Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


-modda.Mahalliy davlat hokimiyati organlarining gidrotexnika


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

5-modda.Mahalliy davlat hokimiyati organlarining gidrotexnika 
inshootlarining xavfsizligi sohasidagi vakolatlari 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari: 
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat 
dasturlarini amalga oshirishda qatnashadilar; 
suv resurslaridan foydalanishda va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini 
amalga oshirishda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlaydilar; 
gidrotexnika inshootlarini joylashtirish to‘g‘risida, shuningdek gidrotexnika 
inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan hollarda 
ulardan foydalanishni cheklab qo‘yish haqida qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda qarorlar habul qiladilar; 
gidrotexnika 
inshootlarining 
avariyalari 
oqibatlarini 
tugatishda 
qatnashadilar; 


37 
gidrotexnika inshootlarining favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi 
mumkin bo‘lgan avariyalari xavfi borligi to‘g‘risida aholini xabardor qiladilar; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar. 
6-modda. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat 
nazorati 
O‘zbyokiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi katta va alohida 
muhim suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini 
nazorat qilish davlat inspeksiyasi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi 
ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ hisoblanadi, 
u: 
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalari va mezonlarini ishlab 
chiqadi; 
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gidrotexnika inshootlari 
texnik holatining puxtaligini va ular ishining xavfsizligini ekspertizadan 
o‘tkazadi; 
gidrotexnika 
inshootlarini 
joylashtirish, 
gidrotexnika 
inshootlarini 
loyihalashtirish topshiriqlarini, ularni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini 
kelishib olishda, gidrotexnika inshootlarining qurilishi sifatini nazorat qlishda
ularni foydalanishga qabul qilishda, shuningdek gidrotexnika inshootlaridan 
foydalanish qoidalarini kelishib olishda qatnashadi; 
gidrotexnika inshootlarining holatini hamda ular holatining gidrotexnika 
inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyalariga muvofiqligini tekshirishni tashkil 
etadi; 
gidrotexnika 
inshootlarining 
xavfsizligini 
ta’minlash 
to‘g‘risida 
ko‘rsatmalar beradi, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi 
normalari va qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan hollarda xavflilik darajasi 
yuqori bo‘lgan ob’ektlar jumlasiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarini 
loyihalash, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish uchun 
berilgan litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish haqida 
takliflar kiritadi; 


38 
gidrotexnika inshootlari hududlaridan, daryolar o‘zanlari va to‘g‘onning 
ularga tutash bo‘lgan quyi hamda yuqori hududlaridan xo‘jalik faoliyati yoki 
boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishga (suvni muhofaza qilish 
zonalarida er uchastkalari berish bundan mustasno) rozilik beradi; 
daryolarning o‘zanlarida va to‘g‘onning ularga tutash quyi va yuqori 
hududlarida suv xo‘jaligi ob’ektlaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yoxud 
xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyat yurituvchi tashkilotlarning faoliyatini, 
agar bunday faoliyat gidrotexnika inshootlarining xavfsizligiga yomon ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, taqiqlaydi yoki cheklab qo‘yadi. Tadbirkorlik 
sub’ektlarining faoliyatini taqiqlash va cheklash sud tartibida amalga oshiriladi, 
bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va 
salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq 
holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash hollari 
mustasno; 
gidrotexnika inshootlarining muhofaza qilinishini tashkil etish ustidan 
nazoratni amalga oshiradi; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Maxsus vakolatli organning gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini 
ta’minlash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalari foydalanuvchi tashkilotlar ijro etishi 
uchun majburiydir. 
Gidrotexnika 
inshootlari 
O‘zbyokiston Respublikasi Gidrotexnika 
inshootlarining kadastriga kiritiladi. Kadastrni yuritish tartibi O‘zbyokiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling