Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Binolarda portlashga qarshi himoya vositalarini loyihalash


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

9.6. Binolarda portlashga qarshi himoya vositalarini loyihalash. 
Portlashga 
moyil 
xonalari 
mavjud 
bo’lgan sanoat korxonalarini 
loyihalashda, ularni portlashdan va butunlay buzilib ketishdan asrab qolish 
uchun xizmat qiladigan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va tadbiq etiladi. 
Bunday tadbirlarni asosiy vazifasi sanoat korxonasining portlash xavfsizligini 
ta’minlash bo’lib, portlashga sabab bo’luvchi omillarni bartaraf etishga 
qaratilgan bo’ladi. Bu kabi xavfsizlik muammolari ishlab chiqorish tartibotini 
yaratish yoki tanlash jarayonida mukammal echilishi kerak. Ya’ni ishlab 
chiqorishda shunday texnologik tizimni tanlash lozim bo’ladiki, uni ishlatish 


 240 
jarayonida dastgoh va uskunalardan portlovchi gazhavo aralashmasini hosil 
bo’lishiga etarli bo’lgan yonuvchi gaz va suyuqliklarni oqib chiqishiga va 
chiqqan taqdirda ham portlaydigan miqdorgacha yig’ilib qolmasligini 
ta’minlayoladigan bo’lishi kerak. Agar barcha tadbirlarni bajarganda ham, 
portlash xavfi to’liq bartaraf etilmaydigan bo’lsa, bu holda bino va inshootlarni 
loyihalashda maxsus konstruktiv echimlar vositasi bilan ularni portlash 
oqibatidagi buzilish darajasini kamaytirish choralari qo’llaniladi. 
GOST 12.1.010-76 raqamli «Portlash xavfsizligi» davlat me’zoni talablari 
bo’yicha ishlab chiqorish jarayonlari shunday takomillashgan bo’lishi lozimki, 
yil davomida ularda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan portlash ehtimoli 1/10
6
dan 
oshmasligi kerak. Ammo harqancha texnologik ogohlantirishlar va texnik-
tashkiliy tadbirlarni qullanishiga qaramay, ba’zan talofatli portlashlar sodir 
bo’lib turadi. 
Bino va inshootlarni yonish va portlash xavfi bo’yicha A va B toifasiga 
kiruvchi sanoat korxonalarida, avariya holatida yonuvchi gaz yoki changlarni 
havo bilan xavfli aralashmasi hosil bo’lishi sababli yong’in yoki portlash sodir 
bo’lishi mumkin. Bunday hollarda bino va inshootlarni butunlay buzilib 
ketishdan saqlash maqsadida, KMK 2.09.02-85 «Ishlab chiqorish binolari» 
loyihalash me’yori talablariga binoan, ularda portlash paytida hosil bo’ladigan 
bosimni ta’sir kuchini kamaytiruvchi, maxsus «engil otilib ketuvchi (EOK)» - 
binoning yuk ko’taruvchi asosiy qismlarini saqlab qolish uchun xizmat qiladigan 
qurilmalar rejalashtiriladi. Engil otilib ketuvchi (EOK) qurilmalarga 
qo’yiladigan asosiy talab, xonadagi xavfli gazhavo aralashmasi bosimini 
portlash vaqtida, binoning asosiy yuk ko’taruvchi qismlarini buzilib ketmasligini 
ta’minlay oladigan darajada chegaralashdan iborat. 
EOK qurilmalari oldin aytganimizdek tashqi devorlarda yoki tomda 
o’rnatiladi. Devorda o’rnatiladigan qurilmalar tomdagisiga nisbatan 30-50% ga 
samaraliroq va tiklash jarayonida kam xarjliroq xisoblanadi. 


 241 
EOK qurilmalarni hisoblash va loyihalashda ularni massasini va 
mustahkamligini shunday tanlash kerakki, portlash vaqtida devor-larga 
tushadigan bosim (R
p
), ruxsat etilgan bosim (R
rux
) dan ortiq bo’lmasin, ya’ni

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling