Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Seysmik mustahkam binolarni loyihalash


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

10.4. Seysmik mustahkam binolarni loyihalash 
Zilzila paytida binolarning qulashi mislsiz falokatlarga olib keladi, shu 
boisdan ularning seysmik mustahkamligiga jiddiy e’tibor talab etiladi. Bino 
loyihalanayotganda hisob va hayot sinovlaridan o‘tgan ma’lum konstruktiv 
choralar amalga oshirilsa, inshootning zilzilaga qarshiligi ortadi. Tabiiyki, bunda 
qurilishning 
tannarxi 
qimmatlashadi. 
Quyida 
inshootlarning 
seysmik 
mustahkamligini oshirishga sarf etiladigan qo‘shimcha harajatlarning
hajmini ixchamlashga qaratilgan umumiy ko‘rsatmalar bayon etiladi. 
Seysmomustahkam binolarni loyihalashning umumiy qoidalari 
Zilzilaga bardoshli binolar loyihasini tuzayotganda ularning plandagi 
ko‘rinishi simmetrik bo‘lishiga hamda massa va bikrliklarning bir tyokisda 
taqsimlanishiga erishishga intilmoq zarur. Devorlar va ramalarning binoning 
bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlariga nisbatan simmetrik ravishda joylashtirish 
lozim. SHu yo‘l bilan buralma tebranishlarning oldi olinadi yoki ularning 
rivojlanishiga chek qo‘yiladi. 
Bo‘ylama va ko‘ndalang devorlar bino plani uzra uluksiz ravishda tutashib 
ketishi kerak. Planda ajralgan (uzilgan) devor o‘zi tutashgan ikkinchi devorga 
ziyon etkazishi mumkin. Agar biror sababga ko‘ra devorning uzlukli bo‘lishi 
talab etilsa, u holda uning konstruktiv davomini rama ko‘rinishida olsa bo‘ladi. 
Binoning plani iloji boricha sodda bo‘lgani ma’qul. Planda aylana, 
muntazam ko‘pburchak, kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi binolar 
zilzila kuchlariga qarshilik ko‘rsatishda murakkab shaklli binolardan ustun 
turadi. Agar me’morchilik yoki ekspluatatsiya talablariga ko‘ra planda 
murakkab shakldagi bino barpo etish lozim bo‘lsa, u holda binoni antiseysmik 
choklar vositasida oddiy shaklli qismlarga ajratish kerak. Oddiy shaklli 
binolarning devorlari va konstruktiv elementlari turli yo‘nalishlarda o‘zaro teng 
yoki bir-biriga yaqin mustahkamlik hamda bikrlikka ega bo‘ladi; shu sababli 
gorizontal seysmik kuchning istalgan yo‘nalishida bunday binolar teng qarshilik 
ko‘rsatadi. Bunday binolar buralma tebranishlarga ham yaxshi bardosh beradi. 


 256 
Toshkentdagi san’at saroyining tomosha zali planda aylana shaklda bo‘lganligi 
sababli, epitsentrga yaqin joylashgan bo‘lishiga qaramay, 1966 yil zilzilasiga 
juda yaxshi bardosh bergan. 
Bino yoki uning alohida qismlarining uzunligi normaga ko‘ra cheklangan 
bo‘ladi.

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling