Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

Ko‘prik turlari. To‘sinli ko‘priklar uzluksiz to‘sin yoki fermalardan iborat 
bo‘lgan yuk ko‘taruvchi konstruksiyalardan tashkil topadi.; Uzluksiz to‘sinlar 
oddiy to‘sinlarga nisbatan bir qadar konstruktiv murakkab, birok,, ular iqtisodiy 
tejamli va harakatni tyokis bo‘lishini ta’minlaydi (bu ayniqsa tez yurar qatnov 
yo‘llar uchun qulaydir). 
Arkali ko‘priklar to‘sinli ko‘priklarga nisbatan oraliq qurilishida kam 
harajatlidir. Boshqa tomondan arkali ko‘priklarning asoslari konstruksiyasiga 
nisbatan gorizontal kuchlarni qabul qilishga moslashgan bo‘lishi kerak, shuning 
uchun ularni qurish harajatlari to‘sinli ko‘priklarni qurishga nisbatan 
qimmatroqdir. Tortqich qo‘llash orqali asoslarni kerki kuchdan xalos qilish 
mumkin, bu holda oraliq qurilishi qimmatlashadi. 
Ramali ko‘priklar to‘sinlar bilan oraliq qurilmalariga qo‘zg‘almas qilib 
maxkamlanadi. To‘sin bir nechta ustunlar bilan ulanadi. Hozirgi zamon 
ko‘priksozligida alohida t-simon rama shaklidagi elementlardan iborat 
ko‘priklar keng tarqalgandir. 
Osma ko‘priklar vazifasiga ko‘ra arkali ko‘priklarga o‘xshaydi, ammo 
ulardan farqli o‘larok osma ko‘prikning ko‘taruvchi elementlarining qavarig‘i 
pastga yo‘nalgan. Konstruktiv jixatdan osma ko‘priklar vant ko‘priklariga 
yaqindir. 
Zamonaviy ko‘priklarning konstruktiv turlari. Hozirgi zamon 
ko‘priksozligida metall konstruksiyali ko‘priklar yumshoq va kamliger 
po‘latlardan tayyorlanadi, ba’zi hollarda esa maxsus alyuminiy qotishmasidan 
foydalaniladi. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan balandlikka ega bo‘lgan metall 
konstruksiyali oralig‘i 80m temir yo‘l va oralig‘i 300 m bo‘lgan avtomobil 
ko‘priklarida yaxlit metall to‘sinlardan foydalaniladi. Asosiy to‘sinlar o‘zaro 
bog‘lanadi. 
To‘sinlarning ustiga temir-beton plitalar yotqiziladi. Plitalar maxsus 
tayanchlar yordamida asosiy metall to‘sin bilan ulanadi, shu bilan ularning 


53 
birgalikda ishlashi ta’minlanadi, konstruksiyada metallni tejash imkoni 
yaratiladi (bunday ko‘priklarni po‘latli temir-beton ko‘prik deb atashadi). Po‘lat 
listlardan tayyorlanib ichki tomonidan qovurg‘a va ko‘ndalang diafragmalar 
bilan mustahkamlangan qutisimon to‘sinlar ham qo‘llaniladi. Bunday 
to‘sinlarning o‘tish erlarini metall yoki temir-betondan tayyorlanadi. Bunday 
qurilmalarning tejamkorligi, engilligi va mustahkamligi, ulardan keng 
foydalanishga imkon yaratdi. Metall ferma shaklidagi ko‘priklar o‘ta katta 
oraliqlarda foydalaniladi (500m dan uzun). Bu fermalar butun fermalarga 
nisbatan tejamkor, ammo tayyorlash va yig‘ish anchagina murakkab. Temir yoki 
avtomobilь yo‘llarining o‘tish joylariga fermalar orasiga ko‘ndalang va bo‘yiga 
to‘sinlar yotqiziladi. Va ularga temir-beton yo‘l plitalari yoki temir yo‘l 
moslamalari mahkamlanadi. 
Arkali metall ko‘priklar oralig‘i 500 m gacha bo‘lgan masofani yopishda 
qo‘llanadi (asosi mustahkam gruntda). Ko‘proq bunday ko‘priklar tog‘li erlarda 
quriladi. 
Ko‘priklarni hisoblash asosan chegaraviy holatlar usuli bo‘yicha amalga 
oshiriladi. Ko‘priklarning har bir qismi inshootga ta’sir qiluvchi barcha 
ehtimoliy yuklarni lisobga olgan holda mustahkamlikka, deformatsiyaga, 
yorilishga bo‘lgan chidamlilikka hisoblanadi. 
Respublikamizda, ayniqsa Toshkent shaxrida oxirgi o‘n yil ichida bir 
nechta, uzunliklari 20,0 km uzun ko‘priklar qurilib, foydalanishga topshirildi. 
Poytaxtimiz husniga, chiroy qo‘shgan ko‘priklar asosan temir beton monolit va 
yig‘ma elementlardan foydalanib bunyod etildi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling