Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha: 
Qurilish ashyolari va konstruksiyalarning yonish darajasiga qarab: 
I. Yonmaydigan
II. Qiyin yonadigan; 
III. Yonuvchi. 
Olovbardoshligi bo‘yicha: (5 ta darajaga bo‘linadi): 
I.II va III darajali binolar – tosh material yoki pishiq g‘ishtlardan qurilgan. I 
va II darajali binolar devorlari, tayanchlari, ora yopmalari, oraliq devorlari 
yonmaydigan bo‘lishi talab qilinadi; 
IV darajali binolar – sirti suvalgan yog‘ochli; 
V darajali binolar – suvalmagan yog‘ochli binolar; 
IV va V darajali yog‘och binolar, yong‘in talablariga ko‘ra ikki qavatdan 
baland qurilish ruxsat etilmaydi. 
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati bo‘yicha: 
(4 ta sinfga bo‘linadi): 
I sinf – yirik sanoat korxonalari binolari, yuqori ekspluatatsion va 
me’morlik talablari qo‘yiladigan 9 qavatli va undan ham baland binolari; 
II sinf – balandligi 9 qavatgacha bo‘lgan turarjoy va jamoat binolari; 
III sinf – o‘rtacha ekspluatatsion va me’moriy talablar qo‘yiladigan, 
balandligi 5 qavatdan oshmaydigan turarjoy binolari; 
IV sinf – eng kam ekspluatatsion va me’moriy talablar qo‘yiladigan 
muvaqqat (vaqtinchalik) binolar.
Qurilish texnologiyasiga ko‘ra: 
1. Tayyor temir-beton konstruksiyalardan yig‘ilgan binolar – (karkasli, 
karkasli-paneli, rama-bog‘lovchili). 
2. Zavoda tayyorlangan industrial konstruksiyalardan montaj qilingan 
binolar – (yirik blokli, hajmiy-blokli). 
3. Quyma yaxlit (monolit) temir-beton binolar – (qurilish joyining o‘zida 
maxsus qoliplarga quyish yordamida tiklanadigan binolar). 


26 
4. Devorlari g‘isht, mayda blok vash u kabi mayda elementlardan tiklangan 
binolar.
Keng tarqalganligiga ko‘ra: 
1. Tipovoy loyiha asosida quriladigan ommaviy – (turarjoy binolari, 
maktablari, maktabgacha muassasalar, poliklenikalar, kinoteatrlar.); 
2. Alohida loyihalar asosida quriladigan nodir binolar – (teatrlar, muzeylar, 
sport binolari, ma’muriy binolar).

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling