Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
3.3. Ko‘priklar
Ko‘priklar asosan quyidagi holatlarda quriladi: noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida daryolar va boshqa suv xavzalari ustidan, yo‘llar ustidan (puteprovodlar). jarliklar va qiyaliklar orqali (estakadalar) o‘tkaziladi; vazifasiga ko‘ra; temir yo‘l ko‘priklari, avtomobilь yo‘llari ko‘priklari, shahar ko‘priklari, piyodalar uchun ko‘priklar, bundan tashqari transport vositalarining birgalikda o‘tishilari uchun, suv ta’minoti uchun (akveduklar). neft va gaz maxsulotlarini o‘tkazish uchun quriladi; ishlatiladigan qurilish materiallari bo‘yicha: - yog‘och ko‘priklar, tosh ko‘priklar, temir-beton ko‘priklar, temir ko‘priklar bo‘ladi. Ko‘priklar qurilishiga sarflanadigan harajatlar yo‘l qurilishining 15 % ni, tez yurar yo‘llar qurilishida esa undan ham ko‘proqni tashkil etadi. Ko‘priklarga mustahkam, ishonchli va umrboqiy bo‘lishi uchun alohidagi talablar qo‘yiladi: ko‘prik konstruksiyalarini zavodda industrial usulda tayyorlash, montaj ishlarini mexanizatsiyalashtirish va o‘z navbatida ishlarni tez va yuqori sifatda bajarilishini ta’minlash talablari qo‘yiladi. 51 Ko‘priklar, odatda, ustunlar va oraliq qurilmalardan tashkil topadi. Oraliq ko‘prik qurilmalari daryo (suv transportlari qatnovi o‘tgan joylar) va qirg‘oq (qolgan qismi) turlariga bo‘linadi. Oraliq ko‘prik qurilmalarining qatnov qismi asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyalardan pastda va yuqorida joylashishi mumkin. Ko‘prik ustunlariga yuklar ustun tirkaklari orqali uzatiladi. SHunday sistemalar ham uchraydiki (masalan, ramali), ularda oraliq qurilma ustunlar bilan birgalikda yaxlit sistemani tashkil etadi. Ko‘priklarning asosiy o‘lchamlari: to‘liq, uzunligi L; oraliq qurilmalar ustunlarining markazlaridan o‘lchanadigan I 1 , I 2, I 3 ., hisobiy oralig‘i; ustunlar oraliqlari I 01 , I 02 , I 03 ; qatnov qismining va piyodalar yo‘lining kengligi. Konstruksiyaning balandlik bo‘yicha holati satxlar (otmetka) bilan belgilanadi. Suv tarnsporti qatnaydigan joylardagi ko‘priklar balandligi hamda asosiy oraliqlarning o‘lchamlari odatda suv transportini o‘tkazish shartidan aniqlanadi. Puteprovodlar uchun oraliq, uzunligi va ko‘prik balandligi uning ostidan o‘tgan yo‘lning gabaritlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Boshqa vaziyatlarda esa qatnov qismining satxi odatda ko‘prik ustidan o‘tuvchi yo‘lni trassalash shartlaridan kelib chiqiladi. Oraliqlar soni va uzunligi ko‘prik loyihasini bir nechta variantlarini taqqoslash orqali iqtisodiy tejamli variantidan kelib chiqiladi. qatnov qismining va xizmat trotuarlarining kengligi hamda ko‘prik osti erkin soxasining kengligi va balandligi ma’lum tartibda harakatlanadigan transportini to‘xtovsiz xarakatini ta’minlashi lozim. MDX davlatlarida ko‘priklarning qatnov qismining kengligi bitta temir - yo‘l uchun 4,9 m.ni (xizmat trotuarlari bilan birgalikda) tashkil etadi. Avtomobil yo‘llari uchun mo‘ljallangan ko‘priklarning qatnov qismlari esa harakatlanadigan avtomobillar uchun ajratilgan polosalar soniga bog‘liq (polosalar kengligi 3,5-3,75 m bo‘lganda). Ko‘priklar asosiy konstruksiyalari bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratiladi: to‘sinli ko‘priklar, arkali ko‘priklar, ramali ko‘priklar, osma ko‘priklar, vant sistemali ko‘priklar, aralash konstruksiyali_ko‘priklar. Alohidagi ko‘priklarni 52 suv-ustida bevosita joylshtirilgan ko‘priklar, ajraluvchi ko‘priklar va yig‘ma ajralma ko‘priklar tashkil etadi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling