Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
3.9. Suv minoralari
Suv ta’minoti tizimida zarur bosimni hosil qilish uchun ayrim hollarda rezrvuarlar turli konstruksiyadagi minoralarga o‘rnatiladi. Minoralar sirpanuvchi qolipda quriluvchi yaxlit temir betonssilindr ko‘rinishida bo‘ladi. Minoraning tayanchi rejada ko‘pburchak bo‘yicha joylashgan ustunlardan iborat fazoviy rom konstruksiyasidan hamda ustunlarni bir yagona tizimga bog‘lovchi rigellardan iborat bo‘lishi mumkin. Minoralar sinchining ustunlari ayrim yoki xalqasimon lentali poydevorga tayanishi, bo‘sh tuproqda esa yaxlit temir beton plitaga tayanishi mumkin. Agar minora temir-betonssilindr ko‘rinishida bajarilgan bo‘lsa, u holda uni o‘z og‘irligi va shamol ta’siriga hisob qilinadi. Bunda bo‘ylama eguvchi kuchlar aniqlanadi. Konstruktiv muloxazalarga ko‘rassilindr devorining qalinligi butun balandlik bo‘yicha o‘zgarmas qilib qabul qilinadi. Sinchli minoralarda xisobni soddalashtirish uchun fazoviy romni yassi romlarga ajratish mumkin. Bunda aloxida romlar o‘z og‘irligi va gorizontal shamol kuchiga xisob qilinadi. Suv minorasi poydevori qabul qilingan konstruksiyaga bog‘liq holda to‘sin yoki elastik asos kabi hisoblanishi kerak. Poydevorni hisoblashda vertikal yuklardan tashqari ustunlarning asosida ta’sir qiluvchi eguvchi momentlarni ham xisobga olish zarur. Minoralarda o‘rnatiladigan temir-beton rezervuarlarni hajmi katta bo‘lganda yumaloq qilinadi. Bunday rezervuarlarning tubi ko‘pincha sferik gumbaz shaklida qabul qilinadi. Ba’zan esa yanada murakkab shaklda ichki gumbaz va tashqi teskari konus tarzida qabul qilinadi. Bunkerlar sochiluvchan materiallar-ko‘mir,ssement, qum, shag‘al va shu kabilarni qisqa vaqt davomida saqlash uchun mo‘ljallanadi. Bunkerlarga yuk ortish odatda yuqoridan, bo‘shatish esa pastdan amalga oshiriladi. Sochiluvchan materillarning xossalarigi bunkerlarning vazifasiga bog‘liq holda 73 ularning shakli rejada kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida qabul qilinadi. Bunkerlar piramidasimon va to‘rtburchak shaklida bo‘lishi mumkin. SHuningdek, konussimon varonkalissilindrik bunkerlar ham uchraydi. Peramidasimon bunkerlar to‘rtta yuqori vertikal devorlardan va kesik to‘nkarilgan piramida shaklidagi voronkadan iborat. To‘rtburchakli bunkerlarda ikkita vertikal, ikkita og‘ma, ikkita chetki, ba’zan oraliq devorlar ham bo‘ladi. Bunker chiqarish teshigining joylashishiga ko‘ra simmetrik va nosimmetrik bo‘lishi mumkin. Temir-beton bunkerlar ishlab chiqarish usuliga ko‘ra yaxlit va yig‘ma bo‘lishi mumkin. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling