Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ruxiy – psixofiziologik sabablar guruhiga
- Sanitariya va gigienik sabablariga
Texnikaviy sabablar guruhiga loyihadagi xato – kamchiliklar, qurilish
texnologiyasidagi noqulfyliklar hamda uslub tanlashda yo‘l qo‘yilgan xatolar sabab bo‘lishi mumkin. Tashkiliy sabablar guruhi esa mehnat sharoitlarini va ish qurollarini xavfsizlik talabiga javob bera olmasligi, ish jarayonlarini vaqt birligidagi ketma- ketlik tartibiga rioya qilmaslik, himoya vositalari va yordamchi moslamalarni yo‘qligi yoki ulardan noto‘g‘ri foydalanish, ishni ilmiy asosda tashkil etish qoidalariga e’tiborsizlik va shu kabilar sabab bo‘la oladi. Ruxiy – psixofiziologik sabablar guruhiga ishchi va muhandis rahbarlarning mafko’raviy va ahloqiy qoidalarga rioya qilmasliklari, odamlarni balandlikda o‘zini noqulay his etishi, asabini buzilishi va dam olish vaqtida noto‘g‘ri foydalanish va shunga o‘xshash nuqsonlar kiradi. Sanitariya va gigienik sabablariga esa ishchilarni o‘z vaqtida jismoniy ko‘rikdan o‘tkazilmaganlik, mehnat sharoitini SanQM talablariga mos ravishda tashkil qilmaganlik, tannafus qilmasdan ishlashlik, atrof-muhitni gigienik holatiga ma’sulyatsizlik bilan qarash va h.k. misol bo‘ladi. 33 Endi shu sabablarning ba’zilariga hayotiy misollar asosida aniqlik kiritamiz. Birinchi misol, 1984 yili Namangan shahrida qurilgan 7 qavatli ma’muriy binoning oxirgi qavatida karniz plitalari o‘rnatilayotgan vaqtda, qurilish rahbari – ish yurituvchisi tomonidan yo‘l qo‘yilgan qo‘pol xato va kamchiliklar, ya’ni bir yo‘la qurilish texnologiyasini va mehnat sharoiti talab va qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi sababli, binoning bir qismida tomyopg‘ich plitalar qulab tushgan. Natijada ish yurituvchini o‘zi qulab tushayotgan qurilmalar orasida qolib nobut bo‘lgan, yana uch kishi og‘ir tan jarohati bilan (bir kishi juda og‘ir ahvolda) kasalxonaga yotqizilgan edi. Bu fojeani tahlili shuni ko‘rsatadiki, mazkur qurilish maydonida ishlar umuman mehnat xavfsizligini ta’minlovchi tartibot chizmalarisiz va ishni tashkil qilish loyihalarisiz olib borilgan. Ish yurituvchini xonasida binoning atigi bitta er usti qismiga talluqli bo‘lgan bosh tarx va qurilmalarni o‘zaro bog‘lashga mansub bo‘lgan va ko‘tarma moslamalarini umumiy tarzda ko‘rinishi aks ettirilgan, chizmalar bo‘lgan xolos, ammo texnologiya masalalariga taalluqli loyihalar topilmagan. Demak, qurilishni ishchilar va muhandislarni tajribalari va idrokiga tayangan holda rejasiz olib borilgan. Vaholanki bunday zamonaviy binolarni qurish albatta ishlab chiqarish loyihalari, ya’ni har bir ish bo‘yicha texnologik xaritalari, to‘rsimon ish grafiklari va ashyolar ta’minoti grafigi va barcha qurilish jarayoni ketma – ketligi va xavfsizlik qoidalarini o‘zida aks ettirgan holda ishlab chiqilib qabul qilingandan keyingina ish yuritishga ruxsat etilishi lozim edi. Bu qurilish misolida yo‘l qo‘yilgan xatolar baxtsizlikka olib keluvchi ham texnikaviy, ham texnikaviy, ham tashkiliy sabablarga misol bo‘la oladi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling