Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkiliy sabablarga oid xatolar
Texnik sabablarga oid xatolar:
1. Qurilish texnologiyasiga taaluqli ishlab chiqarish loyihalarini yo‘qligi; 2. Qurilmalar ta’minoti ketma-ketlik grafigining yo‘qligi; 3. Birinchi qavat rigelini ettinchi qavatga ishlatilganligi; 4. Ustun va rigeldan chiqqan armaturalarni qoidaga zid payvandlanishi; 5. Rigel bilan ustunni ulangan joylarida past markali beton ishlatilganligi; 34 6. Seysmik kamarning o‘ta sifatsiz bog‘langanligi va h.k. Tashkiliy sabablarga oid xatolar: 1. Kranda yuk ko‘tarish tartibini buzilishi (4 ta karniz plitasini baravariga ko‘targan); 2. Yuk ko‘taruvchi asosiy qurilmalarni tutashtiruvchi tugunlarni sifatsiz betonlanishi; 3. Zilzilaga qarshi ishlovchi seysmik kamarning sifatsizligi; 4. Ishchilarning ehtiyot kamaridan foydalanmaganliklari; 5. Etarli darajada mehnat xavfsizligi va muallif nazoratining yo‘qligi va boshqalar. Hamma kuzatishlarga asoslanib xulosa qilganda ma’lum bo‘ldiki, binoning qulab tushishiga texnik sabab bo‘lgan asosiy omillardan biri yuk ko‘taruvchi karkasni loyiha talabi darajasida ustivorligi ta’minlanmaganligi bo‘lsa, ikkinchisi qo‘pol ravishda to‘rtta parapet plitasini bir yo‘la ko‘tarib, hali o‘z joyida mustahkam qotirilmagan rigellarga tayangan tomyopgich plitalari ustiga qo‘yilishidir. Buning oqibatida ustma-ust qo‘yilgan perapet plitalaridan tushayotgan og‘irlik kuchi ta’siriga bardosh berolmagan ko‘ndalang rigellardan biri o‘z joyidan pastga qarab ko‘cha boshlaydi va ikkala ustun bilan ulangan joyidan uzilib tushadi. 2.2. Gidrotexnik inshootlarga oid qonun va me’yoriy hujjatlar mazmuni va mohiyati O‘zbekiston Respublikasining gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida qonuni 1999 yil 20 avgust, 826-II-sonli qarori bilan qabul qilingan. Ushbu Qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ulardan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, tiklash, konservatsiyalash va tugatishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdir. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. 35 Qoraqalpog‘iston Respublikasida gidrotexnika inshootlari xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham amalga oshiriladi. Agar O‘zbyokiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbyokiston Respublikasining gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling