK) qurilmalarga qo’yiladigan asosiy talab, xonadagi xavfli gazhavo aralashmasi bosimini portlash vaqtida, binoning asosiy yuk ko’taruvchi qismlarini buzilib ketmasligini ta’minlay oladigan darajada chegaralashdan iborat. EOK qurilmalari oldin aytganimizdek tashqi devorlarda yoki tomda o’rnatiladi. Devorda o’rnatiladigan qurilmalar tomdagisiga nisbatan 30-50% ga samaraliroq va tiklash jarayonida kam xarjliroq xisoblanadi. 241 EOK qurilmalarni hisoblash va loyihalashda ularni massasini va mustahkamligini shunday tanlash kerakki, portlash vaqtida devor-larga tushadigan bosim (R p ), ruxsat etilgan bosim (R rux ) dan ortiq bo’lmasin, ya’ni Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling