Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

Rezervuarlarning tubi. Temirbeton rezervuarlarning tubi asosan monolit 
temirbetondan (yoki torkret betondan asosida) tayyorlanadi. 
Rezervuarning shaklissilindrsimon yoki to‘g‘ri to‘rtburchakli bo‘lishidan 
qat’iy nazar ularni tubidagi plitasining qalinligi har hil bo‘ladi, lyokin u 
rezervuar sig‘imining o‘zgarishiga proporsional bo‘lmaydi. Masalan, sig‘imi 
2000-2500 m
3
bo‘lgan rezervuar tubining qalinligi bilan sig‘imi 5500-7000 m
3
bo‘lgan rezervuar tubining qalinligi bir-biridan kam farq qiladi. Sig‘imi 7600 m
3
bo‘lgan rezervuar tubi plitasining qalinligi sig‘imi 45000 m
3
bo‘lgan 
rezervuarnikidan katta bo‘lishi yuqorida ta’kidlangan fikrlarni tasdiqlaydi. 
SHunga o‘xshash holat to‘g‘ri burchakli rezervuarlarda ham kuzatiladi. 
Zo‘riqtirilgan armatura qo‘llanilgan hollarda rezervuar tubining qalinligi 
kamayadi.
Rezervuar shaklidan qat’iy nazar, uning devori bilan tubining birikkan 
joylarida uning tubi plitasining qalinligi ortadi va uning ortishi o‘rta qismining 
qalinligiga nisbatan 2 barobar yoki undan ko‘proq bo‘lishi mumkin. 
Rezervuar tubining qalinlashtirilgan qismi uning devorlari uchun tayanch 
(poydevor) plitasi bo‘lib xizmat qiladi. Rezervuar tubi bilan devorining birikkan 
joyi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar poydevor plitasi qo‘llaniladi. 
Rezervuar devorlari. Barcha turdagi va turli sig‘imga ega bo‘lgan 
rezervuarlarda uning devorlari asosan monolit temirbetondan (yoki torkretbeton 
asosida) quriladi. Devorlari yig‘ma temirbetondan bo‘lgan rezervuarlar ayrim 
hollardagina quriladi. Buning asosiy sababi yig‘ma temirbeton devor panellari 
hamda tubi bilan choklarini monolit birlashtirish ko‘p mehnat talab qiladi. 
Monolit temirbetonda esa betonlash paytida choklar hosil bo‘lmaydi. 


66 
Silindrsimon temirbeton rezervuarlar devorlarining qalinligi 120 mm dan 
160 mm ga o‘zgaradi. Oddiy va oldindan zo‘riqtirilgan temirbetonlarda 
devorning qalinligi bir-biridan farq qilmaydi. Nazariy jihatidan olganda 
oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton devorning qalinligi oddiy temirbetondan 
tayyorlangan devornikiga qaraganda kichikroq qilib qabul qilinishi mumkin. 
Agar shunday qilinsa, beton qorishmasini yotqizishda beton etarli darajada 
zichlanmay qolishi hamda uning suv o‘tkazmaslik talablarini ta’minlash qiyin 
bo‘ladi. Undan tashqari beton yaxshi zichlanmasligi natijasida talab qilingan 
sifatga ega bo‘lmaydi. 
Rezervuar sig‘imining hamda balandligining 10 m dan ortishi rezervuar 
devorlarining qalinligini keskin ortishiga olib keladi. Aksariyat hollarda 
rezervuar devorlarining balandligi o‘zgaruvchan kesimga ega bo‘ladi. Katta 
sig‘imli rezervuarlarni loyihalashda (sig‘imi 30000 m

dan ortiq) devorning 
yuqori qismi qalinligi pastki qismidagi qalinligidan ikki-uch barobar kamroq 
bo‘lishi mumkin. 
To‘g‘ri to‘rtburchakli rezervuar devorining qalinligi, sig‘imi bir xil va bir xil 
beton qo‘llanilganssilindrsimon rezervuarlarnikiga qaraganda kattaroq bo‘ladi. 
Devor yuqori qismining qalinligi kamida 200 mm ni tashkil qiladi. Agar 
devorning qalinligini kamaytirib, uni 150 mm ga keltirsak, demak devorda 
pilyastrni borligi nazarda tutilgan. Bunday turdagi rezervuarlarning devori 
o‘zgaruvchan kesimga ega bo‘ladi: devorning qalinligi uning balandligi 
bo‘yicha o‘zgaradi va qalinliklari orasidagi farqlar 1,5 barobar yoki undan 
ko‘proqni tashkil qiladi. Kamdan-kam hollardagina devorning qalinligi uning 
balandligi bo‘yicha o‘zgarmas bo‘ladi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling