Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rezervuar devorlari.
Rezervuarlarning tubi. Temirbeton rezervuarlarning tubi asosan monolit
temirbetondan (yoki torkret betondan asosida) tayyorlanadi. Rezervuarning shaklissilindrsimon yoki to‘g‘ri to‘rtburchakli bo‘lishidan qat’iy nazar ularni tubidagi plitasining qalinligi har hil bo‘ladi, lyokin u rezervuar sig‘imining o‘zgarishiga proporsional bo‘lmaydi. Masalan, sig‘imi 2000-2500 m 3 bo‘lgan rezervuar tubining qalinligi bilan sig‘imi 5500-7000 m 3 bo‘lgan rezervuar tubining qalinligi bir-biridan kam farq qiladi. Sig‘imi 7600 m 3 bo‘lgan rezervuar tubi plitasining qalinligi sig‘imi 45000 m 3 bo‘lgan rezervuarnikidan katta bo‘lishi yuqorida ta’kidlangan fikrlarni tasdiqlaydi. SHunga o‘xshash holat to‘g‘ri burchakli rezervuarlarda ham kuzatiladi. Zo‘riqtirilgan armatura qo‘llanilgan hollarda rezervuar tubining qalinligi kamayadi. Rezervuar shaklidan qat’iy nazar, uning devori bilan tubining birikkan joylarida uning tubi plitasining qalinligi ortadi va uning ortishi o‘rta qismining qalinligiga nisbatan 2 barobar yoki undan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Rezervuar tubining qalinlashtirilgan qismi uning devorlari uchun tayanch (poydevor) plitasi bo‘lib xizmat qiladi. Rezervuar tubi bilan devorining birikkan joyi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar poydevor plitasi qo‘llaniladi. Rezervuar devorlari. Barcha turdagi va turli sig‘imga ega bo‘lgan rezervuarlarda uning devorlari asosan monolit temirbetondan (yoki torkretbeton asosida) quriladi. Devorlari yig‘ma temirbetondan bo‘lgan rezervuarlar ayrim hollardagina quriladi. Buning asosiy sababi yig‘ma temirbeton devor panellari hamda tubi bilan choklarini monolit birlashtirish ko‘p mehnat talab qiladi. Monolit temirbetonda esa betonlash paytida choklar hosil bo‘lmaydi. 66 Silindrsimon temirbeton rezervuarlar devorlarining qalinligi 120 mm dan 160 mm ga o‘zgaradi. Oddiy va oldindan zo‘riqtirilgan temirbetonlarda devorning qalinligi bir-biridan farq qilmaydi. Nazariy jihatidan olganda oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton devorning qalinligi oddiy temirbetondan tayyorlangan devornikiga qaraganda kichikroq qilib qabul qilinishi mumkin. Agar shunday qilinsa, beton qorishmasini yotqizishda beton etarli darajada zichlanmay qolishi hamda uning suv o‘tkazmaslik talablarini ta’minlash qiyin bo‘ladi. Undan tashqari beton yaxshi zichlanmasligi natijasida talab qilingan sifatga ega bo‘lmaydi. Rezervuar sig‘imining hamda balandligining 10 m dan ortishi rezervuar devorlarining qalinligini keskin ortishiga olib keladi. Aksariyat hollarda rezervuar devorlarining balandligi o‘zgaruvchan kesimga ega bo‘ladi. Katta sig‘imli rezervuarlarni loyihalashda (sig‘imi 30000 m 3 dan ortiq) devorning yuqori qismi qalinligi pastki qismidagi qalinligidan ikki-uch barobar kamroq bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri to‘rtburchakli rezervuar devorining qalinligi, sig‘imi bir xil va bir xil beton qo‘llanilganssilindrsimon rezervuarlarnikiga qaraganda kattaroq bo‘ladi. Devor yuqori qismining qalinligi kamida 200 mm ni tashkil qiladi. Agar devorning qalinligini kamaytirib, uni 150 mm ga keltirsak, demak devorda pilyastrni borligi nazarda tutilgan. Bunday turdagi rezervuarlarning devori o‘zgaruvchan kesimga ega bo‘ladi: devorning qalinligi uning balandligi bo‘yicha o‘zgaradi va qalinliklari orasidagi farqlar 1,5 barobar yoki undan ko‘proqni tashkil qiladi. Kamdan-kam hollardagina devorning qalinligi uning balandligi bo‘yicha o‘zgarmas bo‘ladi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling