Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Biriktirilgan ustunli konstruksiyalar
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
Biriktirilgan ustunli konstruksiyalar. Uzluksiz asosiy to‘sinlar uzluksiz
biriktirilgan ustunlar oralig‘idan o‘tkaziladi. Qo‘shaloq ustunli konstruksiyani teskari ag‘darganda birikkan holatdagi konstruksiyaga ega bo‘lamiz. Har biri to‘rtta elementdan iborat bo‘lgan ustunlarning bog‘lovchilari to‘sinlarni ikkala yo‘nalishda joylashishiga imkon beradi. Agarda birorta binoga nisbatan yong‘inga qarshi chora tadbir qo‘llash lozim bo‘lsa, u holda bu konstruksiyani qo‘llanilishi chegaralanib qoladi, ya’ni o‘lchamlarni o‘zgartirish yoki yog‘och prokladkalar o‘rnatish kerak bo‘ladi. Biriktirilgan ustunli konstruksiyalar katta oraliqli karkasli konstruksiyalarda ko‘llaniladi. Qovurg‘ali tizimlar. Bu turdagi konstruksiyalar asosan, shimoliy Amerikada qo‘llaniladi. Karkasining yuk ko‘taruvchi elementlari ko‘ndalang kesimlari 5,0*10,0 sm bo‘lgan standart yog‘och taxtalardan iborat. Bu konstruksiyaning yasosiy xususiyati devor karkasi bilan yopma to‘sinlarining orasidagi masofaning qisqaligidir (vertikal taxtalar har 60,0 smga o‘rnatiladi). Ustunlar to‘sinlar bilan mixlar yoki nagellar bilan bog‘lanadi. Quyida yog‘ochdan yasalgan oddiy fermalarning shakli keltirilgan 6.7- shaklda fermaning ustki va ostki tasmalarining tarkibli yog‘och taxtalardan bajarilganligi tasvirlangan. 5.7- rasm. YOg‘och konstruksiyali fermalar. Umuman yog‘och konstruksiyalari juda keng va rang-barng qurilish variantlarida, turli maqsadli hamda ko‘rinishga ega konstruksiyalarda 166 foydalaniladi. Masalan, quyidagi rasmda bir nechta yog‘och konstruksiya- larining ko‘rinishlari keltirilgan (6.8- rasm). 5.8 - rasm. Zamonaviy fazoviy yog‘och konstruksiyalarining asosiy ko‘rinishlari: a) Tirgakli yig‘ma; b) To‘g‘ri nishabli; v) Yig‘ma qobiq; g)Ko‘tpqatorli ariqchali qobiq; d) Ko‘pqatorli taxlamli; s) Giperboloik qobiq; j)pog‘onali qobiq; z) Egik yig‘ma konstruksiyalardan tashkil topgan gumbaz; i) Egilgan krestsimon yig‘ma; k) qobiq- gumbaz; l) Taxlamli konussimon gumbaz; m) Ko‘pqirrali shitli gumbaz; n) strukturali konstruksiya. . 5.9 - rasmda esa yog‘och konstruksiyali gumbazlarning bir necha turlari keltirilgan Keltirilgan misollar yog‘och konstruksiyasini eng samarali, eng engil va arzon hamda nihoyatda chiroyli arxitektura echimlariga ega bo‘lishi mumkinligini ifoda etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling