Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

Texnik sabablarga oid xatolar: 
1. Qurilish texnologiyasiga taaluqli ishlab chiqarish loyihalarini yo‘qligi; 
2. Qurilmalar ta’minoti ketma-ketlik grafigining yo‘qligi; 
3. Birinchi qavat rigelini ettinchi qavatga ishlatilganligi; 
4. Ustun va rigeldan chiqqan armaturalarni qoidaga zid payvandlanishi; 
5. Rigel bilan ustunni ulangan joylarida past markali beton ishlatilganligi;


34 
6. Seysmik kamarning o‘ta sifatsiz bog‘langanligi va h.k. 
Tashkiliy sabablarga oid xatolar: 
1. Kranda yuk ko‘tarish tartibini buzilishi (4 ta karniz plitasini baravariga 
ko‘targan); 
2. Yuk ko‘taruvchi asosiy qurilmalarni tutashtiruvchi tugunlarni sifatsiz 
betonlanishi; 
3. Zilzilaga qarshi ishlovchi seysmik kamarning sifatsizligi; 
4. Ishchilarning ehtiyot kamaridan foydalanmaganliklari; 
5. Etarli darajada mehnat xavfsizligi va muallif nazoratining yo‘qligi va 
boshqalar. 
Hamma kuzatishlarga asoslanib xulosa qilganda ma’lum bo‘ldiki, binoning 
qulab tushishiga texnik sabab bo‘lgan asosiy omillardan biri yuk ko‘taruvchi 
karkasni loyiha talabi darajasida ustivorligi ta’minlanmaganligi bo‘lsa, 
ikkinchisi qo‘pol ravishda to‘rtta parapet plitasini bir yo‘la ko‘tarib, hali o‘z 
joyida mustahkam qotirilmagan rigellarga tayangan tomyopgich plitalari ustiga 
qo‘yilishidir. Buning oqibatida ustma-ust qo‘yilgan perapet plitalaridan 
tushayotgan og‘irlik kuchi ta’siriga bardosh berolmagan ko‘ndalang rigellardan 
biri o‘z joyidan pastga qarab ko‘cha boshlaydi va ikkala ustun bilan ulangan 
joyidan uzilib tushadi. 
 
2.2. Gidrotexnik inshootlarga oid qonun va me’yoriy hujjatlar mazmuni va 
mohiyati 
 
O‘zbekiston Respublikasining gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi 
to‘g‘risida qonuni 1999 yil 20 avgust, 826-II-sonli qarori bilan qabul qilingan. 
Ushbu Qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, 
foydalanishga topshirish, ulardan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish
tiklash, konservatsiyalash va tugatishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha 
faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdir. 
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu 
qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. 


35 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida gidrotexnika inshootlari xavfsizligi 
sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham amalga oshiriladi. Agar O‘zbyokiston 
Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbyokiston Respublikasining 
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda 
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari 
qo‘llaniladi. 
Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling