Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Turli muxandislik inshootlari. Rezervuarlar, klassifikatsiyasi va


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

3.5. Turli muxandislik inshootlari. Rezervuarlar, klassifikatsiyasi va 
ularning konstruktiv echimlari 


58 
Rezervuarlar vazifasiga, rejadagi shakliga, er sathiga nisbatan joylashuviga 
ko‘ra va konstruktiv xususiyatlariga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi. 
Vazifasiga ko‘ra rezervuarlar suv, neft va neft maxsulotlari, mazut va 
moylarni saqlashga mo‘ljallangan bo‘ladi. Rezervuarlarni qo‘llaniladigan joyi, 
vazifasi va ekspluatatsion xususiyatlariga qarab ularga maxsus talablar 
qo‘yiladi. Ushbu talablar odatda maxsus adabiyotlarda va me’yoriy xujjatlarda 
bayon qilinadi. 
Rejadagi shakliga ko‘ra ko‘pchilik hollarda rezervuarlar doira va to‘g‘ri 
to‘rtburchak shaklida bo‘ladi. Rezervuarning shaklini tanlashda birinchi 
navbatda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni, ba’zi hollarda esa maxsus shart-
sharoitlar – joyning relьefi, qurilish uchastkasining rejasi hisobga olinadi. 
Rezervuar devorini suyuqlik o‘tkazmayligan qilib tayyorlashga qaratilgan 
chora-tadbirlar ishlab chiqishda bir xil sig‘imga ega bo‘lgan to‘g‘ri 
to‘rtburchakli vassilindrsimon rezervuarlarni solishtirsak, to‘g‘ri to‘rtburchakli 
rezervuarlarning namlanadigan yuzasi kattaroq ekanligini e’tiborga olish lozim.
Rezervuarlarni shar, ko‘p burchak va boshqa shakllarda ham tayyorlash 
mumkin. Lyokin ularni temirbeton konstruksiyalari asosida qurish ancha 
murakkab va ko‘p mehnat talab qiladi. SHuning uchun bunday shakldagi 
rezervuarlar qurilish amaliyotida kamdan-kam uchraydi. 
Er sathiga nisbatan joylashuviga ko‘ra rezervuarlar er ostida, er ustida va 
yarim er ostida bo‘lishi mumkin. Tez yonuvchan yoki issiq suyuqliklar 
saqlanadigan rezervuarlarni er sathiga nisbatan joylashishini aniqlashda, shu 
bilan birga o‘t o‘chirish vositalarini tanlash, portlagandagi to‘lqin zarbasini 
hisobga olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlovchi chora-tadbirlarni ishlab-
chiqish ham talab qilinadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling