Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
% Binolarning yuk ko‘taruvchi
konstruksiyalari Uzunligi m Balandligi, m (qavatlar soni) Hisobiy seysmiklik, ballarda 7 8 9 7 8 9 1 Metall yoki temir-beton karkas, monolit temir-beton devorlar Noseysmik tumanlar talab- lariga muvofiq, biroq 150 m dan oshmasligi lozim. Noseysmik tumanlar talablariga 2 Yirik panelli devorlar 80 80 60 45(14) 39(12) 30(9) 3 Kompleks konstruksiyali devorlar: a)temir-beton qo‘shimchalari va poyaslari to‘liq karkas hosil qiladi. 1 kategoriyali qo‘l ishi 2 80 80 60 30(9) 23(7) 17(5) CHunki normada ortiqcha uzunlikdagi binoning ayrim bo‘laklari tebranishning turli fazalariga tushib qolsa seysmik ta’sir kuchayib ketadi. SHu sababli uzun binolar antiseysimk choklar yoradmida kichik qismlarga (otseklarga) ajratiladi. Tejamkorlik nuqtai nazaridan antiseysmik choklar harorat va cho‘kma choklar bilan qo‘shib yuboriladi, ya’ni harorat choki bir vantning o‘zida ham antiseysmik, ham cho‘kma chok vazifasini o‘taydi. CHo‘kma choklardan farqli o‘laroq antiseysmik choklarni binoning butun balandligi bo‘ylab ajratish shart emas; poydevorlarni uzmay yaxlit qoldirish mumkin. Binoning konstruktiv echimiga qarab, antiseysmik choklarni qo‘sh devor yoki qo‘sh ustun (kolonna) ko‘rinishida olinadi. 257 Antiseysmik choklarning kengligi (eni) binoning balandligi va bikrligiga bog‘liq. Balandigi 5 m gacha bo‘lgan binolarda chokning eni 3 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Baland binoda chokning eni har 5 m da 2 sm dan kengaytirib boriladi. Bundan tashqari chokning bino maksimal siljishlarining ikkilangan qiymatidan kichikroq bo‘lishi kerak. Antiseysmik choklar ajratilgan qismlarning bemalol siljishiga (tebranishiga) imkon bermog‘i lozim. Aks holda qo‘shni qismlar o‘zaro urilib, qattiq shikastlanishi mumkin. Antiseysmik choklar orasidagi masofa hamda binolarning balandligi qurilish normalarida belgilangan. Bir otsek chegarasida binoning balandligini birday olish maqsadga muvofiqdir. Ayrim qismning balandligini kattaroq olish, shu qism massasining ortishiga va o‘z navbatida seysmik kuch miqdorining ortishiga olib keladi; Bu esa o‘sha qism elementlarining ko‘ndalang kesim o‘lchamlarini kattalashtirishni talab etadi. Umuman seysmik kuchlar miqdorini kamaytirish uchun bino konstruksiyalarining vaznini kamaytirish lozim. Buning uchun konstruksiya elementlarining ko‘ndalang kesimini kichikroq (mustahkamlikka putur etkazmagan holda) olib engil qurilish materiallaridan foydalaniladi. Binoning asosida hosil bo‘ladigan maksimal ichki kuchlar (ko‘ndalang kuch, eguvchi moment) miqdorini kichraytirish maqsadida seysmik kuchlar teng ta’sir etuvchisini mumkin qadar pastroqdan o‘tishiga erishish zarur. Bunga binoning yuqori qismlarini engil materiallardan ishlash, og‘ir jihozlarni pastki qavatlarga ko‘chirish yo‘li bilan erishsa bo‘ladi. Keyingi yillarda yig‘ma temir-beton konstruksiyalar binokorlikda keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Zilzila kuchlariga qarshilik ko‘rsatishda yig‘ma elementlarning tutashgan choklari nozik joy hisoblanadi. SHu boisdan uzel va choklar puxta ishlanishi lozim. CHoklar sonini kamaytirish maqsadida, yig‘ma elementlar o‘lchamlarini kattaroq olish tavsiya etiladi. Seysmik tumanlarda barpo etiladigan binolar asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning xiliga qarab quyidagi gruppalarga ajratiladi: 1) devorlari yuk ko‘taruvchi binolar (g‘isht yoki tosh devorli; yirik blokli, yirik 258 panelli, monolit beton yoki temir-betonli, yog‘ochli binolar); hajmiy temir- betonli elementlardan tashkil topgan yig‘ma binolar ham shu gruppaga kiradi. 2) Bikr diafragmali va sinch oralig‘idagi to‘ldirgichlari seysmik kuchlarni qabul qilishda ishtirok etadigan karkasli (sinchli) binolar; 3) seysmik kuchlarni qabul qilishda karkas ishida kam ishtirok etadigan osma panelli karkasli binolar; devorlari o‘z og‘irligini o‘zi ko‘tarib turadigan karaksli binolar ham shu toifaga kiradi. Birinchi gruppani tashkil etgan binolarning bikrligi katta va oxirgi gruppadagilarniki aksincha, kichik ekanligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Mazkur paragrafda bayon etilgan umumiy talab va loyihalash qoidalari barcha tipdagi binolar uchun taalluklidir. Vazifa-iqtisodiy jihatdan asoslangan, er qimirlaganda odamlar va qimmatbaho jihozlarning xavfsizligini ta’minlay oladigan konstruktiv echimni tanlashdan iborat. Tabiiyki, turli konstruktiv sistemalar har qaysisi o‘ziga xos tomonlari bilan bir-biridan farq qiladi. SHuning uchun navbatdagi paragrflarda konkret konstruksiyali binolarga qo‘yiladigan harakterli talablar bilan tanishib o‘tamiz. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling