Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidrotexnik inshootlar
- Gidrotexnika inshootlari turlari Foydalanish maqsadi va xususiyatiga qarab
2.3. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash Insonlar aql - idroki va amaliy mehnati evaziga bunyod etilgan u yoki bu inshootlarning biror tashqi kuch yoki tabiiy ofat tufayli ishlash muvozanatining buzilishi oqibatida kelib chiqadigan nohush xolatni vujudga kelishiga sababchi bo‘lgan konstruksiya qismlari yoki qurilish texnologiyasidan chetga chiqish xavfli holatdir. Quyida inson hayoti uchun o‘ta zarur bo‘lgan tabiat ne’mati suv va u tufayli bunyod etilgan inshootlar xaqida qiskacha tushunchalar va ularda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush oqibatlarni oldini olish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash choralari xaqida fikr yuritamiz. Gidrotexnik inshootlar: to‘g‘onlar (plotinalar), suv tashlash, suv bo‘shatish, suv o‘tkazish, suv chiqarish inshootlari, tonnellar, nasos stansiyalari, kanallar, gidroelektr stansiyalari binolari, suv omborlari qirg‘oklari, daryo va kanallar o‘zanlari va tubini toshqin hamda emirishlardan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan inshootlarga aytiladi. ◼ Gidrotexnika (gidrodinamik) xalokatlar bu gidrotexnik inshoot yoki uning biror qismi ishdan chiqib buzilishi natijasida boshqarib bo‘lmaydigan juda katta suv massasini bostirib kelishi tufayli vujudga keladigan Favqulodda vaziyatdir. ◼ GTI (Suv omborlari, daryolar, kanallar) ning buzilishi, baland tog‘ ko‘llarining urib ketishi natijasida suv bosishi gidrotexnik xalokatlar va falokatlar sodir bo‘lishiga olib keladi hamda odamlarni qurbon bo‘lishiga, sanoat, qishloq xo‘jalik ob’ektlari, suv bosgan hududdagi aholining xayot 43 faoliyatini izdan chiqishiga sabab bo‘ladi va shoshilinch ko‘chirish (evakuatsiya) tadbirlarini o‘tkazishni talab qiladi Gidrotexnika inshootlari turlari Foydalanish maqsadi va xususiyatiga qarab ◼ Suv – energetika inshootlari; ◼ Suv ta’minoti inshootlari; ◼ Sug‘orish inshootlari; ◼ Suv oqava chiqarish inshootlari; ◼ Suv – transport inshootlari; ◼ Baliq xo‘jalik inshootlari; ◼ Sport inshootlari; ◼ Bezak inshootlari va hokazo. Ma’lumki, O‘zbyokiston Respublikasida hozirgi paytda 19 mlrd. 700 mln. kub m suv sig‘dira oladigan 53 ta suv ombori, daryo suvlarini viloyat va tumanlarga taqsimlab beruvchi 150 dan ortiq suv tug‘onlari, 28122 km uzunlikdagi magistral kanallar va boshqa suv inshootlari mavjud. Gidrotexnika inshootlarning ayrimlari katta shaharlar va yirik aholi yashash joylari yaqinida joylashga bo‘lib, yuqori darajadagi xavfli obektlar hisoblanadi. Gidrotexnik inshootlari, ko‘rsatkichlariga ko‘ra har xil bo‘ladi: 1) joylashgan o‘rniga ko‘ra: a) er usti inshootlari (daryo, ko‘l, kanal va h.k); b) er osti inshootlari (o‘tkazuvchi quvurlar, tunellar va h.k). Markaziy Osiyo hududida quyidagi gidrotexnika inshootlari mavjud bulardan Chordara, Qayroqqum, Tuxtagul, Andijon, Nurek, Tolimarjon, Rog‘un va boshqalar Gidrotexnik inshootlari quyidagi ta’sirlar natijasida buziladi: 1) tabiiy ofatlar oqibatida (zilzila, ko‘chki, jala yomg‘irlar yuvib ketish va boshqalar); 2) uskunalarning tabiiy emirilishi va eskirishi; 3) inshootni loyihalash va qurishdagi xatoliklar; 44 4) suvlarni ishlatish qoidalarini buzilishi; 5) portlatishlar oqibatida (harbiy harakatlar, terrorchilik va boshqalar). Gidrotexnik inshootlarining buzilishi natijasida muayyan oqibatlarga olib keladi, jumladan: Gidrotexnik inshooti o‘z vazifasini bajarmay qo‘yishi; suv to‘lqinini insonlarga zarar etkazishi va turli inshootlarni buzilishi; hududlarni suv bosib, mol-mulkka, erlarga, moddiy resurslarga va boshqa obektlarga jiddiy moddiy zarar keltiradi. SHuning uchun bunday inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlar zimmasiga ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonunining 8,9-moddalarida ko‘rsatib o‘tilgan majburiyatlar yuklangan. Unga ko‘ra bunday xavfli obektlarni loyihalash, qurish va ishlatish davomida xavfsizligini pasayish sabablarini tahlil etish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyani oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va bajarish, shuningdek bunday masalalar bo‘yicha favqulodda vaziyatlar tizimlari bilan hamkorlik qilish ta’kidlab o‘tilgan. SHu o‘rinda 2009 yil 17 avgustda Rossiyaning “Sayana- SHushenskaya” GESida bo‘lgan avariya to‘g‘risidagi ma’lumotni ta’kidlab o‘tish joiz. Ushbu gidroinshoot juda baxaybat qurilgan bo‘lib uning uzunligi 1 km dan uzun, balandligi 250 m, gidrostatik vazni 22 mln tonnani tashkil etadi. GES ning avariyaga uchrashishining sababi, 1985 yilda gidroinshoatning eng baland ustuni darz ketib, Enesey daryosining bu qirg‘og‘idan u qirg‘og‘igacha bo‘lgan butun to‘g‘on tanasida yoriq p’aydo bo‘lgan. YOriqdan xar soniyada 550 litr suv oqib o‘ta boshlagan va natijada to‘g‘on betoninig emirilishi boshlangan. Emirilish jarayoni 8 yil mobaynida davom etgan va 1996 yildagina Fransuz mutaxassislari tomonidan yoriq polimer materiallari bilan yaxlitligi tiklangan. SHu davr mobaynida (8 yil) inshoatning ba’zi bir seksiyalari 97 mm dan - 107 mm gacha joyidan siljigan. Ammo, “Gidrotexnik inshoatlar xavfsizligi” to‘g‘risidagi qonunga binoan, 108 mm ga siljish xavfsizlik nuqtai nazaridan “taxlikali” xolat xisoblanadi. SHunday ayanchli xolatga qaramasdan, gidroinshoatdan foydalanib kelishligi oqibatida to‘g‘onning ikkinchi agregat qisimlari sochilib qulab tushgan va yong‘in paydo bo‘lgan. Bu avariyaning 45 talafoti natijasida 100 dan ziyod fuqarolarning qurbon bo‘lganligi va katta moddiy zarar ko‘ringanligi ma’lum. Gidrotexnik inshootlarda avariya bo‘lmasligi uchun muhofaza qilinish chora-tadbirlarini amalga oshirish zarur, jumladan: 1) Gidrotexnik inshootlarini loyihalash va qurilishda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik; 2) Gidrotexnik inshootlaridan to‘g‘ri foydalanish; 3) Gidrotexnik inshootlaridagi belgilangan tadbirlarni va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida bajarish; 4) qirg‘oq va inshoot tubini mustahkamlash ishlarini o‘tkazish; 5) Suv chiqarishda va g‘amlashda qonun qoidalarga rioya etish (vaqtga mos ravishda taqsimlanishi); 6) Qo‘shimcha suv omborlari yordamida toshqin suvlar oqimini tartibga solib turish: 7) Gidrotexnik inshootlaridagi vaziyatni doimo kuzatib turish; 8) Gidrotexnik inshootlari hududini chet elli kishilar kirishidan ishonchli qo‘riqlash; 9) Falokatlarga olib keladigan noqulay omillar bo‘lish ehtimolini oldindan aytish taxminlarini tuzish uchun gidrotexnik sharoitni muntazam kuzatib borish. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling