Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

 
3.2. Ko‘p qavatli sinchli binolar. 
Ko‘p qavatli sinchli binolarda engil sanoat korxonalari, sovutkichlar, 
omborxonalar, garajlar, shuningdek fuqaro binolari ya’ni, mehmonxona, 
davolash muassasalari va boshqalar joylashtiriladi. Sanoat binolarining baladligi 
ish sharoiti va iqtisodiy maqsadlarda 40 m gacha belgilanadi, fuqaro binolari esa 
12 qavatgacha bo‘ladi. Ko‘p qavatli sanoat binolarining eni 18, 24, 36 m va 
undan ortiq qilib qabul qilinadi, ko‘ndalang ajratuvchi o‘qlar orasidagi masofani 
(ustunlar qadami) - 6 m, qavatlar balandligini 6,0 m modulga karrali qilib qabul 
qilinadi. Fuqarolik binolarining eni odatda 14 m dan ortiq bo‘lmaydi. Ko‘p 
qavatli sinchli binolar to‘liq sinch (karkas) bilan loyihalanib bunda devorlar 
yaxlit yoki osma va sinch ustunlarining chetki qatorlari asosiy devor bilan 


48 
almashtirilganda chala sinchli bo‘ladi. Sanoat binolari asosan to‘la sinchli 
loyihalanadi. Sinchlar metalldan yoki temir betondan tayyorlanadi. 
Ko‘p qavatli sinchli binolar ko‘ndalang romlar tizimidan iborat bo‘lib, ular 
bo‘ylama yo‘nalishda o‘z tyokisligida bikr bo‘lgan qavatlararo yopmalar bilan 
bog‘langan. Orayopmalar to‘sinli, yoki to‘sinsiz bo‘lishi mumkin, to‘sinsiz 
bo‘lganda rom to‘sini vazifasini temir-beton plita bajaradi. Sinchli binolarda 
vertikal yuklar barcha hollarda ko‘ndalang romlarga uzatiladi. Gorizontal 
yuklanishlar qanday ta’sir qilishiga bog‘liq holda sinchli binolar romli va rom 
bog‘lovchili konstruktiv tizimlarga ajraladi. 
Rom tizimidagi binolarda gorizontal (shamol) yuklanishlar devorlar va 
orayopmalar orqali ko‘ndalang romlarga uzatiladi, ular esa o‘z navbatida bunday 
yuklarni qabul qilishga hisoblangan bo‘lishi kerak. Rom-bog‘lovchili tizimdagi 
binolarda gorizontal yuklar tashqi devorlar orqali qavatlararo yopmalarga 
uzatiladi, ular gorizontal diafgramalar sifatida ishlab, bosimni vertikal 
diafgramalarga uzatadi. Bunday diafgrama vazifasini ko‘ndalang va chetki 
devorlar, zinapoya bloklari va boshqalar bajarishi mumkin. Vertikal 
diafgramalar poydevorlarga qisilgan konsollar kabi ishlaydi. Vertikal 
diafgramalar etarlncha bikr bo‘lmaganda gorizontal yuklarning bir qismi 
ko‘ndalang romlarga uzatiladi. 
To‘sinlarning ustunlar bilan birlashtirish tugunlari, shuningdek, ustunlarni 
bir-biri bilan birlashtirish tugunlari asosan bikr bo‘lishi kerak, biroq (ayniqsa 
romli - bog‘lanishli tizimda) sharnirli birikmalar ham qo‘llanilishi mumkin. 
Montaj qilish ishlarini bajarish qulay bo‘lishi uchun to‘sinlar ustunlar bilan ular 
tutashgan joylar yaqinida biriktiriladi. Ustunlar odatda qisqa konsollar bilan 
ta’minlanadi, ularga to‘sinlar joylashtiriladi. Agar estetik nuqtai nazardan
qolgan konsolar maqsadga muvofiq bo‘lmasa (fuqaro binolarida), konsollar 
to‘sin balandligi chegarasida joylashtiriladi, to‘sinlar esa "qirqilgan" holda 
qilinadi. To‘sinlarning ustun bilan biriktirish tugunini echish oldindan 
belgilangan detallarning va ustqo‘ymalarning kesimlari o‘lchamlariga bog‘lik 
holda xam bikr, xam sharnirli qilib loyihalanishi mumkin, ustunlar konsollarida 


49 
montaj qilish davrida to‘sinlarni qayd qilish uchun tirqishli po‘lat listlar bilan 
betonlab qo‘yiladi. 
To‘sinlar o‘zaro va ustunlar bilan to‘sinlarning oldindan belgilangan 
detallariga va ustunlarning yon sirtiga burchakli (yoki doiraviy) ustquymalarni 
payvandlab biriktiriladi. Ustyopma plitalari bir-biriga va to‘sinlarning yuqori 
yoqlariga payvandlanadi. Ustunlar chokini pol sathidan 60-80sm yuqorida 
joylashtirilgan qulay, biroq ayrim xollarda uni ustyopma satxida ham 
joylashtiriladi. 
Ulanuvchi 
sterjenlarni 
ustunlarning 
po‘lat kallaklariga 
payvandlab amalga oshiriladigan ulashni bikr ulash deyiladi. Ko‘p qavatli 
sinchli binolarning konstruktiv echimini texnik-iqtisodiy tahlili shuni 
ko‘rsatadiki, romli bog‘lanishli tizim, oddiy romli tizimdan tejamlirok ekan, 
chunki romli - bog‘lanishli tizimda binoning 1m

yuziga sarflanadigan po‘lat 
romli tizimdagidan 10-15% past, qiymati esa 2,5-5% arzon. Xisoblarning 
kursatishicha, ustunlari turi 6x24m va bxZbm, 12x24m va 12x36m bo’lgan katta 
oraliqli ko‘p qavatli binolar materiallar sarfi bo‘yicha ham ancha samaralidir. 
Hozirgi vaqtda binolarning asosiy turlari sinchli panelli va yirik panelli 
(sinchsiz) bo‘lib, ular yirik o‘lchovli, zavodda tayyorlanadigan yig‘ma 
temirbeton buyumlardan tashkil topadi. 
Sinchli-panelli binolar to‘liq yoki chala sinchli qilib loyixalanadi. To‘liq 
sinchli bo‘lganda qovurg‘ali orayopma panellari ustunlarga tiraladi. Ustunlar va 
orayopmalarning qovurg‘alari binoning fazoviy karkasini tashkil etadi. Devorlar 
va ichki to‘siqlar panellari yuk ko‘taruvchi bo‘lib, ustunlarga mahkamlanadi. 
CHala (ichki) sinchli bo‘lganda chetki ustunlar bo‘lmaydi, tashqi devorlar 
panellari esa yuk ko‘tarib turuvchi bo‘ladi. Orayopmalar panellari yuk ko‘tarib 
turuvchi tashqi devorlarga va sinchning ichki ustunlariga tayanadi. 
Ayniqsa turar-joy qurilishida yirik panelli (sinchsiz) binolar keng 
tarqalgan va elementlarning zavodda tayyorlanishi darajasini oshirish tufayli 
bunday binolarni montaj qilishda mehnat unumi va tannarxi kamayadi. 
Yirik panelli binolar ikki guruhga ajratiladi: bo‘ylama yuk ko‘taruvchi 
devorli va ko‘ndalang yuk ko‘taruvchi to‘siqli. Ko‘ndalang yuk ko‘taruvchi 


50 
to‘siqli binolarning konstruktiv sxemasi ancha samaralidir, chunki 
orayopmalarning panellari ichki ko‘ndalang to‘siqlarga tayanadi, bu esa tashqi 
devor panellarini iloji boricha yiriklashtirishga va engillashtirishga imkon 
beradi, ularga orayopmalarning yuklari ta’sir qilmay va faqat to‘suvchi 
vazifasini bajarib, engil samarali materiallardan (keramzit, g‘ovakli betondan va 
xokazo) tayyorlanishi mumkin. Yirik panelli binolarda orayopmalar va devor 
panellari asosan xona o‘lchamida loyihalanadi. 
Yirik panelli qurilishning bundan keyingi rivojlanishi qurilish amaliyotiga 
hajmiy temir-beton elementlarini. Blokxona yoki blok-xonadonning butun ichki 
bezagini zavod sharoitida tayyorlanadi, shuning uchun qurilish maydonida 
bajariladigan ishlar iloji boricha engillashtiriladi. 
Sirg‘aluvchi qolipda qo‘yiluvchi yaxlit temir-betondan tiklangan ko‘p 
qavatli bino juda istiqbollidir. SHu turdagi 17-20 qavatli turar-joy binolari 
mamlakatimizning ko‘p shaxarlarida bunyod etilgan. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling