Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
Nazorat savollari 1. Qurilishida mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil qilish qanday amalga oshiriladi? 2. Gidrotexnika inshootlariningturlari 3. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash yuzasidan foydalanuvchi tashkilotning majburiyatlari nimalardan iborat? 46 III BOB. SANOAT VA MUHANDISLIK INSHOOTLARIDAGI BINOLARNING TURLARI 3.1. Bir qavatli sanoat binolari Bir qavatli {sanoat, qishloq xo‘jalik va boshqa) binolarning temir beton, aksariyati sinchli konstruksiyalardan iborat bo‘lib, ayrim qismlari, temirbeton ustunlar va stropil to‘sinlari, fermalar va arkalardan, zarur xollarda esa kran osti va bog‘lovchi to‘sinlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday binolarda asosiy yuk sinchga - karkasga tushadi, devorlar esa to‘sib turadi. Ayrim xollarda sinch to‘liq bo‘lmagan konstruktiv sxemalar qo‘llaniladi, ularda chetki ustun qatorlari o‘rniga yuk ko‘taruvchi devorlar tiklanadi. Temir-beton sinchlarning oralig‘i 6, 12, 18, 24, 30, 36 m, ustunlar qadami 6 va 12 m qilib loyihalanadi. Ko‘prik ustunlar orasi 12*24m, 12*30m o‘lchamda olinadi. Ko‘prik krani bo‘lgan binolarda to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli ustunlar va kranosti to‘sinlari uchun konsolli ustunlar qo‘llaniladi. Kransiz binolarda konsolsiz to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli ustunlar qo‘llaniladi. Temir-beton ustunlar stakan turidagi poydevorga bikr qilib o‘rnatiladi. Ustunlarga yuqoridan stropil to‘sini, ferma yoki arka tiraladi. To‘sinlar ustunlarga gaykalar va ustunlardan chiqarilgan anker boltlari yordamida biriktiriladi. Harorat chokini yaratish uchun to‘sin ustun bilan qo‘zg‘aluvchi tayanch bilan biriktiriladi. Stropil konstruksiyalar ustiga 6 yoki 12 m oraliqli temir-beton panellar yotqiziladi. Temir-beton panellar oldindan ajratilgan detallarning to‘singa tayangan joylarini payvandlash yordamida, shuningdek panellar orasidagi choklarni yaxlitlash tufayli o‘z tyokisligida bikr diafragmani tashkil qiladi, u boshqa konstruksiyalar (kran osti va bog‘lovchi to‘sinlar, bog‘lanishlar) bilan birgalikda butun binoning fazoviy bikrligini va mustahkamligini ta’minlaydi. Bir qavatli binolarning ustyopmalarida yupqa devorli temir-beton konstruksiyalar qo‘llaniladi: uzun va qisqassilindrik qobiqlar, ikkilamchi egriligi bo‘lgan qobiqlar va h.q 47 Temir-beton kranosti to‘sinlari 6 yoki 12 m kesimi tavrli va qo‘shtavrli qilib loyihalanadi. Kranosti to‘siniga vertikal va gorizontal yuklar uzatiladi. SHuning uchun to‘sinning gorizontal yo‘nalishdagi bikrligini orttirish uchun tokchaning kesimi orttiriladi. Ko‘ndalang kesimning tavrsimon shakl bo‘lishi relьsli yo‘lni kranosti to‘siniga mahkamlashni ham qulaylashtiradi. Kranosti to‘sinlari ikki krandan tushadigan yuklarni, xususiy massasini va kran yo‘li massasini inobatga olib hisoblanadi. Vertikal va gorizontal kran yuklari 1,2 ga teng bo‘lgan dinamik koeffitsient bilan kiritiladi. Kranosti to‘sinlari ustunlarning konsollariga tiraladi. Ularni ustunlar bilan va bir - biri bilan oldindan qo‘yilgan detallarga payvandlanadi. Bino sinchini devor bilan to‘ldirish uchun temir-beton devor panellari qo‘llaniladi. Isitiladigan binolarda sovuq o‘tkazmaydigan panellar qo‘llaniladi, ular ikki qatlamli yoki engil temir- betondan bir qatlamli bo‘lishi mumkin. Texnik iqtisodiy taxlilning ko‘rsatishicha, yig‘ma temir-beton sinchli bir qavatli binolar, po‘lat sinchli binolardan tejamliroqdir. Masalan, ustunlar turi 6*24 m bo‘lgan binoda po‘lat fermalarni oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton ferma bilan almashtirganda binoning 1 kv.m yuzasiga sarflanadigan po‘lat miqdori 2,5 marta kamaygan. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling