Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metroplitenni loyihalash
3 .4. Metropoliten
Metropoliten, metro (frans. poytaxtlik, grekcha — asosiy shahar, poytaxt), yo‘lovchilarning katta oqimini tez tashishni amalga oshiradigan shahar yo‘llaridan tashqari harakatlanuvchi temir yo‘ldir. Metro o‘zining katta o‘tkazuvchanlik qobiliyati, barqaror qatnovi, poezdlarning yuqori darajadagi ekspluatatsion tezligi, qolaversa xavfsizligi bilan 54 ajralib turadi. Metroning yo‘llari erning ostida yoki ustida bo‘ladi. Er osti metrosi keng tarqalgan bo‘lib, u shaxarning tarixiy loyihasiga, shaxar transporti qatnovi va uylarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Metroning er usti yo‘llari qurilish siyrak bo‘lgan joylarda, foydalanilayotgan metro tarmoqlarini kengaytirishda metro stansiyalarini shahar atrofi temir yo‘llari bilan bog‘lashda, depoga ulanadigan yo‘llarda quriladi. Metroning er usti yo‘llari to‘siqlar bilan o‘rab qo‘yilishi kerak. Joylarning rel’efiga qarab avtomabilь va temir yo‘llarning, suv va boshqa to‘siqlarning ustidan olib o‘tiladi. Aholisi 1mln dan ortiq bo‘lgan shaharlarda tezkor metro transportiga extiyoj seziladi. Metropoliten katta qurilish majmuasi bo‘lib, asosiy stansiyalar, vestibyullar, xizmat xonalari, eskalatorlar, tonnellar, yiguvchi kamera va yo‘laklar, vagon deposi ishlab chiqarishssexlari, maishiy xizmat xonalari, elektr podstansiyalari, muhandis va sanitar texnik uskunalar, ventilyatsiya, suv chiqarish va suv bilan ta’minlash qurilmalaridan tashkil topadi. Metroplitenni loyihalash. Sanoat korxonalari va turar-joy komplekslarining ortib borishi, shahar chegaralarining kengayishi, mehnatkashlarning dam olish zonalarini tashkil qilish shahar transport vositasini, birinchi navbatda nihoyatda qulay va manzilga tez etkazib qo‘yuvchi metro qurilishiga ilmiy yondoshishni talab etadi. Metroni loyihalashning asosiy yo‘nalishi shahar rivojlanishining bosh rejasiga muvofiq, metro tarmoqlarining bosh sxemasi asosida yirik sanoat korxonalariga va dam olish muassasalariga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallanib passajir oqimining kattaligi va yo‘nalishi, shahar va shahar atrofidagi passajir transporti bilan zarur bo‘lgan bog‘lanishlar hisobga olinadi. Metro uzoq masofani bosib o‘tuvchi passajirlar uchun qulay, shuning uchun stansiyalar orasidagi masofa 1-2 km belgilanadi. Berlin, Madrid, Milan, Buynos-Ayres, Toronto va boshqa Evropa va Amerika shaharlarida 500-800m qilib belgilanadi. Parij, San-Fransisko, Los-Anjeles, Nьyu-York stansiyalari orasi 3-6 km ni tashkil etadi. Ular oddiy yo‘llar orqali qisqa va qulay o‘tish joylari bilan tutashtirilgan. 55 Metropoliten tarmoqlarini joylashtirish chuqurligi, tonnel inshootlarining turlari va bu ishlarni olib borish usullari chuqur taxlildan o‘tgan qurilish, muxandislik-geologik, texnik-iqtisodiy va h,q. tadqiqotlar asosida o‘rnatiladi. Past chuqurlikda joylashgan metro tarmoqlari nisbatan iqtisodiy tejamli bo‘ladi. Ular qulay bo‘lib, ekspluatatsiyasi ham arzondir. Yo‘lovchi poezdlarga kelish va bekatlarga chiqish uchun kam vaqt sarflaydi. Past chuqurlikda joylashgan metro tonnellari odatda 10-15 m chuqurlikda joylashadi. CHuqur joylashgan (30-50m) metro tonellari esa er osti xo‘jaligi rivojlangan, zich holatda joylashgan ko‘p qavatli rayonlarda, bundan tashqari noqulay geologik va gidrogeologik sharoitlarda past chuqurlikda joylashuvchi metro yo‘nalishlarini loyixalash iloji bo‘lmagan vaziyatlarda loyihalanadi. CHuqur joylashadigan metro tarmoqlari shaxarning me’yoriy hayotiga, binolarning ustuvorligiga va er osti muhandislik tarmoqlariga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling