Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

 
 



 
I BOB. “BINO VA INSHOOTLAR XAVFSIZLIGI” FANINING 
NAZARIY ASOSLARI 
 
1.1. 
Respublikamizdagi bino va inshootlarning kelib chiqish tarixi va 
ularning tahlili 
 
Respublikamizda oxirgi 24 yil davomida qurilish sohasida keskin 
o‘zgarishlar, yangi ko‘rinishdagi zamonaviy binolar, chet ellarda tan olingan 
hashamatli imoratlar qad ko‘tardi. Ayniqsa Toshkent, Samarqand, Nukus va 
boshqa viloyatlarda saroylar, markazlar, sport komplekslari, mehmonxonalar
qolaversa Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida ulkan sanoat inshootlari qad 
ko‘tarib halq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatmoqdalar. Respublika poytaxti Toshkent 
shahrida Interkontinental, Milliy Bank, mehmonxonalar binolari, saroy va sport 
komplekslari, metro stansiyalari, uzun ko‘priklar qurilish imkonini ko‘rsatib 
shaharni bezab turmoqda. 
Toshkent shahri 2000 yildan ortiqroq tarixga ega. Bu davr ichida u oddiy 
manzilgohdan jahondagi yirik shaharlardan biri O‘zbyokiston Respublikasining 
poytaxtigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Asrlar davomida shahar o‘zining tinch 
hayotidagi muhim voqealarni va suronli jangu- jadalni, yuksalish va inqiroz 
davrlarini boshidan kechirdi. Necha bor shahar vayron bo‘lib, qayta qad 
ko‘tardi. Qadimiy o‘rnidan necha bor siljib, nomi ham bir necha marta o‘zgardi. 
Toshkent - O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. Boshqa mamlakatlar 
bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarga imkoniyat tug‘dirgan Buyuk Ipak yo‘li bu 
shahar orqali o‘tgan edi. Qadimiy Shoshda turli davrlar san’ati va qurilish 
madaniyatini aks ettiruvchi ko‘plab me’morlik yodgorliklari saqlanib qolgan. 
Mingo‘rik, Oqtepa, Xonobod va boshqa maskanlarning arxeologik yodgorliklari 
shaharsozlik bu erda ilk o‘rta asrlardayoq gurkiraganidan dalolat beradi. Arablar 
fatxidan keyin hozirgi Toshkent hududida shahar hunarmandchilik manzillari: 
Ko‘kcha, Kallaxona, Tanhoshahar va boshqalar vujudga kelgan. 
XIII asrda Toshkent ham vahshiy
Chingizxonning qo‘shinlari oyog‘i ostida 
toptaldi. Amir Temur davrida shahar ko‘kragiga shamol tegdi. Uning 



tuzilmasida ark ajralib turar, shahar bir necha darvozali devor bilan o‘ralgan edi. 
Shahar miqyosida Xazrati imom Zayniddin Quyi Orifoniy, SHayhontaxur kabi 
xushsurat yodgorlik majmualari bunyod etildi. Ulardan bir qismi bizgacha 
saqlangan, XVI asrning ikkinchi yarmida Shahriston chekkasida Ko‘kaldosh 
madrasasi qad rostlaydi. SHahar daxa deb nomlangan: Shayhontaxur, Ko‘kcha, 
Sebzor va Beshyog‘och singari qismlardan tarkib topgan. Toshkent XIX asrga 
qadar qo‘shni mamlakatlar va ko‘chmanchi qabilalarning hujumlariga uchragan, 
biroq shunga qaramay, u qayta va qayta qaddini rostlayvergan.
Toshkentning Eski shahar hududida shahar rivojlanib ravnaq topib, o‘z 
izlarini qoldirgan. Toshkent shahrining Choshtepa va Yangi shahar hududidagi 
Mingo‘rik-Afrosiyob arxeologik yodgorliklari bo‘lgan. SHaharning keyingi, 
uchinchi davri Binkat (Beruniy bo‘yicha turkiylar “Toshkent” deb atalgan 
shahar) bilan bog‘liq. Ko‘pchilik olimlar (V.Bartold, M.Masson, YA.G‘ulomov 
va boshqalar) fikriga ko‘ra, Binkatning markaziy qismi Eski Jo‘va, Xadra, 
Chorsu oralig‘ida joylashgan. Ark (“Ko‘hna diz” ham deyilgan, Eski Jo‘va 
tepaligida) Kalkovuzdan chiqqan Jangob va Registon ariqlari (60-yillarda 
ko‘milib ketgan) oralig‘i uchburchak shaklidagi joyni egallagan edi deb, faraz 
qilinadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling