12
Tennis korti. Yoshlarning yana bir sport markazi bu- «Tennis korti»
hisoblanadi. Bu «Tennis korti» teleminora yaqinida joylashgan bo‘lib, zilzilaga
chidamli konstruksiyalardan tashkil topgan.
1.8-rasm. Tennis korti
Televizion minora 1978-1985- yillarda Bo‘zsuv kanalining o‘ng
sohilida
balandligi 375 m bo‘lgan televizion minora qurildi. Bu inshoot balandligi
jihatidan MDHda Moskvadagi «Ostankino» televizion
minorasidan keyin
ikkinchi o‘rinda, O‘rta Osiyoda birinchi o‘rinda turadi. Bu televizion minora
televizion programmalarning taxminan 100 km radiusda bevosita ko‘rsatilishini
ta’minlaydi. Telivizion minora hajmi 55500 m
3
, metall konstruksiyalar
massasi
6000 tonna, minora ustunidagi bino hajmi 15000 m
3
. Inshoot konstruktiv
sxemasining echimi televizion minora quriladigan territoriyaning 9
ballik
seysmik rayondaligi bilan bog‘liq. Minora o‘zagi ichida tezyurar lift va
kommunikatsiya shaxtalari, xizmat xonalari va evakuatsiya zinalari mavjud.
1.9- rasm. Televizion minora
13
Milliy bank. Milliy bank binosi O‘zbekiston
mustaqil rivojlanishining
ramzi sifatida ko‘kka bo‘y cho‘zgan. Bu binoning zamonaviy hajmiy
kompozitsiyasi
va
dizayni
yangi
asr
bo‘sag‘asida
mamlakatimiz
me’morchiligidagi yangi yo‘nalishlarini belgilab beradi.
1.10-rasm. Milliy bank binosi
Do'stlaringiz bilan baham: