Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamonaviy ko‘priklarning konstruktiv turlari
Ko‘prik turlari. To‘sinli ko‘priklar uzluksiz to‘sin yoki fermalardan iborat
bo‘lgan yuk ko‘taruvchi konstruksiyalardan tashkil topadi.; Uzluksiz to‘sinlar oddiy to‘sinlarga nisbatan bir qadar konstruktiv murakkab, birok,, ular iqtisodiy tejamli va harakatni tyokis bo‘lishini ta’minlaydi (bu ayniqsa tez yurar qatnov yo‘llar uchun qulaydir). Arkali ko‘priklar to‘sinli ko‘priklarga nisbatan oraliq qurilishida kam harajatlidir. Boshqa tomondan arkali ko‘priklarning asoslari konstruksiyasiga nisbatan gorizontal kuchlarni qabul qilishga moslashgan bo‘lishi kerak, shuning uchun ularni qurish harajatlari to‘sinli ko‘priklarni qurishga nisbatan qimmatroqdir. Tortqich qo‘llash orqali asoslarni kerki kuchdan xalos qilish mumkin, bu holda oraliq qurilishi qimmatlashadi. Ramali ko‘priklar to‘sinlar bilan oraliq qurilmalariga qo‘zg‘almas qilib maxkamlanadi. To‘sin bir nechta ustunlar bilan ulanadi. Hozirgi zamon ko‘priksozligida alohida t-simon rama shaklidagi elementlardan iborat ko‘priklar keng tarqalgandir. Osma ko‘priklar vazifasiga ko‘ra arkali ko‘priklarga o‘xshaydi, ammo ulardan farqli o‘larok osma ko‘prikning ko‘taruvchi elementlarining qavarig‘i pastga yo‘nalgan. Konstruktiv jixatdan osma ko‘priklar vant ko‘priklariga yaqindir. Zamonaviy ko‘priklarning konstruktiv turlari. Hozirgi zamon ko‘priksozligida metall konstruksiyali ko‘priklar yumshoq va kamliger po‘latlardan tayyorlanadi, ba’zi hollarda esa maxsus alyuminiy qotishmasidan foydalaniladi. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan balandlikka ega bo‘lgan metall konstruksiyali oralig‘i 80m temir yo‘l va oralig‘i 300 m bo‘lgan avtomobil ko‘priklarida yaxlit metall to‘sinlardan foydalaniladi. Asosiy to‘sinlar o‘zaro bog‘lanadi. To‘sinlarning ustiga temir-beton plitalar yotqiziladi. Plitalar maxsus tayanchlar yordamida asosiy metall to‘sin bilan ulanadi, shu bilan ularning 53 birgalikda ishlashi ta’minlanadi, konstruksiyada metallni tejash imkoni yaratiladi (bunday ko‘priklarni po‘latli temir-beton ko‘prik deb atashadi). Po‘lat listlardan tayyorlanib ichki tomonidan qovurg‘a va ko‘ndalang diafragmalar bilan mustahkamlangan qutisimon to‘sinlar ham qo‘llaniladi. Bunday to‘sinlarning o‘tish erlarini metall yoki temir-betondan tayyorlanadi. Bunday qurilmalarning tejamkorligi, engilligi va mustahkamligi, ulardan keng foydalanishga imkon yaratdi. Metall ferma shaklidagi ko‘priklar o‘ta katta oraliqlarda foydalaniladi (500m dan uzun). Bu fermalar butun fermalarga nisbatan tejamkor, ammo tayyorlash va yig‘ish anchagina murakkab. Temir yoki avtomobilь yo‘llarining o‘tish joylariga fermalar orasiga ko‘ndalang va bo‘yiga to‘sinlar yotqiziladi. Va ularga temir-beton yo‘l plitalari yoki temir yo‘l moslamalari mahkamlanadi. Arkali metall ko‘priklar oralig‘i 500 m gacha bo‘lgan masofani yopishda qo‘llanadi (asosi mustahkam gruntda). Ko‘proq bunday ko‘priklar tog‘li erlarda quriladi. Ko‘priklarni hisoblash asosan chegaraviy holatlar usuli bo‘yicha amalga oshiriladi. Ko‘priklarning har bir qismi inshootga ta’sir qiluvchi barcha ehtimoliy yuklarni lisobga olgan holda mustahkamlikka, deformatsiyaga, yorilishga bo‘lgan chidamlilikka hisoblanadi. Respublikamizda, ayniqsa Toshkent shaxrida oxirgi o‘n yil ichida bir nechta, uzunliklari 20,0 km uzun ko‘priklar qurilib, foydalanishga topshirildi. Poytaxtimiz husniga, chiroy qo‘shgan ko‘priklar asosan temir beton monolit va yig‘ma elementlardan foydalanib bunyod etildi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling