Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Suv saqlanadigan temirbeton rezervuarlar


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

3.6. Suv saqlanadigan temirbeton rezervuarlar 
Rezervuarlarning 
shakli. 
Turlarining 
ko‘pligi bilanssilindrsimon 
rezervuarlar to‘g‘ri to‘rtburchakli rezervuarlardan ancha ustun turadi. SHunday 
holat rezervuarlar qurishda ham o‘z aksini topmoqda. Ko‘pchilik xorijiy 
mamlakatlarda hamssilindrsimon rezervuarlarni qurish keng qo‘llanilmoqda. 
CHunki keyingi 15 yil davomida rezervuarlar qurilishida oldindan zo‘riqtirilgan 
temirbetondan qurilgan rezervuarlar asosiy o‘rinni egallamoqda. Buning asosiy 
sababi shundan iboratki, oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalardan tayyorlangan 
rezervuarlar yuqori darzbardoshlikka va uzoq muddatga chidamlilikka hamda 
boshqa ko‘pgina texnik-iqtisodiy afzalliklarga ega. 
Silindrsimon temirbeton rezervuarlar qurilishidagi uzoq yillik tajribalar 
shuni ko‘rsatdiki,ssilindrsimon rezervuarlar qurishda devorlarining xalqasimon 
armaturasini osongina zo‘riqtiriladi va ushbu jarayon etarli darajada 
o‘zlashtirilgan. To‘g‘ri burchakli temirbeton rezervuarlar devorlarini oldindan 
zo‘riqishi esa murakkab va ko‘p mehnat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. 
SHuni alohida ta’kidlash joizki, rezervuarningssilindrsimon shakli statik 
kuchlarga bo‘lgan ta’siri hamda u iqtisodiy asoslarga ko‘ra juda qulay va tejamli 
hisoblanadi. 
Uni asoslash uchun oldindan zo‘riqtirilgan temirbetondan tayyorlangan 
rezervuar 
devorining 
qalinligi 
oddiy 
temirbetondan 
tayyorlangan 
rezervuarnikiga qaraganda bir necha marta kamligini bilishning o‘zi kifoya. 
Rezervuarlarning turlari.ssilindrsimon temirbeton rezervuarlar asosan 
oldindan zo‘riqtirilgan temirbetondan, ba’zi hollarda esa oldindan zo‘riqtirilgan 
konstruksiya torkret beton bilan qoplanadi. Ushbu hollarda rezervuarning yuk 
ko‘taruvchi konstruksiyalarini oldindan zo‘riqtirishdan asosiy maqsad, ularning 
darzbardoshligini ta’minlashdan iborat. 
Ushbu vazifa ba’zan boshqacharoq tartibda ham bajariladi: rezervuarning 
konstruksiyalari shunday shaklini tayyorlash lozimki ekspluatatsiya sharoitida 
unda beton faqat siqilishga ishlaydigan bo‘lsin. 


64 
Ko‘pchilik hollarda rezervuarlar monolit temirbetondan, ba’zi hollarda 
(asosan ustyopmalarda) esa yig‘ma temirbetondan foydalaniladi. 
Silindrsimon rezervuarlardan farqli o‘laroq to‘g‘ri to‘rtburchakli 
rezervuarlar oddiy temirbetondan tayyorlanib, armaturani zo‘riqtirish tajriba 
tariqasida 
amalga 
oshirilmoqda. 
To‘g‘ri 
to‘rtburchakli 
rezervuarlar,ssilindrsimon rezervuarlar kabi monolit temirbetondan, ayrim 
hollarda esa ularning ustyopmalarida yig‘ma temirbetondan quriladi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling