Zamonaviy gaz jixozlari, asbob-uskunalari va ularga talablar
Download 92 Kb.
|
26-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buylama harakatlanuvchi va hajimli suv isitgichlar Gaz bilan isitish. Isitish pechlari va gaz bilan isitilo‘vchi uskunalar
Mavzu: Saunalarni isitish va bug‘xonalarni gazli isitish asboblaridan foydalanish va ularga qo‘yilgan talablar. ZAMONAVIY GAZ JIXOZLARI, ASBOB-USKUNALARI VA ULARGA TALABLAR Reja Gaz uskunalari va gaz plitasi va suv isitguvchi uskunalar Buylama harakatlanuvchi va hajimli suv isitgichlar Gaz bilan isitish. Isitish pechlari va gaz bilan isitilo‘vchi uskunalar Gaz bilan isituvchi mahalliy isitish uskunalari Gaz uskunalari va gaz plitasi va suv isitguvchi uskunalar Gaz uskunalari: Binolarni gaz bilan ta’minlovchi asosiy uskunalarga: gaz plitalari, issiq suv tayyorlovchi suv isitgichlar, qozonlar va boshqalar kiradi. Gaz uskunalarini harakterlovchi asosiy ko‘rsatqichlar qo‘yidagi-lardir: 1. Issiqliq ishlab chiqaruvchi quvvati: 2. Foydali ish qiymati (F.I.Q), ya’ni ishlab chiqarish quvvatining issiqliq ishlab chiqarish quvvatiga nisbati. 3. Ishlab chiqarishi yoki foydali issiqliq miqdorining, jisimni isitish uchun berilishi. Gaz uskunalarining nominal quvvati deb shunday quvvatga aytiladiki, bunda gaz uskunasi eng foydali ishlaydi. F.I.Q yuqori bo‘ladi, gazning chala yonishi esa kam bo‘ladi. Yuqori ishlab chiqarish quvvati deb shunday quvvatga aytiladiki, nominal quvvatidan 20% ko‘p bo‘lganda. Bunday quvvatda gaz uskunasi ishlaganda uning ko‘rsatgichi kamaymasligi kerakdir. Turar joy binolariga, umumiy foydalanish binolariga past bosimdagi gaz quvurlari qo‘llaniladi, shuning uchun bu gaz uskunalari asosan ejeksiyali atmosfera ko‘rinishdagi gorelkalar o‘rnatiladi. Turmushda ishlatiladigan gaz plitalari ikki, uch va to‘rt konforkali qilib tayyorlanadi. Isitgich shkaflari va ularsiz bo‘lishi mumkin. Ular quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi mumkin: qopqoq, konforka o‘rnatilgan ishchi stol, duxovka qutichasida, gaz gorelkasi, gaz taqsimlovchi qurilma kran bilan birgalikda. Axoli turmushda ishlatiladigan gaz plitalari o‘tga chidamli, korroziyaga (zanglashga) chidamli va mustahkam materiallardan tayyorlanadi. Bu gaz plitalarida atmosfera gorelkasi ishlatiladi, tutun gazlar oshxonaning o‘zidan shamollatgich shaxtalar orqali chiqariladi. Bu gorelkalarda havoning bir qismi esa (birinchi havo) yonish uchun kerak bo‘lgan havo ejektor yordamida gaz bilan suriladi. Qolgan qism (ikkinchi havo) alangalanishda to‘g‘ridan to‘g‘ri atrof muxitdan keladi. Konforkali gorelkalarda gazning to‘liq yonmasligiga asosiy sabablar quyidagilardir: a) idish yuzasining harorati pastligi, buning ta’sirida gazning to‘liq yonishga erishilmaydi, natijada SO (uglerod oksidi) va qurum paydo bo‘ladi. b) ejektorning bo‘ylama qismida birlamchi havo bilan gazning qoniqarsiz aralashuvi natijasida. v) atrof muhitdan havoning yaxshi yetarli darajada berilmasligi va tutun gazining to‘lik olib chiqib ketmasligi natijasida: Bunday kamchiliklari tuzatish uchun gaz plitalaridagi gaz gorelkasi qurilmalarini (GGQ) shunday loyihalash kerakki, qo‘yidagi shartlar bajarilsin: a) gorelka yuqori qiymatdagi birlamchi havo bilan ishlasin, havo qanday ishlab chiqarish quvvatida alanganing ishonchli (mustahkam) ishlashi ta’minlansin. b) gorelka o‘rnatilgan qism bilan, idishning pastki (mustahkam) qismi orasidagi masofa shunday bo‘lishi kerakki, tutun gaz to‘liq o‘z issiqligini bersin va erkin harakatlansin, ichki yonuvchi alanga bilan idish past qismi orasida alanganing ishonchliligi ta’minlansin. g) gorelka bilan idishning past qismi orasidagi optimal masofa saqlanish kerakdir, masofaning kattalashuvi, ortiqcha havoning chiqi-shiga va F.I.Q. qamayishiga olib keladi, masofaning qiskarishi esa gazning to‘liq yonmasligiga olib keladi. v) ejektor bo‘ylama qismining optimal konstruksiyasi (tuzilishi) saqlanish kerakdir. d) tutun gaz chiqib ketishi uchun, ishchi stol bilan (gaz plitasida) idishning past qismi orasidagi masofa 8 mm kam bo‘lmasligi kerakdir. Download 92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling