Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
Tashqi ta’sirlar Ichki ta’sirlar
(tabiiy, sun’iy) (texnologik, funksional) 1.13.-rasm. Binoga ta’sir qiluvchi (tashqi va ichki) ta’sirlar . 1.14. - rasm. Fuqoro va sanoat binolarining atrof muxitga ko‘rsatadigan ta’sirlari. 18 Ichki faktorlarga 1.13.- rasmda ko‘rsatilgan faktorlardan tashqari quyidagilar kiradi (ular bevosita inson tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar tufayli vujudga keladi): - loyihalash jarayonida; - zavo dd a konstruksiyani tayyorlash jarayonida; - qurilish jarayonida; - ekspluatatsiya jarayonida. Loyihalash jarayonida noto‘g‘ri loyiha echimi, loyihachining xatosi, tashqi yuklar, qurilish konstruksiyalarining holati va ishlab chiqarish hamda ekspluatatsiya sharoitlari haqidagi ma’lumotlarning etarli emasli, tabiiy emirilish va ayrim ateriallarining fizik-mexaniq xossalari hamda ularning real emirilishi jadalligi xaqidagi eksperimental ma’lumotlarning etishmasligi (yoki umuman bo‘lmasligi), bino funksiyasini noto‘g‘ri modellashtirish va boshqa turli salbiy omillarni hisobga olinmasligi loyihalash jarayonida yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar hisoblanadi. Zavodda konstruksiyani tayyorlash jarayonida qurilish konstruksiyasida uchraydigan turli xildagi defektlar, konstruksiya o‘lchamlarining nomuvofiqligi, buyumlarni tayyorlash rejimining buzilishi hamda tayyor maxsulotni saqlash va uni tashish jarayonida konstruksiya har xil deformatsiya va defektlar olishi mumkin. Qurilish jarayonida uchraydigan ta’sirlarga ishchilar malakasining pastligi, loyihaviy echimdan chetlashish, qurilish borilmasligi, qurilish ishlari olib borilishida zaruriy texnik shartlarga rioya qilmaslik, montaj jarayonida elementlarning noto‘g‘ri qo‘yilishi, seysmik, harorat choklarining noto‘g‘ri qo‘yilishi (yoki ba’zi hollarda umuman qo‘yilmasligi), qish paytlarida texnik shartlarga rioya qilmasdan ishlarning olib borilishi (qorishmalarning muzlab qolishi va h.k), qurilishi uzoq vaqt tugallanmagan binolarda metall elementlarning zanglashi va h.q kiradi. Ekspluatatsiya jarayoni. O‘z vaqtida ta’mirlash va profilaktik ishlarning olib borilmasligi, loyiha echimining ekspluatatsiya jarayoniga mos kelmasligi, 19 binolardan foydalanish jarayonida ularning texnik holati to‘g‘risida shug‘ullanadigan va kerakli ma’lumotlar berish sistemasining ishlamasligi, bino va uni tashkil etgan konstruktiv elemenlarning yoshi, ekspluatatsiya jarayonining buzilishi, aholining e’tiborsizligi va h.q salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu faktorlarning ba’zilari (xususan, O‘rta Osiyo mintaqasi uchun xarakterli bo‘lgan zilzila) bo‘yicha keyingi boblarda batafsil to‘xtalamiz. Atrof muhitni zaharlaydigan asosiy manba - bu yoqilg‘i mahsulotlarining yonishidan hosil bo‘ladigan sulьfat (SO 2 ),va is gazi (SO 2 ) dir. SO 2 havoda tez oksidlanib, sulьfat angidrid SO 3 ga aylanadi va havo bilan birikib sulьfat kislotasi SO 4 ni hosil qiladi. Ma’lumki, sulьfat kislotasi qurilish materiallarini emiradigan agressiv muhitni hosil qiladi (kimyoviy ta’sir, 1.13 va 1.14.- rasmlar). Tosh va beton konstruksiyalarini asta-syokin emiradigan, o‘zidan nordon moda ajratadigan lishayniklarning va qo‘ziqorinlarning ba’zi turlari mavjud (biologik ta’sir, 1.13 va 1.14.-rasmlar). Bunday biologik ta’sirlar natijasida yog‘och konstruksiyalarida ma’lum bir harorat va namlik (23-25%) sharoitida egilish deformatsiyalari paydo bo‘la boshlaydi. Metallning bardoshliligi korroziya (zanglash)ning jadalligi bilan aniqlanadi (qalinlikning kamayishi, mm/yil o‘lchamida), o‘rtacha agressiv muhitda (0,1mm/yil). Konstruksiyaning ko‘ndalang kesim yuzasi 25 yil ekspluatatsiya jarayonida 5% ga kamayadi. Agressiv muhitda esa bu ko‘rsatkich o‘shancha vaqt oralig‘ida 20-25% ga etadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Faradey qonuniga asosan, 1 A tok konstruksiyaga ta’sir qilganda, 1 yil ichida 9,12kg temirni, 33,8kg qo‘rg‘oshinni emiradi. Ko‘rinib turibdiki, adashgan toklar qurilish konstruksiyasi uchun juda xavflidir. Yyqorida sanab o‘tilgan faktorlar bino konstruksiyasini sekin-asta yoki to‘satdan loyihada belgilangan ishonchliligini kamaytiradi. 20 Buning natijasida butun ekspluatatsiya mobaynida turli xildagi faktorlar ta’sirida konstruksiya elementlarida sezilarli o‘zgarishlar paydo bo‘lib, natijada ichki kuchlar taqsimotining buzilishiga olib keladi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling