Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy to‘sin konstruksiyalari.
- Qamrovli konstruksiyalar
Bir qavatli ustundagi to‘sin. Bu turdagi konstruksiyalar bitta yo‘nalishda,
ustida asosiy to‘sinlar yotgan ustunlardan iborat. Boshqa yo‘nalish bo‘yicha yordamchi to‘sinlar - bruslar, taxtalardan iborat bo‘ladi. To‘sinlarni ustunlarga 164 o‘rnatganda to‘sindan tushayotgan yuklar ustunning tolalariga kundalang yo‘nalishda emas, balki bo‘ylama yo‘nalishda tushishi lozim. SHunga mos ruxsat etilgan kuchlanish tanlanib, buni kundalang kesim tanlashda inobatga olish lozim. Bu turdagi konstruksiyaning afzalligi asosiy yuk ko‘taruvchi sistemaning tug‘ri tanlash orqali katta oraliqlarni yopishni ta’minlashi mumkin. Ikki qavatli ustundagi tusin. Bu turdagi konstruksiyalarda uzluksiz to‘sinlar ustunlarga yotqiziladi. Ustunlar asosiy to‘sinlar bilan chegaralanadi. Navbatdagi qavat yana ustunlar qo‘yish bilan boshlanib, xuddi shunday davom etadi. Ustunlarning asosiy to‘sinlar bilan bog‘lanishi turli xil uslubda amalga oshiriladi. YUqoridagi ustundan tushadigan yuk pastki ustunga to‘sin orqali tushmasligi kerak. YUklarni uzatishda temir yoki yog‘och tagliklardan foydalanish tavsiya etiladi. YOrdamchi yo‘nalishlar bo‘yicha oraliqlarning kengligidan kelib chiqqan holda yopma to‘sinlar yoki qalin taxtalardan foydalaniladi. Asosiy to‘sin konstruksiyalari. Asosiy to‘sinlar (rigellar) uzluksiz ustunlarning to‘rttala tomonidan maxkamlanadi. Bu esa barcha ichki va tashqi devorlarning balandliklarini bir xil bo‘lishini ta’minlaydi. Asosiy to‘usinlar oraliqlarida turli yo‘nalishlar bo‘yicha to‘sinlar joylashadi. Bu bilan ikkala yo‘nalishdagi asosiy to‘sinlar ham bir xilda yuklanish ostida bo‘ladi. Boshqa turdagi konstruksiyalardan farqli o‘laroq bu konstruksiya bir xil balandlikka ega bo‘lishi bilan soddadir. Qamrovli konstruksiyalar. Qo‘shaloq to‘sinlar qator ustunlarning ikkala tarafidan qamragan holda o‘tadi. Qamrovlar_ ikkala tomondan ustunlarga shponkalar yordamida mahkamlanadi. YOrdamchi yo‘nalish bo‘yicha oraliqlarning kengligiga qarab qalin taxtalar yoki to‘sinlar qo‘yiladi. Bu turdagi konstruksiyaning afzalligi uzluksiz ustunlarni qo‘llashdir. Bu konstruksiya uchun harakterli bo‘lib, qamrov va ustun birikishi natijasida qamrov oxirida chiqiq hosil bo‘ladi va bu joy namlikdan lak yoki tunuka yordamida himoyalanishi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling