Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

Texnikaviy sabablar guruhiga loyihadagi xato – kamchiliklar, qurilish 
texnologiyasidagi noqulfyliklar hamda uslub tanlashda yo‘l qo‘yilgan xatolar 
sabab bo‘lishi mumkin. 
Tashkiliy sabablar guruhi esa mehnat sharoitlarini va ish qurollarini 
xavfsizlik talabiga javob bera olmasligi, ish jarayonlarini vaqt birligidagi ketma-
ketlik tartibiga rioya qilmaslik, himoya vositalari va yordamchi moslamalarni 
yo‘qligi yoki ulardan noto‘g‘ri foydalanish, ishni ilmiy asosda tashkil etish 
qoidalariga e’tiborsizlik va shu kabilar sabab bo‘la oladi. 
Ruxiy – psixofiziologik sabablar guruhiga ishchi va muhandis 
rahbarlarning mafko’raviy va ahloqiy qoidalarga rioya qilmasliklari, odamlarni 
balandlikda o‘zini noqulay his etishi, asabini buzilishi va dam olish vaqtida 
noto‘g‘ri foydalanish va shunga o‘xshash nuqsonlar kiradi. 
Sanitariya va gigienik sabablariga esa ishchilarni o‘z vaqtida jismoniy 
ko‘rikdan o‘tkazilmaganlik, mehnat sharoitini SanQM talablariga mos ravishda 
tashkil qilmaganlik, tannafus qilmasdan ishlashlik, atrof-muhitni gigienik 
holatiga ma’sulyatsizlik bilan qarash va h.k. misol bo‘ladi. 


33 
Endi shu sabablarning ba’zilariga hayotiy misollar asosida aniqlik kiritamiz. 
Birinchi misol, 1984 yili Namangan shahrida qurilgan 7 qavatli ma’muriy 
binoning oxirgi qavatida karniz plitalari o‘rnatilayotgan vaqtda, qurilish rahbari 
– ish yurituvchisi tomonidan yo‘l qo‘yilgan qo‘pol xato va kamchiliklar, ya’ni 
bir yo‘la qurilish texnologiyasini va mehnat sharoiti talab va qoidalarini qo‘pol 
ravishda buzganligi sababli, binoning bir qismida tomyopg‘ich plitalar qulab 
tushgan. Natijada ish yurituvchini o‘zi qulab tushayotgan qurilmalar orasida 
qolib nobut bo‘lgan, yana uch kishi og‘ir tan jarohati bilan (bir kishi juda og‘ir 
ahvolda) kasalxonaga yotqizilgan edi. 
Bu fojeani tahlili shuni ko‘rsatadiki, mazkur qurilish maydonida ishlar 
umuman mehnat xavfsizligini ta’minlovchi tartibot chizmalarisiz va ishni tashkil 
qilish loyihalarisiz olib borilgan. Ish yurituvchini xonasida binoning atigi bitta er 
usti qismiga talluqli bo‘lgan bosh tarx va qurilmalarni o‘zaro bog‘lashga mansub 
bo‘lgan va ko‘tarma moslamalarini umumiy tarzda ko‘rinishi aks ettirilgan, 
chizmalar bo‘lgan xolos, ammo texnologiya masalalariga taalluqli loyihalar 
topilmagan. Demak, qurilishni ishchilar va muhandislarni tajribalari va idrokiga 
tayangan holda rejasiz olib borilgan. Vaholanki bunday zamonaviy binolarni 
qurish albatta ishlab chiqarish loyihalari, ya’ni har bir ish bo‘yicha texnologik 
xaritalari, to‘rsimon ish grafiklari va ashyolar ta’minoti grafigi va barcha 
qurilish jarayoni ketma – ketligi va xavfsizlik qoidalarini o‘zida aks ettirgan 
holda ishlab chiqilib qabul qilingandan keyingina ish yuritishga ruxsat etilishi 
lozim edi. 
Bu qurilish misolida yo‘l qo‘yilgan xatolar baxtsizlikka olib keluvchi ham 
texnikaviy, ham texnikaviy, ham tashkiliy sabablarga misol bo‘la oladi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling